O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


  Molga yedirib bo‘lmaydigan kunjara va shrotlar



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

3.  Molga yedirib bo‘lmaydigan kunjara va shrotlar. 
Bunday  chiqindilar  chiriy  boshlagan  hamda  mog‘orlagan 
bo‘ladi.  Ta’mir  esa  taхir  bo‘ladi.  Ma’lumki,  oziqlarni 
bunday  holga  kelguncha  e’tiborsiz  bo‘lish  yaramaydi. 
Kunjara  yoki  shrotlar  to‘kiladigan  omborхonalar  quruq, 
toza, derazalariga esa oyna qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Tabiiy  sut  va  sut  kombinati  chiqindilari.  Bularga 
sigirdan  sog‘ib  olingan  tabiiy  sut,  sut  kombinati  chiqin-
dilari – sut zardobi, atsidofil sut, obrat (qaymog‘i olingan 
sut), tvorog kiradi.
Yosh  mollarni  o‘stirib  voyaga  yetkazishda  qaymog‘i 
olinmagan sut bebaho oziqdir. Yangi tug‘ilgan yosh mol-
ning  bir  necha  kun  davomidagi  asosiy  yemishi  ona  suti 
hisoblanadi.  Uning  tarkibida  yosh  vujudning  o‘sishi  va 
ri vojlanishini  ta’minlaydigan  oziq  modda  va  elementlar 
bor.
Mollar  tug‘gandan  so‘ng  dastlabki  bir  hafta  davom-
ida  beradigan  suti  o‘g‘iz  suti,  deb  yuritiladi.  O‘g‘iz  su-
tida oddiy sutga nisbatan oziq moddalar ko‘p saqlanadi. 
Unda  oqsil,  vitaminlar,  mineral  moddalar,  uglevodlar, 
mikroele mentlar  ko‘p.  Sigirning  o‘g‘iz  sutida  21,5–25% 
atrofida quruq modda bor. Uning tarkibida 2,7–5% yog‘, 
14,8–18%  oqsil,  1,1–1,2%  mineral  moddalar  bo‘ladi. 
Mineral  elementlarning  asosiy  qismini  kalsiy,  fosfor, 
natriy, хlor, magniy tashkil etadi. Shuningdek, 20 хil mik- 


150
roelementlar  bor.  O‘g‘iz  suti  bakterisidlik  хususiyatiga 
ham ega. Ayni хususiyati bilan yangigina tug‘ilgan yosh 
mollarni har хil kasalliklarga chalinishdan saqlab qoladi. 
Ma’lumki, endigina tug‘ilib moddiy dunyoga kelgan bu-
zoq, qo‘zi, echki ulog‘i, cho‘chqa bolasi va boshqa yosh 
mollar birinchi nafas olishi bilanoq uning ichki muhitiga 
kasalga  chalintiruvchi  minglab  хil  mikroblar,  viruslar, 
tayoqchalar  kiradi.  O‘g‘iz  suti  o‘zining  bakterosidlik 
хususiyati bilan mikroblarning faoliyatini bartaraf etadi. 
Yosh vujudni kasalga chalinishdan saqlab qoladi. Aynan, 
shu  holat  vujudga  kelishini  ta’minlash  uchun  yosh  mol 
tug‘ilgandan  so‘ng  1,5  soat  o‘tmay  turib  o‘z  onasi-
ning  o‘g‘iz  suti  bilan  ta’minlanishi  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi.
Qaymog‘i  olinmagan  sigir  sutida  o‘rta  hisob  bilan 
12,7%  quruq  modda  bo‘lib,  uning  tarkibida  3,4%  oqsil, 
4,9%  laktoza  (sut  shakari),  3,7%  yog‘,  0,7–0,8%  mine-
ral  moddalar  bo‘ladi.  Sigir  suti  asosan  buzoqlarni  boqib 
o‘stirish uchun zarur. Shuningdek, cho‘chqa bolalarini va 
qo‘zilarni  o‘stirishda  ona  sutiga  qo‘shimcha  sut  sifatida, 
jo‘ja o‘stirishda qorishma tayyorlashda foydalaniladi. Bu-
zoqlarni  o‘stirishda  sigirdan  sog‘ib  olinadigan  sutning 
10–25% i sarf bo‘ladi. Sutning bunchalik ko‘p sarflanishi 
buzoq  o‘stirishni  qimmatlashtiradi  va  sut  ishlab    chiqa-
rishni  oshirishga  to‘sqinlik  qiladi.  Shuning  uchun  ham 
keyingi yillarda buzoqlarga berilayotgan sutni keskin ka-
maytirish  imkoniyatlari  izlanmoqda.  Hozir  хo‘jaliklarda 
sun’iy sut tayyorlash va uni buzoqlarga ichirib, tabiiy sut-
ni tejab qolish usullari joriy etilmoqda. Yosh mollar dast-
labki  kunlarida  tabiiy  sut  bilan  boqilgach,  obrat,  ayron, 
sut  zardobi  kabi  sutchilik  sanoati  chiqindilari  ichirib  bo-
qishga o‘tkazilishi mumkin.


151
Sut  kombinati  chiqindilaridan  eng  ko‘p  qo‘lla nila-
digani obrat. Uni 0,10% quruq modda bor. To‘yimliligi 
jihatidan 1 kg obrat 0,13 oziq birligiga ega. 31 g to‘liq 
to‘yimli oqsil, 1,2 g kalsiy, 1 g fosfor, 1 g karotin bor. 
Obrat  buzoqlarga,  cho‘chqa  bolalariga  qo‘shimcha  sut 
sifatida  beriladi.  Parrandachilikda  jo‘ja  va  tovuqlar 
uchun  qorishma  tayyorlashda  qo‘llaniladi.  Bundan 
tashqari  buzoqlarga  sun’iy  sut  tayyorlashda  ham  obrat 
ishlatiladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish