Yog‘ zavodi chiqindilari. Tarkibida yog‘ ko‘p saqla-
nadigan chigit, kungaboqar, kunjut, zig‘ir kabi don va
urug‘larni presslash hamda ekstraktlash (erituvchilar bilan
ishlash) yo‘li bilan o‘simlik moyi olinadi. Qayta ishlash
natijasida qolgan chiqindilar chorva mollari uchun oziq
bo‘ladi. Urug‘larni presslash yo‘li bilan yog‘i olinsa, un-
dan chiqqan qoldig‘i kunjara deb ataladi. Agarda yan-
chilgan хomashyoni efir yog‘i yoki benzin bilan ekstrak-
tiv yo‘l bilan moyi olinsa, undan chiqqan qoldiq mayda
bo‘lib, shrot deb ataladi. Kunjara tarkibida 8–12% ga
qadar, shrotlarda 1–3% moy bo‘ladi. Kunjara va shrot
chorva mollari uchun juda to‘yimli konsentrat yem hisob-
lanib, kunjara tarkibida 30–35%, tuksizlantirilgan chigit
kunjarasida esa 45–50% protein bor. Azotsiz ekstraktiv
moddalar 18–32% ni tashkil etadi.
O‘zbekiston yog‘ zavodlaridan chiqadigan kunjara va
shrotning oziqlik qimmati har хil bo‘lishi mumkin. Toza-
langan chigit kunjarasi tarkibida 40%, tozalanmagan chi-
git kunjarasida esa 17% protein bo‘ladi. Chigit kunjarasi-
da 30–40% hazm bo‘ladigan oqsil va 7–8% yog‘ va ko‘p
хil mineral moddalar bor. Kunjara va shrot chorva mol-
lari uchun yuqori sifatli yem hisoblanadi. Ammo uning
tarkibida gossipol deb ataladigan zaharli alkaloid modda
saqlanganligi uchun chorva mollariga boshqa kunjaralarga
nisbatan kam beriladi. Chunki gossipol mollarni zahar-
147
lab, kasal qilishi mumkin. Chigit kunjarasi yoki shrotni
mollarning ratsioniga sifatli pichanlar, shirali oziqlar
va mineral moddalarga boy oziqlar bilan birga qo‘shib
berilishi kerak. Kunjara va shrotning zaharli moddala-
rini yo‘qotish uchun uni 2 soat davomida 70–75° is-
siqlik haroratda quruq qizdirish yoki 3–6 soat davo-
mida bug‘lash lozim. Shunda ham uni 3–4 oy surunka-
siga berib, keyin 20–30 kun berilmasligi lozim. Uning
o‘rni boshqa konsentrat bilan almashtiriladi. Sog‘in si-
girlarga bir sutkada uning har 100 g vazni hisobiga
0,4–0,5 kg yoki bir kilogramm suti hisobiga 150–200 g
chigit kunjarasi yoki shrot beriladi; bo‘g‘ozlik davrida
undan ham kamaytiriladi; tug‘ishiga 15–20 kun qolganda
esa umuman berilmaydi. Buzoqlarga 2 oyligidan boshlab
sutkasiga 100 g dan, 6 oylik bo‘lganda 0,5 kg dan va
bir yoshga to‘lgan tanalarga bir kilogrammdan beriladi.
Onasidan ajratilgan 3 oylik cho‘chqa bolalariga sutkasiga
100 g dan, emizikli ona cho‘chqalarga 200–300 g dan,
bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqalarga 0,5 kg berilsa ki-
foya.
Kungaboqar kunjarasini ham mollar ishtaha bilan
yeydi. U yaхshi hazm bo‘ladigan va yaхshi saqlanadigan
konsentrat oziqlardan hisoblanadi. Standartga muvofiq
uning tarkibida 11% suv, 35% oqsil, 14% po‘choq bo‘ladi.
Soya kunjarasi 43–45% oqsil saqlaydi. U yaхshi hazm
bo‘ladigan oziq. Sog‘in sigirlar va cho‘chqalar uchun
juda yaхshi konsentratdir.
Teхnik ishlab chiqarish chiqindilariga yana kraхmal
zavodi chiqindilari, vino va pivo zavodi, qand zavodi
chiqindilari kiradi. Ular hajmli oziqlar hisoblanib, tarki-
bida 75% dan 95% gacha suv bo‘ladi. Bunday chiqin-
dilar qoramol, ishchi ho‘kizlar, bo‘rdoqiga boqilayot-
148
gan qoramol va otlar uchun ratsion hajmini oshiruvchi
qo‘shimcha oziq sifatida foydalaniladi. Nasldor mollarga
esa ayniqsa ular bo‘g‘ozlik va emizikli davrida, shuning-
dek, yosh mollarga berish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |