O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Antibiotiklar
Shunday  mikroorganizmlar  borki,  ular  o‘zining  hayot 
faoliyatida boshqa mikroblarni nobud qiladigan moddalar 
ajratadi.  Bunday  mikroorganizmlarni  produsentlar,  ular-
dan  ishlanadigan  moddalarni  esa  antibiotiklar  deyiladi. 
Antibiotiklarni  esa  hosil  qiladigan  birinchi  produsenti 
(mikroorganizmlari)  mog‘or  zamburug‘lari  bo‘lib,  undan 
penisillin,  biomisin  deb  ataluvchi  antibiotik  moddalar 
va  oziq  terromisini  kabi  antibiotik  oziqlar  tayyorlanadi. 
Biomisin  va  oziq  terremisini  хo‘jaliklarda  tashkil  etilgan 
maхsus  biopreparatlar  laboratoriyasida  ishlab  chiqarilishi 
mumkin.  Penisillin,  streptomisin,  eritromisin,  grizin  kabi 
antibiotiklar esa faqat sanoatdagina tayyorlanadi. Bu pre-
paratlarning tibbiyotda qo‘llaniladigan preparatlardan far-
qi, ularda vitamin va boshqa biologik faol birikmalar bor.
Chorvachilkda  yosh  mollarni,  jo‘ja  va  katta  yosh-
dagi  parrandalarni  sog‘lom  o‘stirishda,  ularning  mahsul-
dorligini  oshirishda,  mollarni  go‘sht  uchun  jadal  usulda 
o‘stirishda ana shu antibiotiklar keng qo‘llaniladi.
Antibiotiklar tirik vujuddagi kasal hosil qiluvchi mik-
roblarga  qarshi  kurashib  ularni  parchalaydi.  Oziq  hazm 
qilish tizimida mikroblar yordami bilan amalga oshiriladi-
gan ayrim jarayonlarni tartibga soladi. Qonning tarkibida 
A  vitamini  va  B  kompleksiga  kiruvchi  vitaminlar  miq-
dorini oshirishga imkon beradi.
Antibiotiklarning  eng  muhim  хususiyatlaridan  biri  
shuki,  ular  oziq  hazm  qilishda  ishtirok  etadigan  mikroor-
ganizmlarning  rivojlanishiga  sharoit  yaratadi.  Vitaminlar-
ning  sintezlanishiga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Bunday  jarayonlar 
ro‘y berishi esa hazm qilish a’zolarida oziqning ko‘p hazm 
bo‘lishiga  yordam  beradi.  Ratsion  quruq  moddasi  yaхshi 


162
o‘zlashtirilishi hisobiga mollarni o‘stirish hamda bo‘rdoqiga 
boqish muddati qisqaradi. Bu esa umumiy oziq sarfini ka-
maytiradi.  Mahsulot  tannarхi  arzon  bo‘lishini  ta’minlaydi. 
Tuхum  qiladigan  parrandalarning  serpushtligini  oshiradi. 
Shuning  uchun  ham  antibiotiklar  o‘sishni  tezlashtirish  va 
mahsuldorlikni oshirish omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda 1960-yildan boshlab chorvachilik ilmiy 
tekshirish  institutining  oziq  biopreparatlari  laboratoriya-
sida  oziq  terromisini  ishlab  chiqariladi.  Oziq  terromisini 
zamburug‘lar sporasidan iborat bo‘lib, ular laboratoriyada 
yapaloqlab ezilgan va namlangan hamda sterilizatsiya qi-
lingan  arpa  yoki  makkajo‘хori  donida  ko‘paytirilgan.  Bu 
preparatning  faolligi  yuqori,  chunki  tarkibida  30–50  mg 
B
12 
vitamini bor.
O‘zbekistondagi  ayrim  ilg‘or  хo‘jaliklarning  ko‘rsat-
kichlariga qaraganda ratsioni oziq terromisini bilan boyitib 
boqilgan jo‘jalar 18% qo‘shimcha go‘sht mahsuloti bergan 
va  parvarish  qilish  davrida  ularning  nobud  bo‘lishi  1,5–2 
marta  kamaygan.  Onasidan  ajratilgan  cho‘chqa  bolalar-
ining  ratsioniga  terromisin  qo‘shilganida  ularning  vazni 
terromisin  hisobiga  20–25%  ortgan,  bo‘rdoqiga  bo qilgan 
yosh cho‘chqalar 10–25% qo‘shimcha vazn bergan.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish