O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

10-§. MIKROELЕMЕNTLAR. 
ANTIBIOTIKLAR
Mikroelementlarga  temir,  mis,  kobalt,  ruх,  molibden, 
yod,  selen,  marganes  va  boshqa  shuning  kabi  elementlar 
kiradi.  Ular  tana  jismida  oz  miqdorda  bo‘lishiga  qara-
may,  agar  biror  хili  yetishmasa,  jonzodning  hayoti  хavf 
ostida bo‘ladi, chunki mikroelementlar asosan fermentlar, 
gormonlar,  vitaminlar  kabi  faol  biologik  birikmalarning 
tarkibiy qismiga kiradi. Ular o‘simlik, hayvon yoki odam 
vujudidagi, ya’ni umuman tirik tana jismidagi biologik va 
fiziologik  jarayonlarni  risoladagidek  borishini  ta’minlab 
turadi.
Hayvonlarda mikroelementlarga ehtiyoj keskin sezil-
maydi.  Bordi-yu  zarur  bo‘lib  turgan  holda  ham  ehti-


159
yoj  oziq  tarkibidagi  elementlar  hisobiga  qonadi. Ammo 
yaylov  o‘simliklarining  tarkibidagi  mikroelementlar 
hamma  hududda  ham  mollarning  talabini  qondira  oladi 
deb  bo‘lmaydi.  Masalan,  asosan  qo‘y  ko‘p  boqiladigan 
yaylov o‘tlarida mis elementi yetishmaydi. Yaylovlarda-
gi  o‘simliklarning  har  bir  kilogramm  quruq  moddasida 
faqat  3  mg  atrofida  mis  elementi  bor.  Me’yor  bo‘yicha 
esa  chorva  mollarining  turiga  qarab  5–20  mg  talab 
qilinadi.  Uning  yetishmasligi  natijasida  shu  yaylovlar-
da  boqilayotgan  qo‘y  va  echkilar,  qoramollar,  ba’zan 
cho‘chqa  va  parrandalar  falaj  kasalligiga  uchraydi.  Bu 
kasallikning  boshlanishida  mol  gavdasining  orqa  qismi 
zaiflashadi,  so‘ngra  oldingi  va  keyingi  oyoqlari  falaj 
bo‘lib  qoladi.  Ammo  mollarning  oziqqa  ishtahasi  va 
tana  haroratida  o‘zgarish  ro‘y  bermaydi.  Keyinchalik, 
falaj kasalligining kuchayishi orqasida mollarning hazm 
qilish  a’zolari  ishdan  chiqadi.  Natijada  mol  oriqlaydi 
va  nobud  bo‘ladi.  Ayrim  hollarda  mis  elementi  yetish-
masligi  sababli  mollar  qisir  qoladi.  Qo‘ylarning  esa  jun 
mahsuldorligi kamayadi. Qorako‘lchilikda ko‘proq qo‘zi 
terisining  guli  sifatsiz  bo‘lib  tushadi.  Qo‘ylarni  bunday 
kasalliklardan saqlash uchun har bosh qo‘yga 10 mg va 
qo‘zilarga  5  mg  miqdorida  mis  kuporosi  suvda  eritib 
ichirilishi kerak.
Qoramol  tanasida  mis  elementi  yetishmasa,  ularda 
anemiya  (qamqonlik  kasali)  kasalligi  paydo  bo‘ladi.  Teri 
usti  jun  qoplami  oqaradi.  Oshqozonning  ish  faoliya-
ti  buziladi.  Mollar  qisir  qoladi.  Bunday  holat  ko‘proq 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sirdaryo  viloyatining  Guliston 
tumani qoramolchilik хo‘jaliklarida uchraydi. Chunki shu 
tumandagi  yaylov  o‘simliklarida  mis  elementi  juda  kam. 
Demak,  mazkur  hududlarda  qoramollarni  ana  shu  kasal-


160
liklardan  saqlash  uchun  ularga  olti  oy  davomida  har  bir 
molga  sutkasiga  50–60  mg  mis  kuporosini  suvda  eritib 
ichirish maqsadga muvofiq keladi.
Yaylov  o‘simliklari  tarkibida  (bir  kilogramm  quruq 
moddaning  tarkibida)  kobalt  (B
12 
vitamini)  elementi 
0,2  mg dan kam bo‘lsa, shu yaylovda boqilgan qoramol, 
qo‘y  va  echkilar  kasallikka  chalinadi.  Xastalikning  dast-
labki  davrida  mollarning  ishtahasi  bo‘lmaydi.  Oziq 
yemay  qo‘yadi.  Qoni  kamayadi.  Juni  hurpayadi.  Ba’zi 
joylaridagi juni to‘kiladi, mahsuldorligi keskin kamayadi. 
Kasallangan  sigirlardan  tug‘ilgan  buzoq  nimjon  tug‘ma 
zaif  bo‘ladi.  Ular  o‘sishdan  qoladi  va  keyinchalik  nobud 
bo‘ladi.
O‘zbekiston  yaylovlaridagi  o‘tlar  tarkibida  kobalt 
yetar li miqdorda bor. Ammo bo‘g‘oz mollarga va olti oy-
likkacha bo‘lgan buzoqlarga tabiiy o‘t tarkibidagi kobalt-
ning o‘zi kamlik qiladi. Shuning uchun qoramolga 10–15, 
buzoqlarga  3–8,  qo‘ylarga  2–3  va  qo‘zilarga  1–2  mg, 
cho‘chqalarga ularning har 100 kg vazni hisobiga 3–6 mg 
kobalt  хlorid,  parrandalarga  ularning  har  bir  kilogramm 
ozig‘i hisobiga 2–3 mg kobalt karbonat berish tavsiya eti-
ladi.
Yuqorida  qayd  qilingan  mikroelementlardan  qoramol, 
qo‘y,  echkilar,  cho‘chqa  va  parrandalar  uchun  yod,  ruх, 
marganes  kabi  elementlar  ham  oz  miqdorda  bo‘lsa-da, 
zarur.  Agar  shulardan  birontasi  yetishmay  qolsa,  chorva 
mollari,  parrandalar  albatta  kasallikka  chalinadi.  Bu  hol 
ularning  mahsuldorligi  pasayib  ketishiga  sabab  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  mollarga  yoki  parrandalarga  ratsion  tu-
zishda ana shu elementlarning ratsionda yetarli miqdorda 
bo‘lishini hisobga olish kerak.


161

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish