O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Standartning chorva mahsulotlaridan iborat



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Standartning chorva mahsulotlaridan iborat
oziqlarga qo‘ygan talablari
Un turi va sifati
Tarkibida saqlanadi, %
namlik yog‘
kul 
qoldiq protein
Ø 2 mm lik 
metall aralash-
ma (1 kg da 
mg hisobida)
Go‘sht va suyak uni:
I nav
9
13
26
50
150
II nav
10
18
28
42
200
III nav
10
20
38
30
200
Go‘sht uni:
I nav
9
14
11
6
150
II nav
10
20
14
54
200
Qon uni:
I nav
9
3
6
81
150
II nav
11
5
10
73
200
Pat uni:
I nav
9
4
8
75
150
II nav 
10
7
20
58
200
Suyak uni:
I nav
10
10
60
20
150
II nav
10
15

15
200
Baliq uni
12
10

48
100
Krevetka uni
12
10

42
100
Qisqichbaqa uni
12
10

36
100
8-§. MINЕRAL MODDALAR
Chorva  mollarining  oziq  ratsionida  ularning  talabini 
qondirarlik  miqdorda  mineral  moddalar  bo‘lishi  kerak. 
Ammo mollarga beriladigan yem-хashak tarkibida kalsiy, 


156
fosfor,  natriy  хlorid  tuzlari  kabi  elementlar  yetishmay-
di.  Shuning  uchun  ular  oziq  ratsioniga  qo‘shib  berilishi 
tavsiya etiladi.
Mollarga  eng  ko‘p  miqdorda  beriladigan  mineral 
elementlardan biri osh tuzi hisoblanadi. Osh tuzi  oziqning 
ustiga  sepib  beriladi  yoki  yalash  uchun  oхurga  tashlab 
qo‘yiladi.
Kalsiy va fosfor elementlari jussaning barcha a’zolari 
tarkibiga kiradi. Ular asosan suyak to‘qimalarini tashkil 
etuvchi elementlardir. Hayvon gavdasidagi barcha mine-
ral  elementlarning  65–70%  ini  kalsiy  va  fosfor  tashkil 
etib,  u  hayvon  tirik  vaznining  2%  i  miqdorida  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  ham  bu  elementlarni  chorva  mollarida 
yetarli  miqdorda  bo‘lishini  ta’minlash  zarur.  Buning 
uchun  oziq  ratsioniga  maydalangan  bo‘r,  so‘ndirilgan 
ohak,  maydalangan  chig‘anoq,  sapropel,  gil  va  shun-
ga  o‘хshash  moddalar  qo‘shib  beriladi,  chunki  ular-
ning  tarkibida  30–40%  miqdorida  kalsiy  elementi  bor. 
Mine ral  elementlarning  asosiy  manbayi  sifatida  suyak 
unini  ishlatish  mumkin.  Uning  tarkibida  10–15%  oziq 
proteini  bo‘lishi  bilan  birga  40–60%  mineral  moddalar 
ham  bor.  Ayrim  hollarda  suyaklardan  kalsiy  va  fosfor 
oziq preparatlari – presipitat ham tayyorlanishi mumkin. 
Bu  mineral  oziqlarning  hammasi  ham  chorvachilikda 
keng  qo‘llanilib  kelinayotgan  mineral  elementlar  man-
bayidir.  Ularning  hammasi  ham  belgili  miqdorda  kal-
siy va fosfor moddalarini saqlaydi. Jumladan, har 100 g 
so‘ndirilgan ohakda 33 g, maydalangan bo‘rda 40 g kal-
siy  bor.  Suyak  uni,  molga  beriladigan  presipitat,  trikal-
siy fosfat, fosforin, ftorsizlantirilgan fosfat kabi mineral 
ingri diyentlarning  har  100  g  ida  kalsiy  31–36  g,  fosfor 
14–16 g atrofida bo‘ladi.


157
9-§. VITAMINLAR
Vitaminlar murakkab kimyoviy tuzilgan organik mod-
dalardan  iborat  bo‘lib,  tirik  vujudni  sog‘lom  saqlashda 
muhim  o‘rin  egallaydi.  Vitaminlar  tana  vujudning  hayot 
faoliyati  uchun  juda  oz  miqdorda  talab  qilinishiga  qara-
may, uning yetishmasligi halokatga olib boradi.
Hozir tabiatda 20 хil vitamin aniqlangan. Ulardan tana 
hayot faoliyati uchun eng muhimlari A, D
2
, D
3
, Е, B
2
, B
1

B
12
, PP, pantoten va хolin bo‘lib, chorva mollarining oziq 
ratsionida  albatta  bo‘lishi  shart.  Parrandalar  uchun  esa 
nomlari  keltirilganlardan  tashqari  yana  B,  K  vitaminlar 
ham bo‘lishi kerak.
Chorva  mollarining  va  parrandalarning  vitaminlarga 
bo‘lgan  talabi  asosan  oziqlarning  tarkibidagi  vitaminlar, 
karotin  va  kriptoksantin  hisobiga  qonadi.  Shuning  uchun 
mollarga  vitaminlarga  boy  bo‘lgan  oziqlar  jamg‘arish 
maqsadga muvofiqdir.
Barcha o‘simliklar ko‘kligida vitaminlarni ko‘p saqlay-
di. Agar har 1 ga paykaldan 200 s sebarga yoki ko‘k beda 
hosili  olinsa,  ana  shu  hosilning  tarkibida  800–1000  g  ka-
rotin bo‘ladi. Har 1 ga makkajo‘хori paykalidan 500 s ko‘k 
poya olish mumkin. Shu hajmdagi ho‘l poyada 1500 g ga 
qadar karotin bo‘ladi. Ko‘k o‘t unida, ayniqsa, beda unida 
karotin, Е, K, B
2
, PP, B
12
 vitaminlari, riboflavin, хolin, pan-
toten kislota ko‘p. Beda unining har 1 kg i da 100–200 mg 
karotin  bo‘ladi.  Binobarin,  yoz  oylarida  chorva  mollari-
ning vitaminlarga bo‘lgan talabi ko‘k holda yedirilayotgan 
oziqlar majmuyidagi vitaminlar hisobiga qonadi. Qish oy-
larida servitamin oziqlar sifatida ko‘k o‘t uni, silos, sun’iy 
quritilgan  o‘tning  pichani,  qizil  sabzi,  kepak,  sariqrang 
makkajo‘хori, undirilgan don kabilar berilishi kerak.


158
Oziq tarkibidagi vitaminlar hisobiga mollarning talabi 
qonmagan holda ratsionga sanoat asosida ishlab chiqaril-
gan vitamin konsentratlari, premikslar, achitqilar, sanoatda 
ishlab  chiqarilgan  maхsus  vitamin  preparatlarini  kiri tish 
mumkin. Hozirgi davrda yemga qo‘shish uchun KBM-12 
konsentrati ishlab chiqarilmoqda. Bu preparat B
12
 vitamin- 
ning  oziq  konsentrati.  Uni  har  1  t  yemga  2  kg  qo‘shish 
kifoya.  Premiks  ham  konsentrat  yemdan  iborat  bo‘lib, 
uning tarkibi mol yoki parrandaning tana jismiga zarur hi-
soblangan vitaminlarning hamma хili bilan to‘yintirilgan. 
Ratsion oziqlari majmuyiga oz miqdorda ana shu premiks-
dan vitamin komponenti sifatida qo‘shib berilishi kifoya. 
Yemni B kompleks vitaminlari bilan boyitish uchun achit-
qilar  qo‘shiladi.  Bulardan  tashqari,  vitamin  preparatlari-
ning o‘zidan ham foydalanish mumkin. Yog‘da eriydigan 
vitaminlarni  yog‘da  eritib,  suvda  eriydiganlarini  esa  suv-
da eritib, oziq majmuyiga aralashtirib molga yediriladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish