126
ning jami oziq moddalarga, makro- va mikroelementlar-
ga, vitaminlarga, to‘liq to‘yimli aminokislotalarga bo‘lgan
talabini to‘liq qondira oladigan qilib tayyorlanadi. Shu-
ningdek, molni tegishli kaloriya bilan ta’minlaydi. Bu
yem molga yakka holda berilishi lozim. Shuning uchun
ko‘proq parranda, cho‘chqa, ayrim holda esa otlarga
tayyorl anadi.
Omiхta yem – konsentrat. Maydalangan don, bug‘-
doy kepagi, kunjaralar, baliq yoki go‘sht va suyak uni,
ko‘kat o‘t uni, mineral tuzlar, preparat holatdagi vita-
minlar, antibiotiklar, biologik jihatdan aktiv moddalardan
aralashtirilib tayyorlanadi. Bunday yem molning oziq ra-
tsioniga yem sifatida qo‘shimcha qilib kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: