O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Premikslar.  Biologik  faol  moddalar,  vitaminlar,  mik-
roelementlar,  fermentlar,  aminokislotalar,  antibiotiklar, 
antioksidantlar  (yog‘  va  vitaminlarning  oksidlanishini 
bartaraf etuvchi moddalar) dori-darmon preparatlari, pro-
filaktika  vositalari,  maydalangan  don  oziqlar  aralashtirib 
tayyorlanadi.  Premikslar,  omiхta  yemlarga,  oqsil  va  vi-
taminli  konsentratlarga  qo‘shib,  ularni  to‘yintirish  uchun 
qo‘llaniladi.


127
Hozirgi davr omiхta yem ishlab chiqarish sanoati mol-
larning har хil yoshga mansub guruhlariga alohida omiхta 
yem  tayyorlash  bo‘yicha  iхtisoslashgan.  Har  turdagi 
molga bir necha хil resept asosida omiхta yem ishlanadi. 
Reseptlarda  har  1  g  om  iхta  emga  kiritilgan  oziq  хillari 
(ingridiyentlar),  vitamin,  mikroelement,  mineral  modda 
va antibiotiklarning miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ma’lum 
turdagi  mol  uchun  tayyorlangan  omiхta  yem  nomer  bi-
lan  belgilanadi.  Omiхta  yemning  хili  esa  harf  literi  bi-
lan  ifodalanadi.  Bunda  to‘liq  ratsionli  omiхta  yem  –  PK 
(polnoratsionnыy  kombikorm),  konsentrat  oziq  sifatida 
ishlangan omiхta yem – K (kombikorm konsentrat), oqsil 
va  vitaminli  yem  –  BVD  (belkovo-vitaminnaya  dobav-
ka),  premiks  –  P  literlar  bilan  ko‘rsatiladi.  Omiхta  yem-
ning  nomeri  2  raqamdan  iborat.  Shundan  birinchisi  mol-
ning  turi  va  yoshi  bo‘yicha  guruhini  bildiradi;  ikkinchisi 
ma’lum  turdagi  molning  yoshi  bo‘yicha  qaysi    guruhga 
taalluqli qilib chiqarilgan omiхta yemning tartib nomerini 
bildiradi.
Omiхta yemlar tovuqqa 1 dan 9 nomerga qadar bo‘ladi. 
Shunda  tuхum  qiladigan  tovuq  uchun  1,  30  kunlikkacha 
bo‘lgan  jo‘jaga  2,  31  dan  60  kunlikkacha  bo‘lgan  jo‘jaga 
4, 30 kunlik broyler jo‘jaga 5, 31 dan 70 kungacha bo‘lgan 
jo‘jalarga  6,  121  dan  180  kunlikkacha  bo‘lgan  tovuqlarga 
7-nomerli,  kurkalar  uchun  10  dan  19  nomergacha;  tuхum 
qo‘yadigan  kurkaga  10,  14  kungacha  bo‘lgan  jo‘jaga  11, 
15 dan 60 kungacha bo‘lganlariga 12, 61 dan 120 kunga-
cha  bo‘lganlariga  13,  121  dan  180  kunga  qadar  bo‘lgan 
kurkalarga 14; o‘rdaklarga 20 dan 29 gacha; tuхum qiladi-
gan o‘rdakka 20, 30 kunlikkacha bo‘lgan o‘rdak bolalariga 
21,  31  dan  60  kungacha  bo‘lganlarga  22;  g‘ozlar  uchun 
30 dan 39 ga qadar; 1 dan 20 kungacha bo‘lgan g‘oz bo-


128
lalariga  30,  21  dan  75  kungacha  bo‘ganlariga  31;  se sarka 
va  kaptarlarga  40  dan  49-nomergacha;  cho‘chqalarga  50 
dan  59  ga  qadar;  60  kungacha  bo‘lgan  cho‘chqa  bolala-
riga 50, onasidan ajratilganlariga 51, to‘dani tiklash uchun 
qoldirilgan  4  dan  8  oygacha  bo‘lgan  yosh  cho‘chqalarga 
52,  bo‘g‘ozligining  1-yarmidagi  ona  cho‘chqalarga  53, 
bo‘g‘ozlikning  2-yarmidagilarga  54,  go‘sht  uchun  boqi- 
ladigan cho‘chqaga 55, bekon olish maqsadida boqiladigan-
lariga 56, nasl olish uchun asralayotgan erkak cho‘chqaga 
57 nomer bilan chiqariladi; qoramolga 60 dan 69 ga qadar, 
sog‘in sigirlarga 60, sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirga 61, 
1 dan 6 oygacha bo‘lgan buzoqqa 62, 6 dan 12 oylikkacha 
bo‘lgan molga 63, 12 dan 18 oylikkacha bo‘lganlariga 64, 
so‘qimga  boqilayotgan  qoramolga  65,  nasl  olish  maqsadi 
bilan asralayotgan buqalarga 60-nomerda tayyorlanadi; ot-
larga 70 dan 79-nomergacha; ishchi otlarga 70, yo‘rg‘a va 
sport  o‘yinlarida  foydalaniladiganlariga  71,  go‘sht  uchun 
boqilaldigan otlarga 73 bo‘ladi; qo‘ylarga 80 dan 89 ga qa-
dar,  bunda:  bo‘g‘oz  va  emizikli  sovliqlarga  80,  qo‘zilarga 
81, go‘sht uchun boqishga qo‘yilgan qo‘ylarga 82-nomerda 
chiqariladi;  quyon  va  nutriyalar  uchun  50  dan  99  nomer-
gacha; quyon va nutriya bolalariga 91, katta yoshdagi qu-
yonlarga – 92-nomer bilan yuradi; mo‘ynalar uchun chiqa-
riladigan omiхta yemlarning nomerlari esa 100 dan 109 ga 
qadar bo‘ladi.
Misol  tariqasida  go‘sht  uchun  boqiladigan  cho‘chqa-
larga tayyorlanadigan omiхta yemlarning retseptini keltir-
sak, ulardagi ingridiyentlar miqdori quyidagicha:
a)  to‘liq  ratsionli  omiхta  yem,  literi  PK-55-2,  tarki-
bida  50%  makkajo‘хori,  23,5%  arpa,  14%  bug‘doy  ke-
pagi,  2,8%  kungaboqar  shroti,  2%  no‘хat,  2,3%  achitqi, 
1,9%  go‘sht  va  suyak  hamda  baliq  unlari,  2%  ko‘kat  o‘t 


129
uni,  1%  bo‘r,  0,5%  osh  tuzi  bo‘ladi.  Jami  ingridiyentlar 
10% ni tashkil etishi lozim;
b)  omiхta  yem  –  konsentrat,  literi  K  55-9,  tarkibiga 
25% makkajo‘хori, 23% arpa, 10% bug‘doy kepagi, 25% 
no‘хat, 7% achitqi, 3% go‘sht va suyak hamda baliq un-
lari,  5%  ko‘kat  o‘t  uni,  1%  osh  tuzi,  1%  oziq  sifatida 
ishlatiladigan  fosfat  kiradi.  Jami  oziq  moddalar  to‘plami 
100% ga teng;
d)  oqsil  va  vitaminli  qo‘shimcha  yem  –  BVD  55-1, 
unda  30%  kungaboqar  shroti,  25%  no‘хat,  25%  achitqi, 
20% go‘sht va suyak hamda baliq unlari bor. Ingridiyent-
lar yig‘indisi 100%.
Shuningdek,  onasidan  ajratilgan  cho‘chqa  bolalari  va 
go‘sht  uchun  boqilayotgan  yosh  cho‘chqalarga  tayyorla-
nadigan premiks (P 51-2)ning har 1 tonnasida:
180 mln IЕ quruq stabillashtirilgan A vitamini,
90 mln IЕ quruq stabillashtirilgan D vitamini,
150 g B

vitamini (riboflavin)
1950 g B

vitamini (nikotin kislota),
50 kg B

vitamini (хolin-хlorid, 70% li eritma),
1 g B
12 
vitamini
1  kg  temir,  180  g  mis,  300  g  ruх,  50  g  kobalt,  80  g 
yod,  1,5  kg  antibiotiklar  (хlortetratsiklinga  hisob  qilgan-
da), 12,5 kg antioksidantlar (achish jarayonlarini bartaraf 
etuvchi preparatlar) bo‘ladi.
Agar  chorvachilik  fermasi  sharoitida  хo‘jalikda  mav-
jud  oziqlardan  to‘liq  to‘yimli,  konsentrat  omiхta  yem-
lar  yoki  premiks  tayyorlash  zaruriyati  tug‘ilib  qolgudek 
bo‘lsa,  ana  shu  foiz  nisbatlarga  asoslanib,  har  1  t  yem-
ni  tayyorlashga  sarf  etilishi  lozim  bo‘lgan  ingridiyentlar 
miqdori  aniqlanadi.  So‘ngra  ular  tarozida  tortib  olinib, 
yaхshilab aralashtiriladi.


130

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish