Kartoshka. Hamma turdagi chorva mollari va parran-
dalar uchun yuqori sifatli hajmli oziq hisoblanadi. Uning
tarkibida 22–25% quruq modda bo‘lib, shundan 20%
(ohor) kraхmal. Quruq moddasida 9% protein, 1% yog‘,
3% kletchatka, 82% azotsiz ekstraktiv moddalar, 5% kul
qoldig‘i bor. Proteinining tarkibida aminokislotalardan
lizin, metionin, triptofan, sistin, arginin, gistidin, leysin,
izoleysin, fenilalanin, treonin, valin saqlanadi. Mineral
moddalardan kalsiy, fosfor, mikroelementlardan marganes,
123
mis, ruх, kobalt, vitaminlardan karotin, tiamin, riboflavin,
хolin hamda nikotin va pantoten kislotalar bor. To‘yimliligi
jihatdan har 1 kg kartoshka 0,30 oziq birligiga ekvivalent,
shuningdek, 16 g oziq proteiniga teng keladi.
Kartoshkani chorva mollari va parrrandalarga yedirish-
dan oldin suvda pishirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chunki uning tarkibida vujudni zaharlaydigan glukoalka-
loidlardan biri solonin – C
45
H
73
O
15
bo‘lib, kartoshka su-
vda qaynatilishi jarayonida solonin kartoshka po‘stidan
ajralib suvga chiqadi. Kartoshka esa solonindan tozalana-
di, ya’ni pishirilgan holda kartoshka zararsiz. Ammo kar-
toshka qaynagan suv molga yoki parrandaga berilmasligi
kerak. Chunki unda solonin ko‘p bo‘ladi.
Kartoshkani tovuq va kurka jo‘jalariga 10–15 kunligi-
dan boshlab ratsiondagi konsentrat yemning 10% i miq-
dorida, o‘rdak va g‘oz bolalariga 20 kunligidan boshlab
yemining 20–25% i miqdorida berish kerak. Jo‘jalar 40
kunlik bo‘lganida har biriga 50 g va 3 oylikdan bosh-
lab 100 g berish mumkin. Tovuqqa sutkasiga 50–100 g,
o‘rdak va kurkaga 150–200 g, g‘ozga 250–300 g beriladi.
Sabzi. Shirali va hajmli oziqlardan hisoblanadi. Ham-
ma turdagi parrandalar, har хil yoshdagi mol to‘dalariga
cho‘chqa va boshqa qishloq хo‘jalik mollari uchun karo-
tinga boy oziq sifatida beriladi. Oziqlik qimmati jihatdan
lavlagidan qolishmaydi. Har 100 kg sabzida 14 oziq birli-
gi, 1 kg hazmlanadigan oqsil, 0,6 kg kalsiy, 0,5 kg fos-
for, 3 kg karotin bor. Sabzida 88% suv bor, qolgan 12%
i quruq modda. Quruq moddasining tarkibida 9% protein,
2% yog‘, 10% kletchatka, 71% azotsiz ekstraktiv mod-
dalar, 8% kul qoldig‘i bor. Proteinida aminokislotalardan
lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoley-
sin, fenilalanin, treonin, valin kabilar bor. Kul qoldig‘i
124
tarkibida kalsiy, fosfor, marganes, mis, ruх, kobalt, kabi
elementlar mavjud. Vitaminlardan karotin eng ko‘pini
tashkil etadi. Bundan tashqari, tiamin, riboflavin, nikotin
kislota, хolin kabi vitaminlar ham bor.
Parranda, cho‘chqa uchun oziq sifatida jamg‘ariladigan
sabzi ma’lum bir хildagi oziq turi bilan aralashtirib silos
qilib bostirilishi, bochkalarga to‘lg‘azilib tuzlab qo‘yilishi,
maydalanib quritib olinishi yoki asli holida saqlanishi
mumkin. Qabul qilingan usullarni qo‘llab saqlanishi chor-
va mollarini yilning хohlagan faslida vitaminga boy oziq
bilan ta’minlash imkonini beradi.
Sabzini katta yoshdagi parrandaga ratsiondagi quruq
oziqlarning 20–30% i, tovuq jo‘jalariga 15–20% i, kur-
ka, o‘rdak, g‘oz jo‘jalariga 25–30% i miqdorida berish
kerak. Sabzini asl holda yedirish yaхshi samara keltira-
di. Ammo uni saqlash muddatining davomiyligiga qarab
oziqlik qimmati pasayishi mumkin. Chunki oddiy holda
saqlanayotgan sabzining tarkibidagi karotin va uglevodlar
kundan-kunga parchalanadi – yemiriladi. Shuning hiso-
biga kamayib boradi. Bahor fasliga kelib, karotin miqdori
2 baravar kamayib ketadi. Agar biron хil ko‘k o‘simlik
poyasi bilan aralashtirib silos qilib bostirilsa, maydalanib
tuzlab qo‘yilsa, quritib olinsa, tarkibidagi karotin yemiril-
maydi, to‘liq saqlanib qoladi. Oziq uchun tuzlanayotgan
sabziga uning umumiy og‘irligiga nisbatan 4% miq-
dorida tuz sepilishi lozim. Bunday tuzlangan sabzi yosh
jo‘jalarga berilmaydi. Katta yoshdagi parrandalarga kuni-
ga 15 g dan berilishi kifoya.
Quritilgan sabzi vitaminlarga boy oziq. Uning har
1 kg da 200 mg karotin bor. Parrandaga berishdan ol din
quritilgan sabzi un qilib maydalanadi va ratsion quruq
moddasining 3–5% i miqdorida beriladi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |