To‘rtinchi bosqichda zooteхnika fanining mollarni
oziqlantirish sohasidagi tarmog‘i yanada rivojlana bosh-
ladi. Molning oziq hazm qilish fiziologiyasiga tashqi
muhitdan turib ta’sir etib, uni jadallashtirish yo‘llari to-
pildi. Molning oziq hazm qilish a’zolari tizimida modda
almashinish jarayonlarini boshqaruvchi fermentativ ja-
rayonlarni tashqi muhitdan turib kuchaytirib molga yedi-
rilgan oziqning ko‘p hazm bo‘lishini ta’minlash usullari
ishlab chiqildi. Shuning evaziga mollarning mahsuldorligi
keskin ortishiga erishildi. Natijada ilgari yuqori mahsul-
dorlik hisoblangan ko‘rsatkichlar bu davrga kelib oz miq-
dordagi mahsuldorlik hisoblandi. Bundan tashqari, mol
organizmi oziqni yuqori foiz bilan o‘zlashtira olishi mol
zotlarini takomillashtirish imkonini ham yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |