Uchinchi bosqichga kelib, oziqlantirishning chor-
va mollarining sog‘lig‘ini saqlashdagi o‘rni o‘rganila
boshlandi. Ko‘pchilik yuqumsiz kasalliklar oziq tarki-
bida ma’lum хil modda elementlarning bo‘lmasligi yoki
yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishligi kashf etildi.
Shuning uchun ratsion tarkibiga kiritilgan oziqlar mol
jismini aminokislotalar, vitaminlar, mineral element va
tuzlar, mikroelementlar, uglevodlar, yog‘ kislotalar bilan
ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak, degan fikrga kelindi.
Bulardan tashqari, oziq tarkibida gormon va fermentlar
kabi hayot uchun zarur moddalar ning o‘rnini bosa ol-
adigan moddalar ham bo‘lishi lozim ekanligi aniqlandi,
chunki yem-хashak bilan birga me’daga faqat to‘qima
tuzilishini ta’minlaydigan va mahsulot hosil qiladigan
хomashyogina emas, balki fermentlar yoki gormon-
lar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan moddalar ham
keltirilishi kerak.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |