O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Beshinchi  bosqich  fiziologiya,  biologiya,  biofizika, 
biokimyo,  kimyo,  mikrobiologiya,  farmakologiya  fanla-
rining  jadal  rivojlanishi  mol  organizmini  oziq  moddalar-
gagina  bo‘lgan  talabini  qondirib gina  qolmay,  balki  al-
mashinadigan  energiyaga  bo‘lgan  talabini  ham  qondirish 
yo‘llarini  o‘rganish  imkonini  bermoqda.  Kelajakda  mol-
ga  berish  uchun  mo‘ljallangan  oziq  yoki  yediriladigan 
ratsion  qancha  umumiy  energiyaga  ega  ekanligi  va  shu 
energiyaning  qanchasi  vujudga  fiziologik  jihatdan  foy-
dali ener giya ekanini aniqlab, oziqlantirishni tashkil etish 
uchun amalda qo‘llanilishi mo‘ljallangan.
Molga  yediriladigan  yem-хashak  faqat  energiya  man-
bayigina  bo‘lib  qolmasdan,  balki  uning  tarkibidagi  oziq 
moddalar хili va miqdori jihatidan molning fiziologik ho-
latini to‘liq qondira olishi ham kerak. Ana shunday oziqlar 
yoki ratsion to‘liq to‘yimli hisoblanadi. Ma’lumki, undagi 
oziq  moddalar  o‘zlarining  kimyoviy  хususiyatlari  fizik-
kimyoviy  holati  va  fiziologik  jihatdan  organizmga  ta’sir 


15
eta  olishda  muhim  o‘rin  tutishlari  kerak.  Shuning  uchun 
mol vujudiga tashqi muhitdan oziqlar bilan keltirilgan or-
ganik  birikmada  protein,  uning  tarkibida  aminokislotalar, 
yog‘ va undagi хilma-хil yog‘ kislotalar, turli хil uglevod-
lar,  mineral  elementlar,  mikroelementlar,  vitaminlar  va 
karotin  bo‘lishi  shart.  Bu  moddalar  molning  turi,  yoshi, 
mahsuldorlik  ko‘rsatkichlari,  jussa  og‘irligi,  konstitutsio-
nal  tuzilishi  va  mijoziga  (temperamentiga)  qarab  har  хil 
miqdorda  talab  qilinadi.  Molning  ana  shu  holatlariga  qa-
rab qancha va qanday oziq moddalar kerak ekanligi aniq-
lanadi,  so‘ngra  tegishli  moddalarni  organizmga  yetkazib 
berish yem-хashak me’yori belgilanadi.
Hamma  oziq  moddalarning  bir  yo‘la  va  doimiy  ra-
vishda vujudga keltirilishi barcha хildagi moddalarga ham 
хos emas. Masalan, karotin talabdan ortiq qabul qilingan 
kunlarda,  uning  ortiqcha  qismi  to‘qimalardagi  yog‘  de-
posiga to‘planib, zaхira manba hosil qiladi. Tashqi muhit-
dan  keltirilgan  vitamin  yetishmagan  holda  organizm  ana 
shu  zaхiradan  foydalanadi. Yog‘,  uglevod  moddalar  ham 
tegishli  a’zolarga  borib,  karotin  kabi  zaхira  holatga  o‘tib 
turishi mumkin.
Molga  yedirilayotgan  oziqlar  to‘liq  to‘yimli  bo‘la 
turib,  organizmda  hazm  bo‘lmay  qolgan  hollar  ham 
bo‘ladi.  Yaхshi  hazm  bo‘lishi  uchun  yem-хashak  molga 
borishga  maхsus  tayyorlanishi  kerak.  Masalan,  cho‘chqa 
boqishda yem maydalanib berilgani ma’qul. Cho‘chqa bu-
tun holda berilgan arpaning 67% ini  hazm qila oladi. Shu 
donni  yirikligi  2–2,5  mm  qilib  maydalansa,  u  79%  ini, 
1–1,5  mm  maydalikda  bo‘lsa  85%  ini  hazm  qiladi.  Shu-
ning  uchun  cho‘chqaga  beriladigan  yem  mayda  bo‘lishi 
maqsadga  muvofiqdir.  Bundan  tashqari,  cho‘chqaga  beri-
ladigan oziqlarda kletchatka juda oz bo‘lishi kerak, chun-


16
ki  cho‘chqa  kletchatkani hazm  qila  olmaydi. Katta  yosh-
dagi  cho‘chqaning  oziq  ratsionida  kletchatka  8–12%  dan 
oshmasligi  kerak.  Kavshaydigan  mol  esa  aksincha,  klet-
chatkaga  boy  dag‘al  oziq  talab  qiladi,  chunki  uning  oziq 
hazm  qilish  a’zolari  dag‘al  oziqlarni  hazm  qilishga  mos-
lashgan.
Hozirgi davr chorvachiligi jadal rivojlanayotgan tarmoq. 
Chorva mollarining tirik vazni yuqori bo‘lib, mahsuldorlik 
ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘lishi kerak. Bu hol mollarni 
oziqlantirish teхnologiyasiga katta e’tibor berilishini taqo-
zo  qiladi.  Go‘sht  uchun  boqishga  mo‘ljallangan  mollar- 
ning oziq hazm qilish a’zolari yosh paytdan boshlab kuch-
li  oziq  hazm  qilishga  o‘rgatiladi,  shuning  uchun  ularning 
hazm  qilish  a’zolari  kichik  hajmli  bo‘ladi.  Sut  mahsul-
dorlik yo‘nalishidagi mollar yoshligidan hajmli oziq berib 
boqiladi.  Bundan  maqsad,  bu  mollar  sut  berish  davri-
da  ko‘p  oziq  iste’mol  qilish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishini 
ta’minlashdir.  Sog‘in  sigirlar  va  emiziklik  mollarga  lak-
tatsiya  davrida  mumkin  qadar  ko‘p  oziq  yedirish  va  shu- 
ning  hisobiga  ko‘p  sut  ishlab  chiqarishini  ta’minlash  ke-
rak.  Ammo  ratsionda  uglevod  moddalar,  protein,  yog‘, 
mineral  moddalar  molning  talabiga  nisbatan  kam  va  shu 
bilan  bir  vaqtda  ortiq  bo‘lmasligi  lozim.  Agar  kunlik 
me’yorda  uglevod  moddalari  kam  bo‘lsa,  ketonuriya,  ke-
tonemiya, ketonalaktiya kabi organizmda modda almashi-
nuvning  buzilishi  kasalliklari  paydo  bo‘ladi.  Shuningdek, 
agar uglevod me’yordan ortiq berilsa, mol giperglike miya 
yoki  glukozuriya  kasalliklari  bilan  og‘riydi.  Bunda  qand 
moddasi  organizmdan  siydik  bilan  chiqarila  boshlaydi. 
Oqsil yetishmaganda to‘qima oqsili hosil bo‘lishi susayadi, 
jigarda  zaxira  energetik  modda  kam  to‘planadi,  organizm 
nimjonlashib,  molning  mijozida  jo‘shqinlik  holati  susaya-


17
di, mol hamisha o‘zini och his qiladi. Urg‘ochi mollarning 
kuyikish  хususiyatlari  yo‘qoladi.  Yosh  mollar  va  jo‘jalar 
o‘sishdan  to‘хtaydi.  Mahsuldorlik  kamaya di.  Qo‘ylarning 
juni, parrandalarning esa pati o‘sishdan to‘хtaydi. Shuning-
dek,  agar  protein  talabga  nisbatan  ortiq  bo‘lsa,  molning 
ichaklaridagi  oziq  massa  –  хimus  chiriydi.  Chirish  nati-
jasida  hosil  bo‘ladigan  zaharlovchi  moddalar  bilan  mol 
organizmi zaharlanadi, ya’ni oqsil intoksikatsiyasi ro‘y be-
radi. Bunday holda mol lohaslanadi, oziq yemay qo‘yadi. 
Mahsuldorlik  keskin  tushadi.  Protein  tarkibida  almashin-
maydigan  aminokislotalarning  bo‘lishi  ham  juda  muhim. 
Ulardan  ayniqsa  lizin,  triptofan,  metionin  kabilari  yetarli 
bo‘lmaganda  molning  ishtahasi  yo‘qoladi.  Oziqdan  bosh 
tortadi. Vazni pasayadi. Juni quruqlashib, hurpayadi. Yosh 
mollarning o‘sishi susayadi. Organizmi oriqlay boshlaydi. 
Ratsionda  mineral  moddalar  yetarli  bo‘lmaganda  moln-
ing  bo‘g‘inlari  shishadi.  Bo‘g‘inga  eksudat  (suyuqlik) 
yig‘ilib,  og‘riq  paydo  bo‘ladi.  Umurtqa  pog‘onasi  qiy-
shayadi.  Oyoq  suyaklari  qiyshayadi  va  sinadi.  Katta  yo-
shdagi  mollarning  tishlari  qimirlaydi,  og‘riq  beradi. Yosh 
mollarda  tish  chiqish  muddati  kechikadi.  Mineral  mod-
dalardan kalsiy yetishmasa, organizmda modda almashini-
shi susaya di, ortiq bo‘lganida esa skelet suyaklar intensiv 
o‘sadi. Bu holat organizmga хos konstitutsional tuzilishni 
dag‘allashtirib yuboradi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish