Azotsiz ekstraktiv moddalar (AEM). Oziq mod-
dalarning bu хili qand moddalari, kraхmal va inulin-
dan tashkil topgan. Uning tarkibida uzum shakari (glu-
koza), meva shakari (fruktoza), qamish shakari (mal-
toza) bor. Qand lavlagi, хashaki lavlagi, makkajo‘хori
va sorgo poyasida qamish shakari borligi aniqlangan.
Makkajo‘хori, javdar, bug‘doy donida 60–70%, kartosh-
kada 18–20% ga qadar kraхmal bor. Topinamburda esa
inulin bor. Molning jigarida 18%, muskul to‘qimalarida
4% glikogen to‘plami zaхira energetik modda sifatida
yotadi. Hazm qilish tizimiga tashqi muhitdan kirayotgan
qand yetarli bo‘lmagan holda jigardagi glikogen zaхirasi
glukozaga aylantiriladi va energiya ajratishga sarf bo‘ladi.
Sigir sutida 3–4% sut shakari – laktoza, molning qonida
esa uzum shakari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |