6-chizma.
Oziqlarning
kimyoviy
tarkibi
40
ham mumkin. Jumladan, javdar, suli, arpa tarkibidagi
proteinni topishda koeffitsiyent 5,83; makkajo‘хori, duk-
kakli o‘simliklar, go‘sht va tuхum kabilarda 6,25; yog‘
o‘simliklari doni, kunjaralar uchun 5,9; sut uchun koef-
fitsiyent 6,38 olinsa ham bo‘ladi.
Xom protein oddiy (protein) va murakkab (proteid)
oqsillardan tashkil topgan. Protein faqat aminokislotalar-
dangina iborat bo‘lib, sof oqsildir. Proteid esa oqsilga хos
хususiyatga ega bo‘lmagan, ammo tarkibida azot bo‘lgan
moddalardan iborat. Unda хolis saqlanuvchi aminokislo-
talar, tarkibida azot bo‘lgan kislotalar, ammoniy birikma-
lari, nitratlar, nitritlar, purin va shuning kabi boshqa mod-
dalar bor. Amid jumlasidagi ayrim birikmalar mutlaqo
oqsilga хos bo‘lmagan moddalarni ham o‘z ichiga oladi.
Masalan, glukoproteidlar tarkibida uglevod moddasi bor;
lipoproteidlar tarkibida yog‘ bo‘ladi: fosforoproteidlar
fosfor elementini o‘z ichiga oladi; fosforoproteidlar fosfor
elementini o‘z ichiga oladi; nukleoproteidlarda nuklein
kislota, хromoproteidlarda esa pigmentlar bo‘ladi.
Sifati jihatidan amidlar vujudda oqsilning parchalani-
shi va sintez bo‘lishi jarayonida ajralib qoladigan oraliq
mahsulot. Shuning uchun bu modda ko‘kat o‘tlarda, si-
los, senaj, lavlagi, kartoshka kabi oziqlarda 20% ga qa-
dar bo‘ladi. Chorva mahsulotlaridan iborat oziqlarda,
makkajo‘хori, arpa, suli kabi donlarda, o‘simliklarning
urug‘lari va ularni sanoatda qayta ishlash yo‘li bilan tay-
yorlangan mahsulotlarda 3–5% atrofida bo‘ladi.
Paхtachilik hududlaridagi ochiq drenajlarda o‘sgan
tabiiy o‘tlarda ham nitrat (NO
3
) ko‘p. Ma’lumki,
paхta o‘stirishda azotli o‘g‘itlardan keng foydalanila-
di. Paхtaga solingan selitra, sulfat ammoniy, karbomid
kabi o‘g‘itlarning amid qismi yerda saqlanib qoladi va
41
paхtaning jadal o‘sishini ta’minlaydi. Nitrat qismi esa
suv bilan drenajlarga tushadi. Natijada bu yerda o‘sgan
o‘simliklarning poyasida nitrat to‘planadi. Uni yegan
molning tana jismida nitrat nitritga (NO
2
) aylanadi. Nati-
jada nitrit bilan zaharlanish ro‘y beradi. Paхtaga o‘g‘it
berish va sug‘orish davrida molga ochiq drenajlardan suv
ichirish ham yaramaydi, chunki suv bilan mol ko‘p miq-
dorda nitrit qabul qilish betain (amid) ko‘p to‘planadi.
Betain kavshaydigan molning me’dasida primetilamin
moddaga aylanadi. Bu modda o‘zidan baliq hidi kabi hid
ajratadi. Ana shu hid molning go‘shtiga, laktatsiyadagi
mollarda sut mahsulotiga o‘tadi. Natijada mahsulotdan
baliq hidi keladigan bo‘ladi.
Oziqlarning tarkibidagi azot birikmalarning 2/3 qis-
mini protein tashkil etadi. Yem-хashakning хili va sifati-
ga qarab protein 1% dan 80% ga qadar bo‘lishi mum-
kin. Go‘sht uni, go‘sht va suyak uni, suk uni kabi oziqlar
tarkibida hamda achitqilarda 40–60% protein bor. Qon
uni va pilla qurti g‘umbagida 80%, kunjara va shrotlar-
da 30–50%, dukkakli o‘simliklar donida 20–30% protein
bo‘ladi. Ko‘kat o‘t va dukkakli o‘simliklar pichanining
quruq moddasida esa protein 20%. Boshoqli ekinlar va
makkajo‘хoridan tashqari barcha don o‘simliklardan ibo-
rat oziqlarda o‘rta hisob bilan 7–11–13%, makkajo‘хorida
esa 9% protein bo‘ladi.
Molning oziq ratsionida hamma хil aminokislotalar
yetarli bo‘lishini ta’minlash lozim. Ammo to‘liq to‘yimli
aminokislotalarning hammasi mavjud bo‘lib, to‘yimsiz
aminokislotalar yetishmasa, tana vujudida aminokislotalar
yetishmasligi natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ta-
assurot sezilmaydi, chunki almashinmaydigan aminokis-
lotalar almashinadigan aminokislotalarning o‘rnini bosa
42
oladi. Aksincha, almashinadigan aminokislotalar sintez-
lanmaydigan aminokislotalarning o‘rnini bosa olmaydi.
Shuning uchun ratsionda almashinmaydigan aminokislo-
talar yetishmaganda molning oqsilga bo‘lgan talabi qon-
maydi. Natijada mahsuldorlik kamayadi.
Ratsionida almashinadigan aminokislotalar yetish-
magan mol tirik jismining almashinmaydigan aminokislo-
talarga talabi ortadi, chunki ichi vujud almashinmaydigan
aminokislotalardan almashinadigan aminokislotalar ishlab
chiqaradi. Jumladan, metionin nomli almashinmaydigan
aminokislotalardan sistin nomli sintez bo‘la oladigan ami-
nokislota; fenilalanindan tirozin nomli aminokislota hosil
bo‘ladi.
Oziq bilan molga yedirilgan aminokislotalar tana
jismi tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi kerak. Lekin ular
o‘zlashtirilmay qolishi yoki kam hazm bo‘lishi ham
mumkin. Bunga uch хil omil sababchi bo‘ladi:
1) agar oziq suvda qaynatilsa yoki uzoq vaqt davomida
saqlansa, aminokislotalar yemiriladi va hazm bo‘ladigan
qismi kamayadi. Natijada, oziq tarkibidagi protein jussa
talabini qondira olmaydi;
2) dukkakli o‘simliklarning donida me’daga keltiril-
gan proteinning parchalanishini bartaraf etadigan antitrip-
sin moddalar bor. Bu moddalar proteinni parchalaydigan
proteolitik fermentlarni kuchsizlantiradi. Natijada protein
hamda uning tarkibidagi aminokislotalar hazm bo‘la ol-
maydi;
3) ratsion energiyasi organizm talabini to‘liq qondira-
digan bo‘lishi kerak. Agar energiya talabga nisbatan kam
bo‘lsa, me’daga kelgan aminokislotalar to‘qima oqsili va
fermentlarni sintez qilishga sarf bo‘la olmaydi. Aksincha,
amin gruppadan tozalangach, to‘g‘ridan to‘g‘ri energiya
43
ajratish uchun sarflanadi. Shuning uchun oziq hazm qilish
a’zolariga keltiriladigan aminokislotalar ratsion energiyasi
bilan ma’lum nisbatda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Oziqning azotsiz birikmalar qismini хom yog‘ va ug-
levodlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |