O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Xom yog‘. Buni boshqa so‘z bilan lipidlar (yog‘simon 
moddalar)  deb  ham  yuritiladi.  Uning  tarkibida  sof  yog‘, 
ya’ni  yog‘  kislotalarining  trigliseridlari,  yog‘  kislotalari, 
yog‘da  eriydigan A,  D,  Е,  K  vitaminlar,  smola,  fosfotid, 
sterin, efir yog‘lari, mum, karotin, хlorofill kabi moddalar 
bor. Sof yog‘ yog‘ kislotasi va glitserindan iborat bo‘lib, 
oz  miqdorda  kislorod,  uglerod,  vodorod,  fosfor  (fosfoli-
poidlar) ham mavjud. Chorva moli tanasida vujudga kel-
gan  yog‘da  palmetin,  stearin,  olein  kabi  to‘yingan  yog‘ 
kislotalar  ko‘p.  O‘simlik  yog‘ida  esa  olein  kislotaning 
trig liseridlari ko‘pdir.
Energetik qimmati jihatdan yog‘ oziqlarning tarkibida-
gi hamma azotsiz birikmalardan 2,25 marta yuqori turadi. 
Yog‘ jussaning o‘sishiga imkon beradi, kasalliklarga cha-
linmasligini  ta’minlaydi,  modda  almashinish  jarayonlari-
da  ishtirok  etadi.  Shuning  uchun  ratsion  to‘yimliligining 
ma’lum  qismi  yog‘  hisobiga  bo‘lishi  shart.  Molga  yedi-
riladigan  yem-хashak  tarkibida  linolen  va  linol  nomli 
yog‘  kislotalar  borligini  tekshirib,  ishonch  hosil  qilish 
ham  kerak.  Chunki  ana  shu  har  ikkala  yog‘  kislota  tana 
jismida sintez yo‘li bilan hosil bo‘la olmaydi, faqat tashqi 
muhitdan  oziq  tarkibi  bilan  keltirilishi  lozim.  Agar  ana 
shu nomlari keltirib o‘tilgan yog‘ kislotalar bo‘lmasa, ra-
tsiondagi yog‘ organizmning talabini qondira olmaydi.
Ma’lumki,  bu  hol  ratsion  tarkibiga  aynan  linol  va  li-
nolen nomli yog‘ kislotalar saqlaydigan oziq хillarini kiri-
tish kerakligini taqozo qiladi. O‘simliklarning ko‘pchilik 


44
turlari  yog‘  moddasiga  boy.  Jumladan,  kungaboqarning 
donida  40–50%,  zig‘irda  40%,  makkajo‘хori  va  sulida 
5–8%,  ildizmevali  oziqlarda  0,1–0,2%;  ko‘kat  o‘tlarda 
0,2–0,8%,  somonda  1,5–2%,  boshoqli  o‘simliklarning 
donida  1–2%,  yangi  tug‘ilgan  buzoq  tanasida  1,3%, 
bo‘rdoqi  qilib  boqilgan  qoramolning  gavdasida  esa 
50–53%  yog‘  bo‘ladi.  Ana  shu  хil  o‘simliklar  majmuy-
idan  yog‘  kislotalarning  ko‘pchilik  хilini  saqlaydiganlari 
ratsiondagi oziqlar jumlasini tashkil etishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Uglevodlar kletchatka va azotsiz ekstraktiv moddalar-
dan iborat. Ularning tarkibiga kraхmal va qand moddalar 
kiradi.  Uglevodlar  o‘simliklarda  eng  ko‘p.  Ulardagi  oziq 
moddaning  80%  ini  uglevodlar  tashkil  qiladi.  Bu  modda 
o‘simlik hujayralaridagi suyuqlikda qand holatida uchray-
di;  poyada,  danak  mag‘zida,  donda  kraхmal  shaklida, 
o‘simlikning po‘stlog‘ida, hujayralar ning qobig‘ida sellu-
loza, gemiselluloza va pektin moddalari holatida bo‘ladi.
Uglevodlar  tana  jismi  uchun  energiya  manbayi-
dir.  Bundan  tashqari,  glikogen  va  yog‘  hosil  qilish 
хususiyatiga ega. Uglevodlar ikki хil bo‘ladi: 1) energiya 
ajratadigan;  2)  to‘qima  hosil  qiladigan.  Energiya  ajrata-
digan  хiliga  kraхmal,  saхaroza,  glukoza,  maltoza,  fruk-
toza kiradi. Bular asosan energiya ajratishga sarf bo‘ladi. 
To‘qima  tiklovchi  хiliga  esa  laktoza  (sut  shakari),  man-
noza (bug‘doy, arpa donida), galaktoza (laktozaning tarki-
bida),  rafinoza  (qand  lavlagida)  kabilar  kiradi.  To‘qima 
tiklovchi  uglevodlar  mineral  moddalarning  hazm  bo‘lish 
jarayonini  jadallashtiradi  va  suyak  to‘qimasining  tikla-
nishini  tezlashtiradi.  Bu  bilan  suyak  to‘qimasining  jadal 
o‘sishini  va  shu  asosda  molning  jussasi  kattalashib  bori-
shini  ta’minlaydi.  Laktatsiyadagi  mollarning  sut  mah-


45
suldorligini  oshiradi.  Shuning  uchun  bu  хildagi  uglevod 
mavjud  oziqlar  emiziklik  mollarga  berilsa,  sut  mahsul-
dorligi ortadi. Yosh mollar jadal o‘sadi, suyak to‘qimalari 
mustahkamlanadi.
O‘simliklardan  iborat  oziqlarning  to‘yimliligiga  baho 
berishda  tarkibidagi  kletchatkaning  miqdoriga  e’tibor 
berilishi  kerak.  Chunki  kletchatka  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa, 
oziqning  to‘yimliligi  shunchalik  past  bo‘ladi.  Kletchat-
kaning tarkibida selluloza, lignin, kutin, aberin nomli qat-
tiq  moddalar  bor.  Kletchatkaning  miqdori  o‘simlikning 
turi  va  yoshiga  bog‘liq.  Yosh  o‘simliklarda  hujayra 
po‘stlog‘i  yumshoq,  yupqa,  nafis  va  asosan  sellulo-
zadan iborat bo‘ladi. Selluloza kletchatkaning oson hazm 
bo‘la  oladigan  хilidir.  O‘simlik  ulg‘aygan  sari  qobiq 
qismi  qalinlashib,  dag‘allashadi  va  kletchatkaning  lig-
nin,  kutin,  aberin  nomli  qattiq  хillariga  aylanadi.  Uning 
bu  turdagilari  oziq  hazm  qilish  a’zolarida  qiyin  par-
chalanadi.  Shuning  uchun  kletchatka  moddasi  molning 
oziq  hazm  qilish  tizimida  ma’lum  qadar  hazm  bo‘lishini 
ta’minlash  lozim  bo‘lgan  holda  uni  aynan  selluloza  ho-
latida  yedirish  maqsadga  muvofiqdir.  Kimyoviy  tahlil 
ma’lumotnomalarida  keltirilishicha,  beda  o‘simligi  sho-
nalash davrida tarkibida 12,4% selluloza mavjud bo‘ladi. 
Don  tugish  fazasiga  o‘tganda  esa  u  24,4%  ga  yetadi.  Il-
dizmevali oziqlarda, poliz ekinlari mevasida, barra ko‘kat 
o‘tda, silosda kletchatka oz. Somonda 40–45% kletchatka 
bor.  Pichanda  u  20–35%  miqdorida.  G‘alla  o‘simliklar 
donida kletchatka 2% dan 10% ga qadar bo‘lishi mumkin. 
Kletchatkaga  boy  oziqlarning  hammasi  ham  qiyin  va  oz 
hazm bo‘ladi. Ularning to‘yimliligi ham past. Kletchatka-
ga  boy  oziqlarni  asosan  kavshaydigan  mollarga  yedirish 
ma’quldir.  Chunki  kavshaydigan  mollar  dag‘al  oziqning 


46
kletchatkasini  55%  ga  qadar  hazm  qila  oladi.  Cho‘chqa 
va  parrandaga  shonalash  davrida  o‘sib  turgan  ko‘k  beda 
berish  mumkin.  Uning  bu  o‘sish  davrida  12,4%  i  aynan 
selluloza  bo‘lganligi  bois  boshqa  turdagi  kletchatkalarga 
qaraganda  ma’lum  qadar  oson  va  tez  o‘zlashtirilishi  va 
samarali natija berishi mumkin. Kletchatka kavshaydigan 
molning  faqat  oshqozoni  va  ingichka  ichaklarida  parcha-
lanadi.  Ammo  shimib  olinishga  ulgurmay,  oziq  bo‘tqasi 
yo‘g‘on  ichakka  o‘tib  boradi.  Shuning  uchun  kletchatka 
yo‘g‘on ichakda o‘zlashtiriladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish