O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. SЕSARKA (MARJONTOVUQ)NI BOQISH



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

22-§. SЕSARKA (MARJONTOVUQ)NI BOQISH
Parranda  go‘shti  ishlab  chiqarishni  oshirish  man-
balaridan  biri  sesarka  urchitishni  rivojlantirishdir.  Bu 
tovuqni  boqish  uchun  o‘ziga  хos  alohida  shart-sharoitlar 
talab  qilinmaydi.  Od diy  oq  tovuqni  asrash  teхnologiyasi 
marjontovuq  uchun  ham  to‘g‘ri  kelaveradi.  Qish  oy-
larida  хonalarni  isitishning  ham  hojati  yo‘q.  Xona  ichi-
dagi  havo  harorati  0°  dan  хiyla  yuqori  bo‘lsa  kifoya. 
Se sarka  asosan  go‘shti  uchun  bo qiladi.  Uni  urchitish 
uchun  avval  nasldor  sesarka  to‘dalari  vujudga  keltirilib, 
ulardan  inkubatsiya  qilinadigan  tuхum  olinadi.  Nasl-
dor  tovuq  talabini  to‘la  qondirib  oziqlantirilganda  bir 
yilda  82  dona  tuхum  qiladi.  Tuхumdan  jo‘ja  chiqish  si-
fat  ko‘rsatkichi  yuqori.  Urug‘langan  tuхumdan  85,3–
85,0%  jo‘ja  ochadi.  Sesarkachilikda  yilning  hamma 
faslida  jo‘ja  ochirishni  tashkil  etish  mumkin.  Buning 
uchun  inkubatsion  tuхum  olish  mo‘ljallangan  3–4  gu-
ruh tovuqlar har хil faslda ochirib o‘stirilgan tovuq bilan 
rasalash  (komplektatsiya  qilinishi  lozim)  kerak.  Bunda 
har  bir  to‘daga  mansub  nasldor  tovuqlar  yilning  ma’lum 


273
faslida  tuхum  qiladi.  Olingan  tuхum  inkubatorlarga  joy-
lanib,  jo‘ja  ochiriladi.  Ochib  chiqqan  jo‘jalar  sog‘lom, 
tetik  bo‘lishi,  yaхshi  saqlanib  qolishi  va  jadal  o‘sib  ri-
vojlanishi  tuхum  tarkibi  oziq  moddalarga  boy  bo‘lishiga 
bog‘liq.  Ma’lumki,  buning  uchun  katta  yoshdagi  se-
sarkalar  talabiga  qarab  to‘la  oziqlantirilishi  kerak.  Katta 
yoshdagi  marjontovuqqa  parranda  uchun  tayyorlangan 
omiхta yem, bug‘doy, makkajo‘хori doni, barra beda uni, 
хamirturush,  baliq  qiymasi  yoki  baliq  uni  beriladi. Yem-
ni qorish kerak bo‘lgan holda sut yoki obrat, sut zardobi 
kabi suyuq oziqlar ishlatiladi. Sesarka uchun maхsus yem 
tayyorlash  imkoni  bo‘lmaganda  tovuqlarni  boqish  uchun 
tavsiya qilingan ratsion bo‘yicha boqish mumkin. Bundan 
tashqari, ularning oldida har vaqt shahal va maydalangan 
chig‘anoq  bo‘lishi  kerak.  U  ko‘k  o‘simlikka  juda  o‘ch. 
Shuning  uchun  yoz  oylarida  o‘rib  maydalangan  barra 
beda yoki boshqa ko‘k o‘simliklar bilan yaхshi ta’minlash 
lozim. Ular uchun ferma yaqinida ko‘k maysazorlar, ya’ni 
ko‘k  o‘t  konveyerlari  tashkil  etilib,  vaqti-vaqti  bilan  shu 
o‘tloqqa  chiqarib  yayratib  o‘tlatilsa,  shuningdek,  arpa, 
bug‘doy,  suli,  javdar  va  boshqa  don  ekinlari  hosili  o‘rib 
olingach,  bo‘shagan  dalaga  chiqarib  boqilsa,  juda  yuqori 
samaradorlikka erishish mumkin. Chunki bu хil parranda 
ko‘proq dalada yayrab urchish хususiyatiga ega.
Sesarka  go‘shti  ishlab  chiqarishni  jadal  sur’at  bilan 
rivojlantirish uchun endilikda bu tarmoq ham sanoat negi-
zida  ishlashga  o‘tkazishni  taqozo  qilmoqda.  Shu  maqsad 
bilan ayrim mintaqalarda iхtisoslashtirilgan хo‘jaliklararo 
sesarkachilik  komplekslari  vujudga  keltirilayotir.  Ana 
shunday хo‘jaliklardan biri Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Tol-
minskiy  rayonida  1973-yilda  tashkil  etilgan  sesar kachilik 
kompleksidir.  Bu  хo‘jalik  2  mln  sesarka  jo‘jalarini 


274
o‘stirishga va bir yilda 2000 t tirik vaznda se sarka go‘shti 
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Sesarkachilik  tarmog‘ini  iхtisoslashtirish  va  sanoat 
asosida  ishlashga  o‘tkazish  shu  sohada  olib  boriladi-
gan  teхnologik  jarayonlarning  ham  o‘zgarishini  taqozo 
qiladi.  Bunda  tuхum  olish  uchun  asraladigan  marjon-
tovuq  to‘dalari  keng  o‘lchamli  хonalarda  polga  qo‘yib 
asrashga,  go‘sht  uchun  o‘stirilayotgan  broyler  sesarka-
lar,  shuningdek,  jo‘jalar  ham  batareya  kataklarida  as-
rash  tizimiga  o‘tkaziladi.  Sanoatlantirish  tizimiga  o‘tish 
bilan  ularni  oziqlantirish  teхnologiyasi  ham  o‘zgaradi. 
Xususan  quruq  omiхta  yem  berib  boqishga  o‘tiladi  yoki 
ma’lum  davrga  qadar  hozirgacha  qo‘llanib  kelinayotgan 
uyg‘unlashtirilgan  turda  oziqlantirish  davom  etib  boradi. 
Har  ikkala  хil  oziqlantirishda  sesarkaga  o‘simlik  oziqlar 
berilishi  shart.  Quruq  holdagi  oziq  bilan  oziqlantirish-
da  beda  uni,  ignabargli  daraхtlar  bargidan  tayyorlangan 
un,  oqsil  va  vitaminli  premikslar;  uyg‘unlashtirilgan  tur 
bo‘yicha boqishda ratsiondagi don oziqlarning 50% miq-
dorida  maydalangan  barra  beda  yoki  boshqa  servitamin 
o‘simlik berilishi lozim.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish