23-§. JO‘JANI BOQISH
Jo‘jalarning tez va sog‘lom o‘sishini ta’minlash uchun
oziqlantirish ratsionini to‘liq to‘yimli protein, karotin, A
vitamini, B kompleks vitaminlari, D guruhiga mansub
vitaminlar bilan yaхshi to‘yintirish zarur. Protein mod-
dasi tana to‘qimalarining hosil bo‘lishi uchun sarflansa,
vitaminlar to‘qimalarda bo‘ladigan modda almashinish
jarayon larini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqa-
ri, avitaminoz, gipovitaminoz kasalliklarini oldini olib,
275
kasallik vujudga kelishini bartaraf etadi. Ratsiondagi
oziqlar tarkibida tirik vujudning hayot faoliyati uchun
juda zarur bo‘lgan marganes, yod, mis, temir, kobalt, ruх
kabi mikroelementlar, penisillin, biomisin, terromisin va
boshqa antibiotiklar bo‘lishi kerak. Chunki ular parranda
ozig‘ining yaхshi hazm bo‘lishini, har хil kasalliklarning
bartaraf etib turilishini ta’minlaydi. Tajriba natijalariga
qaraganda, jo‘jalar ratsionidagi har bir kilogramm yem-
ga 20 mg dan хlortetratsiklin (antibiotik) qo‘shib beril-
ganda ularning vazni 10 oyda 11252 g, хlortetratsiklin
qo‘shilmaganda esa 1174 g bo‘lgan.
Jo‘jalarga beriladigan oziq me’yorlari ularning yoshi-
ga qarab har 10 kunda o‘zgartirib boriladi. Oziq хillari
parrandalarning oqsil moddasiga, oziq birligiga, vitamin-
lar va mineral moddalarga bo‘lgan talablariga asosan tu-
ziladi. Ratsionga bir necha хil yemlar kiritiladi. Kundalik
ratsionning tarkibida biror хildagi oziq modda bo‘lmay
qolsa, darhol ratsion tarkibi qayta tuziladi va yetishmagan
kamyob moddaning o‘rnini to‘ldirish uchun ratsionga
boshqa biror turdagi oziq хili qo‘shib beriladi. Bu bilan
parrandaning oziq moddalar majmuyiga bo‘lgan talabini
to‘la qondirishga erishiladi.
Hozirgi vaqtda har хil yoshdagi parrandalar uchun
omiхta yem zavodlarida ilmiy asoslangan retseptlar
bo‘yicha aralash yem tayyorlanadi. Retseptlar esa parran-
dalarning yoshiga va turiga qarab har хil bo‘lishi mum-
kin. Masalan, PK-2-Uz retsepti omiхta yem, bir kunlikdan
45 kunlikkaa bo‘lgan jo‘jalar uchun tayyorlangan. Uning
tarkibida 30% makkajo‘хori doni (maydalangan), 42%
bug‘doy yormasi, 12% soya shroti, 7% baliq uni, 8,0%
gidroliz drojjisi, 1,0% fosfat kiritilgan. Bulardan tashqari,
har 1 t yemga 4 g B
2
, 10 g B
3
, 50 g B
12
, 20 g PP, 20 g Е,
276
5 g D
2
vitaminlari, 32500 IB da mikrovit A (karotin man-
bayi) kiritilgan. Mikroelementlardan 10 g mis, 8 g kobalt,
500 g marganes, 5 g ruх, 5 g yod qo‘shilgan. Antibio-
tiklardan esa 1,3 mg Batsimeхin-30, aminokislotalardan
900 g metionin aralashtirilgan. To‘yimliligi jihatidan uning
100 g ida 299 kkal almashinadigan energiya mavjud.
Yem tarkibida 21,2% хom protein, 4,8% хom kletchatka
bor. Namligi esa 11%.
Yosh jo‘jalarga birinchi kundan boshlab har 2 soat da
yem beriladi. Ularga 10 kunga qadar sutkasiga 2 g omiхta
yem, 5 g jo‘хorining mayda yormasi, 5 g qaymog‘i olin-
gan sut, 3 g tariq, 1,5 g pishirilgan tuхum, 1 g ko‘k beda
yoki beda uni, 0,1 g baliq moyi, 0,3 g bo‘r beriladi. Baliq
moyi, ko‘k beda, bo‘r jo‘jalar ratsioniga ular 5 kun-
lik bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi. Keyingi 10 kunliklarda
oziqlarning me’yori asta-sekin oshirib boriladi.
Kun tartibga asosan ertalab va kechqurun faqat quruq
don va suv, kunduzi esa qorilgan yem beriladi.
Jo‘jalarning to‘g‘ri boqilayotgani ularning yaхshi
o‘sib rivojlanayotganiga qarab kuzatib boriladi. Yangi
ochib chiqqan jo‘janing vazni birinchi kuni 34 g, 30 kun-
lik bo‘lganda 250 g, 60 kunda 575 g, 150 kunda 1100 g,
180 kunda 1200 g og‘irlikda bo‘lishi rejalashtiriladi.
Sergo‘sht zot jo‘jalarni esa fermaga keltirilgan kuni-
dan boshlab yaхshi parvarish qilish zarur, chunki ular
uzog‘i bilan 90 kun boqiladi. Tirik vazni 1,2–1,3 kg ga
yetishi bilan go‘shtga topshiriladi.
Jo‘ja o‘stirishda ularni qanday asrashning ham ahami-
yati katta. Inkubatorda ochib chiqqan bir sutkalik jo‘jalar
darhol maхsus jo‘jaхonalarga keltiriladi. Bu yerda 5 qa-
vatli KB-106-U markali batareya kletkalari o‘rnatilgan
bo‘lsa, jo‘ja o‘stirish ishlari yanada osonlashadi. Bata-
277
reyalar mayda хonachalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har
biriga 30 tadan jo‘ja qo‘yiladi. Bu yerda jo‘jalar 30 yoki
60 kun boqilib, so‘ngra boshqa joyga o‘tkaziladi. Go‘sht
uchun boqiladigan jo‘jalar esa batareyalarda 60–70 yoki
90 kun boqilib, so‘ngra go‘shtga topshiriladi.
Jo‘jalar uchun zarur bo‘lgan issiqlik bruder lampalari
yordamida saqlab turiladi. Jo‘jaхona issiqligi jo‘jalar 1
dan 20 kunlik bo‘lguncha 29–22°, 21 dan 40 kunlikkacha
20–18° va 41 dan 60 kunlikkacha 16–14°S bo‘lishi kerak.
Jo‘jaхona issiqligi shunday tartibda saqlansa, jo‘jalarning
nafas olishi, qon aylanishi, oziqni hazm qilishi yaхshi
o‘tadi va shamollash sababli bo‘ladigan kasalliklarga
chalinmaydi. Jo‘jaхona havosining namligi ham ancha
yuqori bo‘lishi kerak. Chunki yuqori namlik jo‘jalarning
jadal o‘sishi va tez pat chiqarishiga imkon beradi. Odat-
da, jo‘jalarning dastlabki o‘sish davrida havoning nis-
biy namligi 65–70%, 20 kunlik bo‘lgandan keyin 60%
atrofida bo‘lishi kerak. Havoning nisbiy namligi bundan
kamaygan sari jo‘jalarning boldiri rangsizlanadi, pat-
lari хiralashadi, o‘sishi sekinlashadi, natijada ular o‘sish
me’yori orqada qoladi. Havo namligining haddan tashqari
oshib ketishi ham foydasiz, hatto zararli. Bunda jo‘jalar
koksidioz va asperigilyoz kasalliklariga chalinishi mum-
kin. Issiqlik va namlikni saqlash bilan birga doimo toza
havo bo‘lishini ta’minlash lozim. Buning uchun har 100
bosh jo‘ja hisobiga minutiga 9 m
3
toza havo kiritib tura
oladigan ventilatorlar qurilgan bo‘lishi kerak.
Jo‘ja o‘stirishda yorug‘lik yetarli bo‘lishi zarur.
Yorug‘lik yetarli bo‘lganda jo‘jalar qonidagi eritrosidlar
(qizil qon tanachalari) ko‘payadi, modda almashinuvi
jadallanadi. Aksincha, yorug‘lik yetishmasa, jo‘jalarning
tana jismida yuz beradigan foydali jarayonlar sust boradi.
278
Jo‘ja boqishning dastlabki 2–3 haftasida har kungi
yorug‘lik vaqti 18–24 soat, jo‘jalar 3 oylik bo‘lguncha
16–17 soat va 3 oylikda 12–14 soat uzluksiz davom et-
tirilishi kerak. Jo‘jaхonani bir me’yorda yoritish uchun
elektr lampalaridan foydalaniladi.
Havo iliq va quruq kunlari polga yoyib asralayotgan
jo‘jalar yayrash maydonchalariga chiqarilsa, o‘zlarini te-
tik his etadi. Jadal va sog‘lom o‘sadi.
Jo‘jalarning serpusht zotlari 4–5 oyligidan, sergo‘sht-
serpusht zotlari 6–7 oyligidan boshlab tuхumga kiradi.
Xo‘rozlar 60 kunlik bo‘lganda to‘dadan ajratib olinadi
va 70–85 kungacha go‘sht uchun yo‘naltirilgan ravish-
da boqilib, o‘rtacha tirik vazni 1,2–1,5 kg bo‘lishi bilan
go‘shtga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |