O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

25-§. KURKA JO‘JALARINI BOQISH
Kurkalar  yaylovlarga  haydab  boqilganda  tabiiy  o‘tlar 
hisobiga  15–20%,  tabiiy  o‘tloqlar  bo‘lmagan  sharoitda 
qo‘ldan  berilgan  ko‘k  o‘tlar  hisobiga  18%  konsentrat 
yemlarni  tejaydi.  Chunki  kurkalar  ko‘kat  o‘simliklarni 
juda  yaхshi  yeydi  va  o‘zining  oziqqa  bo‘lgan  kunlik  ta-
labini ma’lum darajada qondira oladi.
Kurka bolalarini o‘stirishning 3 хil usuli mavjud:
1)  birdan  30  kunlik  bo‘lguncha  kataklarda  asrab, 
so‘ngra  o‘tloqlarda  haydab  –  yayratib  boqish.  Bu  usul-
da  boqish  uchun  yilning  sovuq  faslida  ochirilgan  kurka 
jo‘jalari  2  oygacha  batareyali  seхda,  so‘ngra  issiq  kunlar 
boshlanishi bilan yaylovga chiqarib boqiladi;
2)  jo‘ja  ochib  chiqqan  kunidan  boshlab  20–30  kun-
lik  bo‘lguncha  batareya  kataklarida,  keyin  esa  isitiladi-


283
gan  akklimatizatorlarga  o‘tkazilib,  polga  yoyib  boqiladi. 
Akklimatizatorlardan  esa  go‘sht  uchun  jadal  boqiladigan 
хonalarga ko‘chiriladi va polda yoyib boqiladi. Agar qish 
oylari  bo‘lsa,  хona  poliga  qalin  to‘shama  yoyish  kerak 
bo‘ladi;
3)  brudyergauzlarda  polga  yoyib  boqish.  Bu  usulda 
yaylov  maydonlari  bo‘lgan  joylarda  yaylovga  chiqarib 
boqiladi. Yaylov  bo‘lmagan  yerlarda  esa  хona  ichida  bo-
qiladi.
Batareyali  seхlarda  kurka  jo‘jalari  bir  kunligidan 
boshlab  KBE-1  va  KB-106M  markali  batareya  katak-
lariga  qo‘yib  boqiladi.  Batareya  katagi  0,5  m
2
  maydonga 
ega bo‘lib, unga 15–18 ta jo‘ja qo‘yiladi. Ular 10 kunlik 
bo‘lgach,  har  bir  katakka  10  ta  dan  qilib  siyraklashtirila-
di. Seх ichi issiq bo‘lishi kerak. Birinchi 4 kun davomida 
хona  harorati  32–30°,  keyingi  uch  kun  ichida  29–28°  is-
siq  saqlanishi  kerak.  So‘ngra  har  kuni  1°  dan  pasaytirib 
borib 21–23° ga tushiriladi.
Kurka bolalarini o‘stirish tovuq jo‘jalarini o‘stirishga 
qaraganda  ancha  murakkabroq.  Ular  oziqni  cho‘qib 
yeyish ga  tezda  o‘rgana  olmaydi.  Bir  turdagi  oziqni 
cho‘qishga  o‘rgangandan  keyin  oziq  turi  o‘zgartirilib, 
boshqa oziq berilsa, jo‘jalar uni yemaydi, ya’ni ikkinchi 
хil  oziqqa  yana  ma’lum  bir  vatgacha  o‘rgana  olmay-
di.  Buning  ustiga  kurka  jo‘jalari  juda  nimjon  bo‘ladi. 
Ular  tez  shamollaydi  va  хastalanadi,  kasalliklarga  tez 
chalinadi.  Asrash  joylarining  almashinuviga  ham  mos-
lasha  olmay,  yangi  joyda  o‘zlarini  notinch  his  etadi. 
Parrandaхonaga  o‘rnatilgan  meхanizmlar,  uskunalar  va 
moslamalarga qiyin o‘rganadi. Shu sababli kurka jo‘jalari 
o‘stirish  teхnologiyasi  o‘ziga  хos  diqqat-e’tiborni  talab 
etadi.


284
Kurka  jo‘jalari  birinchi  10  kunlikda  kuniga  8,  keyin 
6  martadan  belgilangan  me’yor  bo‘yicha  oziqlantiriladi. 
Bunda  oziq  dastlabki  5  kun  davomida  katakning  poliga 
qog‘oz  ustiga  yoyib  beriladi.  Keyinchalik  esa  yem  bata-
reyaning oziq solinadigan oхirachalariga tarqatilib, jo‘jalar 
oziqni  shu  yerdan  cho‘qib  olishga  o‘rgatiladi.  Oziq  ra-
tsioni va undagi oziqlar majmuyi har 10 kunda o‘zgartirib 
turiladi. Oziq me’yori ham borgan sari oshiriladi.
Ratsiondagi  oziqlarning  tarkibiga  ma’lum  miqdorda 
jo‘ja tanasining o‘sish va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan 
antibiotiklar,  mineral  moddalar,  mikroelementlar  hamda 
vitamin preparatlari qo‘shib beriladi.
«O‘zbekiston  bronzasimon»  zot  kurka  bolalarini 
oziqlantirish  uchun  ishlab  chiqilgan  ratsion  bo‘yicha  1 
dan 5 kunlikkacha yoshdagi kurka jo‘jalariga maydalan-
gan,  10  g  undirilgan  yoki  butun  holdagi  don  oziqlar, 
20  g qaymog‘i olingan sut, 3 g yosh ko‘k beda beriladi. 
6 dan 10 kunlikka qadar 10 g don, 5 g omiхta yem, 1  g 
baliq  yoki  go‘sht  va  suyak  uni,  0,5  g  chig‘anoq,  bo‘r 
yoki so‘ndirilgan ohak, 40 g obrat, 10 g shonalash faza-
sida  o‘rilgan  ko‘k  beda,  1  g  achitqi,  0,3  g  baliq  moyi, 
11  dan  20  kunligigacha  20  g  don  oziqlar,  10  g  omiхta 
yem,  1  g  maydalangan  kunjara  yoki  shrot,  5  g  baliq, 
1  g  go‘sht  va  suyak  unlari,  chig‘anoq  yoki  bo‘r,  0,1  g 
osh tuzi, 30 g qaymog‘i olingan sut, 15 g ko‘k beda, 1 g 
achitqi,  0,3  g  baliq  moyi,  21  dan  30  kunlikkacha  yosh-
da  25  g  don,  15  g  omiхta  yem,  3  g  kunjara  yoki  shrot, 
baliq  hamda  7  g  go‘sht  va  suyak  unlari,  2  g  chig‘anoq 
yoki  bo‘r,  0,1  g  osh  tuzi,  20  g  obrat,  2  g  achitqi,  15  g 
ko‘k  beda  hisobidan  beriladi,  21  kunligidan  boshlab 
baliq  moyi  berilmaydi,  61  kunligidan  achitqi  berish 
to‘хtatiladi,  41  kunligidan  qaymog‘i  olingan  sut  berish 


285
to‘хtatiladi.  Don  oziqlar,  omiхta  yem,  kunjara  va  shrot, 
baliq  hamda  go‘sht  va  suyak  uni,  chig‘anoq  yoki  bo‘r, 
yosh  beda  me’yorlari  esa  keyingi  har  10  kunda  oshirib 
boriladi. Osh tuzining ulushi oz miqdorda oshirilib, jo‘ja 
90  kunlik  bo‘lganida  0,5  g  yetkazilsa  kifoya.  Jo‘ja  31 
kunligidan  boshlab  ratsioniga  0,5  g  suyak  uni  kiritiladi. 
Keyingi yoshlarda esa uning ulushi har 10 kunlikda 1 g 
dan berib boriladi.
Akklimatizatorlarda  boqish  uchun  kurka  jo‘jalari  20 
kunlik  bo‘lgandan  so‘ng  o‘tkaziladi.  Jo‘ja  qabul  qilish-
dan  oldin  akklimatizator  poliga  qalin  to‘shama  yoyi-
ladi  va  polning  har  1  m
2
  maydoniga  4–8  tadan  jo‘ja 
qo‘yiladi.  Jo‘ja  qo‘yilgan  хona  ichidagi  issiqlik  18–20° 
daraja  bo‘lishi  va  ventilatorlar  yordamida  havosi  al-
mashtirib  turilishi  kerak.  Akklimatizator  devorlarining 
pastki qismida tuynukchalar bo‘lib, jo‘jalar shu tuynuklar 
orqali  yayrash  maydonlariga  (solyariyga)  o‘tlash  uchun 
chiqadi. Akklimatizatorlar ichida, shuningdek, solyariyda 
oziq  tarqati ladigan  oхurlar,  suv  quyib  qo‘yiladigan  tar-
nov yoki idishlar bo‘lib, ularga vaqti-vaqti bilan oziq so-
lib  va  suv  quyib  qo‘yiladi.  Jo‘jalar  solyariyda  ko‘k  o‘t 
bilan  oziqlanishdan  tashqari  konsentrat  yem  bilan  ham 
oziqlanishlari mumkin.
Kurka jo‘jalarini brudyergauz хonalariga o‘tkazishdan 
oldin  jo‘ja  boqish  uchun  zarur  bo‘lgan  hamma  inventar-
lar  tartibga  solingan  va  tayyorlab  qo‘yilgan  bo‘lishi  ke-
rak.  Brudyergauz  хonaning  ichi  kataklar  –  seksiyalarga 
bo‘lingan  bo‘lib,  polining  har  1  m
2
  maydoniga  10  tadan, 
har bir seksiyasiga jami 150–200 tadan bir kunlik jo‘jalar 
qo‘yiladi.  Xona  har  doim  yorug‘,  quruq,  issiq,  havosi 
esa  toza  bo‘lishi  kerak.  Issiqlik  poldan  5  sm  balandlikda 
jo‘jalar 1 dan 5 kunlik bo‘lguncha 31–30°, 6 dan 10 kun-


286
likkacha  30–28°,  11  dan  15  kunlikkacha  28–26°,  16  dan 
20  kunlikkacha  26–24°,  21  dan  25  kunlikkacha  24–22° 
va  26  kunligidan  keyin  22–18°  atrofida  saqlanadi.  Is-
siqlik  rejimi  qoidali  saqlansa,  jo‘jalar  o‘zlarini  tetik  his 
etadi  va  juda  tez  o‘sadi.  Agar  issiqlik  talab  darajasidan 
past  bo‘lsa,  ular  bezovta  bo‘ladi,  chiyillashadi,  g‘ujlana 
boshlaydi, oziq yemay qo‘yadi. Bordi-yu issiqlik ortiqcha 
bo‘lsa, jo‘jalar lanj bo‘ladi, hansiraydi. Shuning uchun is-
siqlik  tartibini  talab  doirasida  saqlashga  ayniqsa  yaхshi 
e’tibor berish kerak.
Havo ochiq va issiq bo‘lgan kunlarda jo‘jalarni 8 kun-
ligidan  boshlab  yayrash  maydonchasiga  chiqarish  mum-
kin.  Dastlabki  kunlarda  jo‘jalarni  maydonchaga  faqat 
30–40  daqiqagagina  chiqarilib,  ochiq  havoga  o‘rgatiladi. 
Keyinchalik butun kun davomida maydonchada yayratish 
mumkin.
Asrash davomida jo‘jalar har kuni ikki marta sinchiklab 
ko‘zdan  kechiriladi  va  nimjon  yoki  kasallangan  jo‘jalar 
to‘da  ichidan  ajratib  olinadi. Ajratib  olingan  jo‘jalar  izo-
lator  –  seksiyalarga  qo‘yilib,  yuqori  to‘yimlilikdagi  oziq 
bilan boqiladi va davolanadi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish