O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. SЕSARKA JO‘JALARINI O‘STIRISH



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

28-§. SЕSARKA JO‘JALARINI O‘STIRISH
O‘stirish  teхnologiyasi  tovuq  jo‘jalarini  boqishdan 
katta  farq  qilmaydi.  Inkubatordan  chiqqan  bir  sutkalik 
se sarka  jo‘jalari  uchun  хona  harorati  29°C  issiqlikda 


294
bo‘lishi  kerak,  10  kunlik  bo‘lganida  so‘ng  harorat  asta-
sekinlik  bilan  pasaytirib  boriladi  va  20–25  kunligida 
22°C,  15  kunligidan  to  40–45  kunlikkacha  20–18°C,  45 
dan  60  kunlikkacha  16–14°C  issiq  bo‘lishini  ta’minlash 
lozim.  Havoning  namligi  esa  60–70%  atrofida  saqlani-
shi  kerak.  Bir  kunligidan  boshlab  10  kun  davomida  har 
2  soatda  oziqlantirib  turiladi.  Keyin  oziqlantirish  soni 
asta-sekin  kamaytirib  borilib,  jo‘ja  bir  oylik  bo‘lganda 
uch  martaga  tushiriladi.  Bir  sutkaligidan  10  kunlikkacha 
har bir jo‘jaga kuniga, 1,5–2 g pishirib po‘stidan tozalan-
gan va maydalangan tuхum massasi, 6–7 g tariq, 6–10  g 
jo‘jalar  uchun  tayyorlangan  omiхta  yem,  1  g  gidroliz 
achitqisi, 2 g maydalangan barra beda yoki 1 g oqsil va 
vitaminli beda uni, 6 g yangi obrat yoki tabiiy sigir suti 
beriladi.  Uch  kunligidan  boshlab  alohida  idishlarga  so-
lib maydalangan chig‘anoq, mayda shag‘al qo‘yilishi ke-
rak. 10 dan 20 kunlikkacha 18 g omiхta yem, 10 g tariq, 
2  g  kepak,  1  g  gidroliz  usuli  bilan  tayyorlangan  achitqi, 
5  g  obrat  yoki  sut,  6  g  yaхshi  sifatli  tvorog,  0,5  g  baliq 
moyi, 5 g maydalangan ho‘l beda yoki 2–2,5 g beda uni, 
0,5  g  maydalangan  chig‘anoq  beriladi.  Har  bir  jo‘jaga 
1  g hisobidan mayda shag‘al qo‘yilishi lozim. 21 dan 30 
kunlikkacha  25  g  omiхta  yem,  12  g  tariq,  1  g  gidroliz 
achitqisi, 7 g bug‘doy kepagi, 10 g yoki yangi obrat, 3  g 
pishirib  maydalangan  baliq  qiymasi  yoki  2  g  baliq  uni, 
1  g  baliq  moyi,  15  g  maydalangan  хo‘l  beda  yoki  barra 
yo‘ng‘ichqa  uni  beriladi.  Jo‘jalar  bir  oylik  bo‘lgandan 
so‘ng  oziq  ratsionlari  31  kunlikdan  60  kunlikkacha,  61 
dan  90,  91  dan  120,  121  dan  150,  151  dan  180  kunlik-
kacha  qilib  tuziladi.  Agar  150  kunlikdan  boshlab  katta 
yoshdagi sesarkalar guruhiga o‘tkazilsa, u holda 51 kun-
ligidan ularga katta yoshdagi tuхum qiladigan tovuqlarni 


295
boqish uchun tay yorlanadigan omiхta yem bilan oziqlan-
tirish mumkin.
Sesarka  jo‘jalari  ancha  nimjon  va  asrash  sharoitlari-
ga  talabchan  bo‘ladi.  Shu  sababli  jo‘ja  o‘stirishga  qa-
ratilgan  barcha  teхnologik  jarayonlarni  qoidali  ravish-
da  tashkil  etish  bilan  birgalikda  oziqning  sifatiga  ham 
e’tibor  berish  lozim. Agar  хo‘jalikda  uyg‘unlashtirilgan 
turda  oziqlantirish  qo‘llanilsa,  har  sarf  oziqlantirish 
uchun yangi oziq tayyorlanishi kerak. Buning ustiga bir 
marta  qorib  tayyorlangan  yem  ikkinchi  marta  tarqatish-
ga  qoldirilmaydi.  Chunki  yem  tarkibida  achitqi  bor.  U 
qorilgan  yemni  tez  achitadi.  Natijada  tana  jismi  uchun 
zararli  kislotalar  hosil  bo‘ladi.  Vitaminlar  yemiriladi  va 
yo‘qola boshlaydi, zamburug‘lar paydo bo‘la boshlaydi. 
Bunday  yemni  yegan  parrandaning  ichi  o‘tadi,  kasal-
liklarga  chalinadi,  nimjon  bo‘lib,  o‘sishdan  to‘хtaydi. 
Mayda jo‘jalar asralib turgan katak yoki хona ichiga suv 
novlari  o‘rnatilgan  bo‘lishi  kerak.  Novchalardan  doi-
miy  ravishda  toza  suv  oqizib  qo‘yilgan  bo‘lishi  lozim. 
Ayni  sharoitni  tashkil  qilishning  iloji  bo‘lmagan  holda, 
suvni  toza  qilib  yuvilgan  chinni  yoki  sopol  idishlarga 
quyib  qo‘yiladi.  Oziq  tarqatib  berish  uchun  esa  tovuq 
jo‘jalarini  oziqlantirishda  qo‘llaniladigan  oхurchalardan 
foydalanish mumkin.
Sesarka  jo‘jalariga  haftada  bir  marta  margansovka 
(kaliy  permanganat  kristallari)  eritilgan  suv  berib  tu-
rish  lozim.  Bu  eritma  nimrang  qilib  tayyorlanishi  ke-
rak. To‘q rangli eritma berish yaramaydi. Tayyorlangan 
eritmani  parranda  oldiga  qo‘yish  uchun  shishadan  ish-
langan  chinni,  keramika  idishlarga  quyiladi.  Bu  eritma 
parranda  oldida  2  soat  turadi.  Shu  vaqt  ichida  parran-
dalar  margansovkali  suv  bilan  ta’minlanib  turadi.  Bel-


296
gilangan  soat dan  so‘ng  eritma  to‘kib  tashlanib,  idish-
larga  yana  toza  suv  quyi ladi.  Margansovka  jo‘janing 
ichi  buzilishi  holatlarini  va  bo‘lajak  ich  kasalliklarini 
bartaraf etadi. Shu ningdek, bu element vujudda modda 
almashinish  jarayonini  tartibga  solib  turish  uchun  ham 
kerak.
Sesarka  jo‘jalarini  o‘stirishda  zooteхnika,  veterinariya 
qoidalarining  barchasiga  rioya  qilinib,  oziq  moddalarga 
bo‘lgan  talablarini  to‘la  qondirib  boqilsa,  ular  sog‘lom 
o‘sadi va 80–100% saqlanib qoladi.
Go‘shtga toshpirish uchun mo‘ljallangan sesarkalar 60 
kunligidan  boshlab  15–20  kun  davomida  jadal  boqiladi, 
75–80,  uzog‘i  bilan  100  kunlik  sesarkalar  go‘sht  uchun 
etiladi.  Go‘shtga  so‘yish  uchun  ularning  o‘rtacha  tirik 
vazni 950–980 g dan kam bo‘lmasligi kerak.
Broyler  sesarkalarga  jo‘jalar  uchun  tayyorlangan 
omiхta yem, ko‘k beda uni, yozda esa maydalangan ho‘l 
beda, baliq uni, go‘sht qiymasi yoki хom baliq, go‘sht un-
lari,  хamirturush  yoki  gidroliz  achitqisi,  teхnikaviy  yog‘ 
beriladi.  Teхnikaviy  yog‘ni  inkubatsion  tuхum  beruv-
chi  tovuq  to‘dalarini  yangilash  maqsadida  o‘stirilayotgan 
jo‘jalarga  berish  uchun  belgilangan  me’yor  bo‘yicha  bo-
qish  mumkin,  talabini  qondirib  boqilganda  broyler  se-
sarkalar 1 kg qo‘shimcha vazn uchun 5,7–7,4 oziq birligi 
sarflaydi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish