O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

29-§. OTLARNI BOQISH
Otlarning oziq moddalarga bo‘lgan talabi ulardan foy-
dalanish jarayonlariga bog‘liq. Otlardan yengil, og‘ir ish-
larda, poyga va uloqda foydalanilishi mumkin. Har jihatda 
ham avval unga tirik vaznini saqlash uchun oziq me’yori 
belgilanadi.  So‘ngra  unga  qo‘shimcha  qilib,  ma’lum  хil 
ish  bajarishga,  poygada  chopishiga,  yo‘l  yurishiga,  ma-
tsion  qilishiga,  biyalarga  esa  sut  ishlab  chiqarishiga  alo-
hida oziq me’yori belgilanadi.
Har bir yosh guruhga mansub otlarning tirik vazni 
o‘zgarishiga  qarab,  dastlab  oziq  birligiga  talabi  aniq-
lanadi.  Bunda  oziq  birligi  bug‘doy  belgilanishi  ke- 
rak:
a)  yengil ishlarda foydalanib turilgan otning har 1 kg 
tirik og‘irligi hisobiga:
350 kg og‘irlikdagi otga 
0,019 oziq birligi,
400–450 kg atrofida bo‘lsa 
0,018 oziq birligi,
600 kg og‘irlikda bo‘lganida 
0,017 oziq birligi.


298
Quvvat  beruvchi  oziq  moddalar  mineral  va  mikro-
elementlar,  vitaminlar  berilayotgan  har  bir  oziq  birligi 
hisobiga  me’yorlashtiriladi.  Bunda:  350  kg  og‘irlikdagi 
otga 81 g protein, 4,5–5 g kalsiy va fosfor, 12 mg karotin 
beriladi;  400–550  kg  tirik  massali  otlarga  80  g  protein, 
4,6 g kalsiy va fosfor, 13 mg karotin belgilanadi; 600 kg 
vazndagi otga 80 g protein, 4,7 g kalsiy va fosfor, 12 mg 
karotin  me’yorlashtiriladi.  Har  1  s  tirik  massasi  hisobiga 
5–7 g osh tuzi beriladi;
b)  o‘rtacha og‘irlikdagi ishlarda foydalanilayotgan ot-
larning har 1 kg tirik vazniga:
350–400 kg og‘irlikda bo‘lsa, 
0,027 oziq birligi,
450–500 kg bo‘lganida 
0,026 oziq birligi,
550–600 kg massadagisiga 
0,025 oziq birligi.
So‘ngra  har  1  oziq  birligiga  80  g  protein,  4,7–4,6  g 
kalsiy  va  fosfor,  12,5  mg  karotin  me’yorlashtiriladi.  Osh 
tuzi otning har 100 kg tirik massasi hisobiga 7–9 g hiso-
bidan berilishi kerak;
d)  og‘ir ish bajarayotgan otlarning har 1 kg tirik vaz-
ni hisobiga:
350–400 kg tirik vazndagi otlarga 
0,035 oziq birligi,
450 kg tirik massadagi otlarga 
0,034 oziq birligi,
500 kg tosh bosadiganlarga 
0,033 oziq birligi,
550 kg og‘irlikdagilarga 
0,032 oziq birligi
600 kg tirik vazndagilarga 
0,031 oziq birligi.
Keyin  har  1  oziq  birligi  hisobiga  81–80  g  protein, 
4,5–4,6  g  kalsiy  va  fosfor,  10  g  osh  tuzi,  13  mg  karotin 
belgilanadi;
e)  ishda foydalanilmayotgan ishchi otlarning har 1 kg 
tirik massasi hisobiga:


299
350–400 kg og‘irlikda bo‘lganida 
0,013–0,012 oziq birligi,
450–600 kg bo‘lsa 
0,011 oziq birligi.
Har bir oziq birligi hisobiga 80 g protein, 4,6–5 g kal-
siy va fosfor, 10 g osh tuzi, 15 mg karotin beriladi.
Yuqorida  keltirib  o‘tilgan  me’yorlarga  asoslanib,  ot-
ning tiriklik holatini saqlash uchun beriladigan me’yor an-
iqlanadi. Agar ot juda oriq bo‘lsa, tirik massasini saqlash 
uchun  berilayotgan  me’yorning  ustiga  qo‘shimcha  qilib, 
3–4 oziq birligi va har 1 oziq birligi hisobiga 150 g pro-
tein,  shuningdek,  tegishlicha  mineral  moddalar  hamda 
karotin  belgilanadi:  bo‘g‘oz  biyalarga  bo‘g‘ozligining 
4-oyidan boshlab 1,5–2, emiziklik biyalarga esa 3–4 oziq 
birligi  qo‘shib  beriladi.  Qo‘shimcha  qilib  kiritilgan  har 
bir oziq birligi hisobiga 190 g protein, 7–8 g kalsiy, 5–6  g 
fosfor, 25 mg karotin beriladi.
Ayg‘irlarga  naslchilikda  foydalanib  turilgan  davr-
da  va  minib  yurilganda  har  1  kg  tirik  vazni  hisobiga 
0,020  oziq  birligi  belgilanadi.  Kuniga  beriladigan  har 
1  oziq  birligiga  130  g  hazmlanadigan  protein,  6  g  kal-
siy,  5  g  fosfor,  7  g  osh  tuzi,  35  mg  karotin  beriladi. 
Nasl olishda foydalanilmagan davrda kunlik oziq birligi 
me’yori  1,5–2  oziq  birligiga,  hazmlanadigan  protein 
450–550 g ga, kalsiy 15–20 g ga, fosfor 15–20 g ga va 
karotin  2,5–3  martaga  kamaytiriladi,  osh  tuzi  me’yori 
ayg‘irning har 1 s tirik massasi hisobiga 5–7 g atrofida 
beriladi.
Og‘ir  vaznli  va  yuk  tashuvchi  otlarga  me’yor  bel-
gilashda  otning  har  1  kg  tirik  massasi  hisobiga  0,018 
oziq  birligi  berilishi  lozim.  Bir  sutkada  berilishi  kerak 
bo‘lgan  oziq  birligining  har  biriga  130–140  g  hazm-
lanadigan  protein,  6–6,5  g  kalsiy,  5–5,5  g  fosfor, 


300
35–40  mg karotin belgilanadi. Osh tuzi esa otning har 
100  kg  tirik  massasi  hisobiga  5–7  g  me’yor  bilan  be-
rilishi kerak.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish