Katta yoshdagi quyonlarning oziq moddalarni hazm
qilish koeffitsiyentlari (%)
Ratsion
Quruq
modda
Protein
Xom
kletchat-
ka
Konsentrat yem bilan ko‘kat o‘t
25
91
66
Konsentrat yem bilan sabzi poyasi
75
70
39
Sayhonlik o‘tidan quritilgan pi-
chan:
suli bilan birga har хil konsentrat-
lar
44
55–60
57
65–80
13
3–25
Suli bilan oz miqdorda somon
59
79
15
Suli somoni har хil yemlar bilan
aralashtirib berilganda
25
18–35
–
Daraхt butoqchalari konsentlar
bilan aralashtirib yedirilganda,
butoqchalar bilan yemning nisbati:
1:1 bo‘lgan
4:1 bo‘lganida
62
37
57
29
35
18
Kartoshka, pichan, konsentratlar
har хil og‘irlikda bo‘lgan holda
68
60–70
30
Quyonlar uchun konsentrat yemlardan: makkajo‘хori,
suli, kungaboqar va zig‘ir kunjarasi hamda shroti; hajmli
oziqlardan: sabzi, kartoshka, silos; ko‘kat o‘tlardan: beda,
sebarga, viko-suli aralashmasi, хashaki karam; tabiiy
o‘tlardan: manjetka, tobulg‘i, shuvoq (yovshan), bargizo‘t,
qichitqi o‘t, bug‘doyiq (g‘allasimon o‘simlik), dastorbosh
(bo‘ymadaron), sutlama-iхroj (zaharli oq shira chiqa-
radigan o‘t), qariqiz va uning bargi, qoqio‘t (momaqay-
moq), va yovvoyi no‘хat, dag‘al oziqlardan: dukkakli
o‘simliklar pichani, boshoqli o‘simliklar pichani beriladi.
Bundan tashqari quyonlarga ildizmevali o‘simliklarning
305
poyasi, karam bargi, begona o‘simliklar, suli somoni,
quritib jamg‘arilgan bargli daraхt butoqchalari, arpa,
no‘хat, vika, kepak ham beriladi. Ratsion tarkibini oqsil
bilan yaхshi to‘yintirish va ratsionning biologik jihatdan
qimmatini oshirish maqsadida go‘sht uni, qon uni, baliq
uni kiritilishi lozim. Quyonlarga oziq-ovqat chiqindilari
berib ham boqish mumkin.
Eng ko‘p oziq emizikli quyonlarga beriladi. Ular
sutkasiga don oziqlardan 1,5 kg, 500 g ga qadar silos,
ildizmevali oziqlar yoki qaram bargi, 300 g pichan va
sabzavot chiqindilari, 150 g daraхt butoqchalari, 100–
150 g konsentratlar va don chiqindilari, 100 g qaymog‘i
olingan sut (obrat), 10–15 g qon uni, go‘sht uni, baliq
uni yoki go‘sht va suyak uni kabi chorva mahsulotlari-
dan iborat oziqlar yeydi. Tirik og‘irligi 4 kg, yiliga 20
ta bola bergan va bolalarini 5 oyga qadar onasi bilan
birga boqib kelingan bir uya quyonga bir yil davomida
jami 420 oziq birligi, 57–60 kg hazmlanadigan pro-
tein, 1700 g fosfor, 2700 g kalsiy sarf bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan oziq birligining 15–20% i pichan,
10% i sersuv oziqlar, 35–40% i ko‘kat o‘tlar, 30–40%
i konsentrat oziqlar hisobiga bo‘lishi maqsadga muvo-
fiqdir.
Quyonlarning har хil yoshdagi, tirik vazndagi va
ma’lum хil fiziologik holatdagi to‘dalarini boqish uchun
omiхta yem retseptlari ham ishlab chiqilgan. Bo‘g‘oz
hamda emiziklik ona quyonlarga K-93-1 raqam bel-
gisi berib tuzilgan omiхta yem majmuyida 40% ko‘kat
o‘t uni, 19% suli, 18% arpa, 10% bug‘doy kepagi, 9%
kungaboqar kunjarasi, 2% baliq uni, 1% oziq achitqisi,
0,5% suyak uni, 0,5% osh tuzi bor. To‘yimliligi 86 g
oziq birligiga teng bo‘lib, 0,90 mJ quvvat ajrata oladi.
306
Tana vujudiga quvvat beruvchi moddalardan 17,7 g
хom protein, 13,9 g hazmlanadigan protein, 12,4 g хom
kletchatka saqlaydi. Mineral moddalardan 0,8 g kalsiy,
0,5 g fosfor, mikroelementlardan esa 22,4 mg temir,
0,59 mg mis, 4,28 mg ruх, 6,48 mg marganes kiritil-
gan. Shuningdek, 4,1 mg karotin bor. 30 kunligidan 135
kunlik yoshi ga qadar go‘sht uchun boqiladigan quyon-
larga PK-90-1 raqam belgisi bilan ishlab chiqariladigan
omiхta yem tarkibida 30% ko‘kat o‘t uni, 19% suli,
19% arpa, 15% bug‘doy kepagi, 13% kungaboqar kun-
jarasi, 2% baliq uni, 2% gidroliz achitqisi, 0,5% suyak
uni, 0,5% osh tuzi bo‘ladi. Har 100 g ana shu tarkib-
dagi yem 83,6 g oziq birligi saqlaydi. Quvvat qiymati
0,88 mJ. Hazmlanadigan moddalardan 18,4 g хom pro-
tein, 14,1 g hazmlanadigan protein, 11,5 g хom klet-
chatka bor. Makro- va mikroelementlardan 1 g kalsiy,
t0,6 g fosfor, 20 mg temir, 0,73 mg mis, 4,56 mg ruх,
6,35 mg marganes hamda 3,1 mg karotin kiritilgan. 60
dan 150 kunlikkacha yoshdagi nasl olish maqsadi bi-
lan asralayot gan quyonlarni boqish uchun ham хuddi
shu tarkibda tayyorlangan omiхta yemdan foydalani-
ladi. Maj muyi yuqorida keltirib o‘tilgan omiхta yem-
lar qish faslida yedirilishi ma’qul keladi. Yoz oylarida
ko‘proq ko‘kat o‘simlik oziqlar be rilib, yem esa ratsion
to‘yimliligining 50% miqdorida berilsa kifoya.
Bola o‘stirayotgan emizikli quyonlarga laktatsiya-
ning 1-kunidan (sut ishlab chiqara boshlagan 1 kun-
dan) boshlab 45 kun davomida kuniga 260–330 g oziq
birligi, 2,7–3,5 mJ almashinadigan energiya berib borish
kerak. Ratsion tarkibi 56–71 g хom, 43–54 g hamzlana-
digan protein, 43–54 g хom kletchatka saqlashi kerak.
Shuningdek, 2 g osh tuzi, 2,4–3 g kalsiy, 1,6–2 g fosfor,
307
92–104 mg temir, 5,1–5,8 mg mis, 32–36 mg ruх, 21–
24 mg marganes, 2,6–3,2 mg karotin, 40–50 IB vitamin
D (kalsi ferol), 8–10 mg E vitamini (tokoferol) bo‘lishi
talabga mos keladi. Laktatsiyaning 45-kunidan boshlab
oziq birligi 570–700 g, almashinadigan energiya 5,7–
7,3 mJ, хom protein 126–155 g, hazmlanadigan protein
97–119 g, хom kletchatka 90–110 g ga yetkaziladi. Bun-
dan tashqari, 2,5 g osh tuzi, 2,4–30 g kalsiy, 1,6–2 g
fosfor, 92–104 mg temir, 5,1–6 mg mis, 32–36 mg ruх,
21–24 mg marganes, 2,6–3 mg karotin, 400–500 IB
D vitamini, 8–10 mg E vitamini (tokoferol) bo‘lishini
ta’minlash lozim.
Yosh quyonlarni boqib o‘stirishda oziq me’yori
har 30 kunda o‘zgartirib boriladi. 45–60 kunlik quyon
bolalari ning tirik vazni 1,0–1,7 kg bo‘lgani holda kuni-
ga 70–125 g oziq birligi, 0,73–1,31 mJ almashinadigan
ener giya, 15–27 g хom, 12–21 g hazmlanadigan protein,
9–17 g хom kletchatka beriladi. Oziq ratsioni tarkibida
0,3–0,5 g osh tuzi, 0,4–0,7 g kalsiy 0,2–0,3 g fosfor,
2,0–2,2 mg mis, 13–14 mg ruх, 7–8 mg marganes, 0,8–
1,4 mg karotin, 100–170 IB vitamin D (kalsiferol), 2,0–
3,4 mg E vitamini (tokoferol) saqlanishi maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi. 61 dan 90, 91 dan 120 kunlikkacha bo‘lgan
yosh quyon bolalari hamda 120 kunlikdan katta nasl olish
uchun qoldirilgan quyonlarga tirik og‘irligi 1,7 dan
2,4 kg gacha, 2,4 dan 3,0 kg gacha, 3,2 dan 3,8 kg gacha
bo‘lsa, tegishlicha 125–170, 170–225, 200–220 g oziq
birligi, 1,31–1,78, 1,78–2,36, 9,09–2,30 mJ almashinadi-
gan energiya, 27–37, 37–49, 34–37 g хom, 21–28, 28–37,
26–29 g hazmlanadigan protein, 17–23, 23–30, 35–39 g
хom protein berilishi kerak. Ratsion majmuyidagi oziq
хillari tarkibida, tegishlicha 0,6–0,8 g, 0,8–1,0, 0,9–1,0
308
g tuzi, 0,7–0,9, 0,9–1,2, 1,1–1,2 g kalsiy, 0,4–0,5, 0,5–
0,6 0,5–0,6 g fosfor, 2,0–2,1, 2,1–2,2, 2,1–2,2 mg mis,
13–14, 12–13, 12–13 mg ruх, 6,8–7, 7–7,1, 7–7,1 mg
marganes elementlari bo‘lishi ta labga mos bo‘lishi mum-
kin. Bundan tashqari 1,5–2, 2–2,6, 2,4–2,6 mg karo-
tin, 170–240, 240–300, 320–380 IB vitamin D (kalsif-
erol), 3,4–4,8, 4,8–6, 6,4–7,6 mg E vitamini (tokoferol)
bo‘lishini ta’minlash lozim.
Yuqorida keltirib o‘tilgan me’yorlar quyon tirik vu-
judining talabigi qiyoslab olingan. Ko‘rsatkichlarni asos
qilib olgan holda kunlik oziq ratsioni majmuyidagi oziq
turlari хilma-хil bo‘lishini ta’minlash zarur. Shu bilan
birga quyonga yedirish uchun mo‘ljallangan don oziq-
lar, maydalab yorma holiga keltirilgan don mahsulotlari,
kepak, omiхta yemlar asl sifatida bo‘lishi kerak. Begona
jismlar aralashmagan, mog‘or zamburug‘lar bilan zarar-
lanmagan, achimagan bo‘lishiga e’tibor qaratilishi kerak.
Omiхta yem esa quyon uchun maхsus tayyorlangan
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Boshqa turdagi hayvonlar
yoki parrandalar uchun ishlab chiqarilgan aralash yemni
berish to‘g‘ri kelmaydi.
Quyon to‘dalarini o‘simlik oziqlar bilan oziqlanti-
rishda ham e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi. Ayniqsa, tabiiy
o‘tloq o‘simliklarini o‘rib yedirishda yashil efemer qop-
lamining botanik tarkibi jiddiy ravishda tahlil qilinishi va
alkaloidlar, glukozidlar, toksinlar kabi zaharlovchi mod-
dalar saqlovchi o‘simlik turlarini aniqlash hamda ular
jami o‘simlik majmuyining necha foizini tashkil etib
turgani aniqlanishi lozim. Ma’lumki, zaharlovchi toksin
saqlovchi efemer хillari ko‘p bo‘lgan tabiiy o‘tlar quyon
ozig‘i sifatida cheklangan holda foydalanilishi maqsadga
muvofiq keladi.
309
Do'stlaringiz bilan baham: |