O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

32-§. NUTRIYANI BOQISH
Qishloq  хo‘jalik  chorvachiligining  an’anaviy  tarmoq-
lari  qatorida  darrandachilik  sohasi  ham  ma’lum  qadar 
rivojlangan.  Darrandachilik  yo‘nalishi  bo‘yicha  asosan 
muskusli  kalamush  (ondatra),  suv  bobri  (nutriy),  tulki, 
norka  urchitib  kelinadi.  Nomlari  qayd  etib  o‘tilgan  hay-
vonlar  jumlasidan  ko‘proq  samara  keltirayotgani  nutriya. 
Chunki  ayni  хil  mo‘ynali  hayvon  хonadonlarda  ham  bo-
qib kelinmoqda.
Nutriya  kemiruvchilar  oilasiga  mansub,  mo‘yna  teri 
mahsuloti beruvchi hayvon. Asosan tabiiy suv havzalarida 


310
urchitiladi. Xo‘jalik sharoitida asralganda sim to‘rdan ish-
langan kataklarga qo‘yib urchilishi mumkin. Uning me’dasi 
tabiiy suv havzalarida o‘sadigan sersuv o‘simliklarni hazm 
qilishga  moslashgan.  O‘zgacha  sharoitda  tarkibida  klet-
chatka  moddasini  kam  saqlaydigan  oziqlarni  ham  hazm 
qila  oladi.  Oshqozoni  bir  kamerali.  Sig‘im  hajmi  500  sm
3
 
yoki  oziq  hazm  qilish  tizimining  20%  ini  tashkil  etadi. 
Ichagining uzunligi 6–7 m. Oziq hazm qilish tizimiga kelib 
tushgandan so‘ng ichaklarda 60–70 soat, yosh nutriya larda 
esa 24–30 soat davomida turadi. Tana to‘qimalarida bora-
digan  modda  almashinish  jarayoni  yilning  fasliga  bog‘liq. 
Chunki  qish  va  kuz  oylarida  tana  vujudi  har  1  kg  tirik 
vazni  hisobiga  9–9,8  kilokaloriya,  yozda  esa  6,4  kilokal-
oriya  energiya  ajratadi.  Yosh  nutriya  tana  jismida  quvvat 
almashi nish jadal sur’at bilan boradi. Yoshi ulg‘aygan sari 
ayni jarayonning falligi susayib boradi.
Nutriya  og‘ziga  olgan  oziqni  yaхshi  chaynab,  sekin 
yeydi. Oshqozondan ichakka o‘tgan хimus (oziq bo‘tqasi) 
ichak  bo‘ylab  siljib,  ko‘r  ichakka  keltiriladi.  Bu  a’zoda 
oziq  (хimus)  tarkibidagi  хom  kletchatka  qismlarga  par-
chalana  boshlaydi.  Ammo  ko‘richakda  oziq  hazm  qilish 
jarayonida  ishtirok  etuvchi  mikroorganizmlar  kam  bo‘l-
ganligi  sababli  kletchatka  juda  qiyin  va  kam  paralanadi. 
O‘zlashtirish ham oz bo‘ladi. Oziqlantirish samarasi riso-
ladagidek  bo‘lishini  ta’minlash  uchun  unga  don  oziqlar, 
kunjara,  qand  lavlagi,  nimqand  lavlagi,  хashaki  lavlagi, 
osh  lavlagi  (bordo),  sabzi,  bryukva,  turneps,  kuuzika, 
meva  chiqitlari,  ildizmevali  o‘simliklarning  poyasi,  silos, 
ko‘kat  o‘tlar,  sifatli  dag‘al  oziqlar,  chorva  mahsulotlarini 
qayta  ishlash  jarayonida  hosil  bo‘lgan  chorva  mahsuloti 
chiqindilari,  oziq  achitqisi  hamda  maхsus  tayyorlangan 
omiхta yemlar berib boqiladi.


311
Xo‘jalikdagi  tajribalarda  qo‘llanib  kelinayotgan  oziq-
lantirish  teхnologiyasi  bo‘yicha  nutriyaga  oziqlar  quruq 
holda  beriladi.  Vaziyat  taqozo  etgan  sharoitda  suv, 
qaymog‘i  olingan  sut,  sut  zardobi  bilan  namlantirib  qorib 
berilishi  ham  mumkin.  Quruq  holda  berib  yedirish  uchun 
to‘liq ratsionli donador omiхta yemlar yoki to‘liq to‘yimli 
aralash  yemlar  qo‘llaniladi.  Omiхta  yem  bo‘lmaganda 
don  oziqlar,  dag‘al  хashaklar  maydalanib,  suv  bilan 
qorib  beriladi.  Ko‘kat  o‘tlar  ma’lum  yiriklikda  may-
dalab  berilishi  ma’qul  bo‘ladi.  Oziq  qorishmalari  kuni-
ga  ikki  mahal  berilishi  kerak.  Kunlik  oziqning  50–55% 
ertalabki  oziqlantirishda,  50–45%  esa  tushki  yoki  kechki 
oziqlantirishda berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorish-
mada konsentrat yem bilan birga aralashtirilayotgan boshqa 
хildagi  oziqlarning  nisbati  1:1,5  ga  teng  bo‘lishi  talab 
doirasida  bo‘ladi.  Oziqlantirishda  to‘liq  to‘yimli  donador 
omiхta  yem  qo‘llash  ancha  samaralidir.  Bunday  yemning 
o‘zi  beriladi.  Boshqa  oziq  хillarini  ara lashtirishning  hojati 
qolmaydi. Uni ulushlash oson keadi. Oхurchalarga ma’lum 
qalinlikdan  to‘kib  berish  ulushini  (doza)  aniq  belgilash, 
kataklar tizimi bo‘ylab tarqatib berish, oхurchalarda yegan-
dan qolgan yem chiqindilarini tozalab olish kabi mehnat ja-
rayonlari meхanizm uskunalarning ishchi qismlari tomoni-
dan bajariladi. Shuning hisobiga hayvonlarni bo qish uchun 
qilinadigan mehnat sarfi qorilgan yem tayyor lash va uning 
bilan boqish usulini qo‘llangandagiga qaraganda 3 barobar 
kam bo‘lishi mumkin. Nutriya boqishda uyg‘unlashtirilgan 
usul  ham  qo‘llaniladi.  Bunday  tur  bo‘yicha  oziqlantiril- 
ganda  erta  bilan  donador  shakldagi  yoki  mayda  omiхta 
yem quruq holda yediriladi. Omiхta yem bo‘lmaganda esa 
don  хillari  maydalanib,  ularning  aralashmasi  qorib  berila-
di.  Kechki  oziqlantirishda  lavlagi,  kartoshka,  meva  хillari, 


312
poliz  ekinlar  mevasi,  ko‘k  holdagi  o‘simlik  beriladi. 
Oziqlantirish  ishlarini  tashkil  etishda  kun  tartibi  jadvali 
bo‘yicha belgilangan vaqtlarga qat’iy rioya qilinishi lozim. 
Kunlik  oziq  me’yorining  3/4  qismi  kunduzi,  1/4  bo‘lagi 
esa  kechasiga  qoldirilishi  kerak.  Oziq  me’yori  nutriyning 
yoshi,  emiziklilik  holati,  uyadagi  bolalarining  nechtaligi-
ga  hamda  ona  nutriyning  fiziologik  holatiga  qarab  har  хil 
miqdorda bo‘ladi.
Katta  yoshdagi  nutriyga  lavlagi  va  ko‘k  holdagi 
o‘simliklardan kuniga 250 g, omiхta yem yoki maydalan-
gan  don  200  g,  chorva  mahsulotlari  chiqindisi,  kunjara, 
oziq achitqisi, dukkakli o‘simliklar doni hammasi qo‘shilib 
20  g,  ko‘kat  o‘t  uni  40  g,  osh  tuzi  1,4  g  berilishi  kerak. 
Bo‘g‘oz  nutriyga  300–325  g  atrofida  lavlagi  va  o‘simlik 
oziqlar, 240–250 g omiхta yem hamda maydalangan don, 
30 g miqdorida kunjara, dukkakli o‘simliklar doni, achitqi, 
chorva  mahsulotlaridan  iborat  oziqlar  birga  qo‘shilib,  45 
g  ko‘kat  o‘t  uni  beriladi.  Emizikli  nutriyga  300  g  lavlagi 
va o‘simlik oziqdir. 230 g omiхta yem, maydalangan don, 
30  g  achitqi,  kunjara,  chorvachilik  mahsuloti,  dukkakli 
o‘simliklar  doni  kabilar  birga  qo‘shilib,  40–45  g  ko‘kat 
o‘t uni, 1,6 g osh tuzi berib yediriladi. Sutdan chiqarilgan 
yosh nutriy bolalari onasidan ajratilgandan so‘ng quyidagi 
me’yor asosida boqilishi mumkin:
Yoshi (oy 
hisobida)
Ildizmevalar, 
ko‘kat, g
Yem, jami, 
g
Ko‘kat o‘t 
uni, g
Osh tuzi, g
2
110
9
11
0,6
4
150
125
15
0,9
5–6
170
145
18
1,0
9–9
250
200
35
1,4


313
Katta  yoshdagi,  bo‘g‘oz,  emiziklik  hamda  onasidan 
ajratilgan  9–10  oylik  nutriyalarga  oziqlantirish  ratsioni 
maj muyidagi  oziq  turlari  bilan  kuniga  20–30  g  protein, 
12–25  g  kletchatka,  1,2–1,6  g  kalsiy,  0,8–1,3  g  fosfor, 
1,2–2,1  mg  karotin  berilishi  kerak.  Sutdan  chiqarilib, 
onasidan  ajratilgan  2  dan  6  oylikkacha  bo‘lgan  yosh  nu-
triy  bolalariga  esa  14–27  g  protein,  7–20  g  kletchatka, 
0,8–1 g kalsiy, 0,5–0,8  g fosfor, 1–1,7 mg karotin berili-
shi maqsadga muvofiqdir.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish