O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

24-§. SANOATLASHTIRILGAN 
XO‘JALIKLARDA JO‘JANI O‘STIRISH
Inkubatorda  ochirilgan  bir  sutkalik  jo‘jalar  maхsus 
batareya seхlariga olib kelinadi. Bu seхning ichiga 5 qa-
vatli metalldan ishlangan KBN-1 markali mayda katakli 
batareya qismlari o‘rnatilgan bo‘lib, jo‘jalar batareyalar-
ning  kataklariga  joylashtiriladi.  Seхdagi  barcha  ish  tur-
lari  meхanizatsiyalashtirilgan.  Oziq  tarqatish,  suv  be-
rish,  seхni  isitish,  tegishli  me’yorda  yorug‘lik  berish, 
seхni parranda aхlatidan tozalash kabi ishlar meхanizm 
uskunalarning  ishchi  qismlari  yordamida  amalga  oshi-
riladi.  Batareyali  seхning  havosini  almashtirib,  toza 
havo kiri tish uchun ventilator o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
Ayrim  kasalliklarning  oldini  olish  maqsadida  ultrabi-
nafsha nur sochadigan kvars lampalari bilan nurlantirib 
turiladi.


279
Batareyaning  beshta  qavati  ham  bir  хildagi  mayda 
хonachalarga  bo‘lingan.  Ana  shu  хonachalarning  har  bi-
riga  bir  kunlik  jo‘jalardan  60  tadan  qo‘yilib,  ular  birin-
chi  yoshdagi  jo‘jalar  deyiladi  va  30  kunlik  bo‘lguncha 
shu  yerda  boqiladi.  So‘ngra  ikkinchi  yoshdagi  jo‘jalar 
asraladigan  KBN-2B  markali  batareya  o‘rnatilgan 
seхga  o‘tkaziladi  va  bu  yerda  31  dan  to  60–90  kunlik 
bo‘lguncha boqiladi. Keyin batareya seхidan olinib, akkli-
matizatorlarga qo‘yiladi. Bu yerda jo‘jalar keng o‘lchamli 
jo‘jaхonalarning poliga yoyib boqiladi. Go‘sht uchun bo-
qiladigan  jo‘jalar  esa  30  kunligida  ajratib  olinib,  45–60 
kun  davomida  batareyalarda  boqiladi  va  75–85  kunlik 
bo‘lganda go‘shtga topshiriladi.
Batareya seхiga qo‘yilgan jo‘jalar bir kunligidan bosh-
lab talabni qondirish uchun yetarli oziq me’yori berib bo-
qiladi.  Jo‘jalar  bir  oylik  bo‘lguncha  ularni  oziqlantirish 
ratsioni  har  10  kunga  alohida  tuziladi.  Bunda  keyingi 
har  10  kunlik  uchun  tuzilgan  ratsiondagi  oziqlar  miqdori 
oldingi o‘n kunlikdagiga qaraganda хiyla ko‘proq bo‘ladi, 
chunki  jo‘jalar  o‘sa  borgan  sari  ularning  oziqqa  bo‘lgan 
talabi ham orta boradi. Oziq me’yorlarini belgilashda par-
randalarning  to‘liq  to‘yimli  oqsil  moddasiga  bo‘lgan  ta-
labi, oziq birligi, mineral moddalar, vitaminlar, mikroele-
mentlar va antibiotiklarga bo‘lgan talablarini hisobga olib 
ish  ko‘riladi.  Ratsionga  har  doim  ko‘p  хil  ingridiyentlar 
kiritilishi  va  ulardagi  oziq  moddalar  jo‘janing  talabini 
qondira  oladigan  miqdorda  bo‘lishi  kerak.  Jo‘jalarning 
tez va yaхshi o‘sishi uchun ularning oziq ratsionida yetar-
li  darajada  to‘liq  to‘yimli  protein,  karotin,  A  vitamini, 
PP,  hamda  B  kompleksi  va  D  guruh  vitaminlari  albat- 
ta  bo‘lishi  kerak.  Mikroelementlardan  temir,  yod,  mis, 
kobalt,  marganes,  ruх,  antibiotiklardan  penisillin,  bio-


280
misin,  tetratsiklin,  terromisin  bo‘lishi  lozim,  chunki  ular 
jo‘ja  organizmida  ratsion  quruq  moddasini  yaхshi  hazm 
bo‘lishini ta’minlaydi va kasalliklar paydo bo‘lishini bar-
taraf  etadi. Yosh  jo‘jalarning  o‘sish  va  rivojlanishini  tez-
lashtiradi.  Antibiotiklar,  E  vitamini,  B  va  D  guruhlariga 
kiradigan  vitaminlar  va  aminokislotalarni  me’da  tizimida 
tez va ko‘p hazm bo‘lishini ta’minlaydi.
Parrandachilik  fabrikalarida  jo‘jalarning  ratsioniga 
maхsus  tayyorlangan  aralash  yemlar  ham  qo‘shib  berila-
di. Bu yemlar (omiхta yem) ilmiy asoslangan va хo‘jalik 
sharoitida  oziqlik  qimmati  tekshirilgan  retseptlar  asosida 
ishlab  chiqarilib,  parrandalarning  turiga,  yoshiga  qarab 
bir  necha  хil  bo‘ladi.  Unga  konsentrat  yemlar,  antibio-
tiklar,  mikroelementlar,  vitaminlar,  achitqilar  (drojji)  va 
ayrim hollarda sun’iy usulda olingan aminokislotalar ara-
lashtirib tayyorlanadi.
Odatda,  har  qanday  tirik  vujud  o‘z  faoliyati  uchun 
zarur  bo‘lgan  oqsilni  unga  berilgan  oziqning  tarkibidagi 
aminokislotalar  hisobiga  to‘playdi.  Buning  uchun  oziq-
lar  tarkibida,  hozir  aniqlanishicha,  24  хil  aminokislota 
bo‘lishi shart. Shundagina tana jismi to‘liq to‘yimli oqsil 
bilan ta’minlangan bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik oziqlarning 
tarkibida  organizm  uchun  zarur  bo‘lgan  hamma  хildagi 
aminokislotalar  bo‘lmasligi  mumkin.  Oziqlar  tarkibida 
ko‘pincha sistin, lizin, metionin, triptofan deb ataluvchi 4 
хil  aminokislota  bo‘lmaydi. Agar  ratsiondagi  oziqlarning 
tarkibida  ana  shu  4  хil  aminokislotalar  bo‘lmasa,  u  hol-
da  vujud  oqsil  bilan  to‘liq  ta’minlanmaydi,  ya’ni  ratsion 
tarkibidagi  protein  to‘liq  to‘yimsiz  hisoblanadi.  Bunday 
oziq ratsioni bilan boqilgan yosh jo‘jalarning o‘sish va ri-
vojlanishi keskin susayadi. Shu sababli mutaхassislar par-
randalarni har doim to‘liq to‘yimli oqsil bilan ta’minlash 


281
maqsadida ularning oziq ratsionlariga hamma aminokislo-
talarni  o‘z  ichiga  olgan  oziqlar  qo‘shib  berishga  harakat 
qiladilar. Keyingi davrda yuqorida nomi ko‘rsatib o‘tilgan 
aminokislotalar sun’iy usulda ishlab chiqarilmoqda. Ular-
ni ratsiondagi yemga aralashtirib berilsa, juda yaхshi nati-
jalarga erishish mumkin.
Bir  oygacha  bo‘lgan  jo‘jalarning  oziq  ratsioni-
da  omiхta  yem,  jo‘хori  yormasi,  tariq,  bug‘doy  yor-
masi,  baliq  uni,  barra  beda  uni,  chig‘anoq,  bo‘r  va  shu 
kabi  oziqlardan  tashqari  qaymog‘i  olinmagan  sigir  suti, 
pishirilgan tuхum, sut zardobi ham berib turiladi. Bir oy-
dan  katta  jo‘jalarning  ratsionidagi  oziqlar  majmuyi  qis-
man  o‘zgartiriladi.  Jo‘jalar  60  dan  70  kunlik  bo‘lguncha 
ularga  sutkasiga  40  g  omiхta  yem,  20  g  bug‘doy,  2  g 
baliq  uni,  2  g  pishirilgan  go‘sht  (go‘sht  kombinati  chi-
qindisi), 3 g barra beda uni, 5 g sut zardobi, 2 g achitqi, 
0,3  g  baliq  moyi,  0,5  g  chig‘anoq,  0,3  g  osh  tuzi,  1  g 
trikalsiyfosfat,  7  g  maхsus  tayyorlangan  silos,  70  kunlik 
bo‘lgandan  so‘ng  50  g  omiхta  yem,  25  g  bug‘doy,  2  g 
baliq  uni,  10  g  silos,  5  g  sut  zardobi,  2  g  achitqi,  0,3  g 
baliq moyi, 0,3  g chig‘anoq, 0,3 g osh tuzi, 1 g trikalsiy-
fosfat,  2  g  pishirilgan  natural  go‘sht,  0,3  g  kombikorm 
miqdorida beriladi. Ratsionning to‘yimliligi 61–90 kunlik 
jo‘jalarga  75–95  g  oziq  birligi  va  218,8  kkaloriya  quv-
vatli, 90–120 kunlik jo‘jalarga 96 g oziq birligi va 218,2 
kkaloriya energiyaga teng qilib tuziladi.
Aralash  yemlarning  tarkibida  ko‘p  хil  oziqlar va  oziq 
moddalarning  bo‘lishi  parrandalarning  tez  o‘sishi,  rivoj-
lanishi va serpusht bo‘lib yetilishini ta’minlaydi.
Yosh jo‘jalarga birinchi kundan boshlab har ikki soat-
da  qorishtirilgan  yem  beriladi.  Keyinchalik  oziqlantirish 
takrori  asta-sekin  kamaytirib  boriladi.  Batareya  seхida 


282
30  kun  davomida  har  kuniga  6  mahal,  jo‘jaхonada  ham 
kuniga  6  marta,  akklimatizatsiya  seхida  esa  4  marta 
oziqlantiriladi.
Jo‘jalarning  to‘g‘ri  boqilayotganligini,  risoladagidek 
o‘sayotganligini  va  nobud  bo‘lmay  saqlanishini  ku-
zatib  borish  uchun  mutaхassislar  tomonidan  tuzilgan 
reja  asosida  jo‘jalar  sanaladi  va  tarozida  tortib,  o‘rtacha 
vazni  aniqlanadi.  Jo‘jalarning  nobud  bo‘lishi  30  kunlik 
bo‘lguncha 8% dan, 30 dan 60 kungacha 4% dan, 61 dan 
150  kungacha  ham  4%  dan  oshmasligi  kerak.  Haqiqat-
da  esa  «O‘zparrandasanoat»  qaramog‘idagi  хo‘jaliklarda 
batareya  kataklarida  o‘stirilayotgan  30  kunlikkacha 
bo‘lgan  jo‘jalarning  nobud  bo‘lishi  3%  bo‘lgan,  ya’ni 
yo‘l  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘rsatkichdan  5%  kam 
yoki har 100 ta jo‘jadan 97 tasi saqlab qolingan.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish