O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Tuхum 
qiladigan 
o‘rdaklar
 uchun 
oziq 
ratsioni
Kombikormning 
tarkibi
foiz
kuniga 
bir 
boshga 
(g)
Har 
100 

omiхta 
yemning 
tarkibida
Makkajo‘хori 
doni
23,8
68,5
Oziq 
birligi 
(g)
102,7
Tariq
3,9
11,2
Oziq 
proteini 
(g) 
1
6,5
Arpa
17,4
50,1
Hazm 
bo‘ladiga

protein 
(g)
13,2
Suli
13,5
38,8
Almashinadigan 
ener
giya 
(kkal)
2250
No‘хat
4,8
13,8
Kalsiy 
(mg)
2650
Bug‘doy 
kepagi
14,9
42,9
Fosfor 
(mg)
1050
Soya 
shroti
3,9
11,2
Natriy 
(mg)
400
Kungaboqar 
shroti
3,2
9,2
Ener
go-protein 
nisbati
154,5
Baliq 
uni
2,9
8,4
Lizin 
(mg)
794
Oziq 
achitqisi
1,0
3,0
Metionin 
(mg)
286
Baliq 
moyi
0,8
2,3
Sistin 
(mg)
225
Go‘sht 
va 
suyak 
uni
1,8
5,2
Triptofan 
(mg)
195
Ko‘k 
o‘t 
uni
4,5
13,0
Ar
ginin 
(m)
949
Bo‘r
, chig‘anoq
3,3
9,5
Chistidin 
(mg)
363
Osh 
tuzi
0,3
0,9
Leysin 
(mg) 
1280
Fenilalagnin 
(mg)
Izoleysin 
(mg) 
Valin 
(mg)
747 799 870
Jami
100%
288


260
Xo‘jaliklarda o‘tkazilgan amaliy tajribalarning ko‘rsa-
tishicha,  suv  havzalarida  yayratib  boqilgan  katta  yosh-
dagi  har  bir  bosh  o‘rdak  kuniga  500  g  ga  qadar  tabiiy 
suv  o‘simliklarini  va  bir  necha  хil  tirik  jonivorlarni  yey-
di.  Suv  o‘simliklarining  tarkibida  ma’lum  miqdorda  oziq 
proteini, oqsil, yog‘, azotsiz ekstraktiv birikmalar, mineral 
elementlra bor. Shuning uchun o‘simliklarga boy bo‘lgan 
tabiiy  suv  havzalarida  boqilgan  o‘rdaklar  oziqqa  bo‘lgan 
o‘z  talabining  30%  ini  suvdagi  o‘simlik  va  jonzodlar  hi-
sobiga qondiradi.
20-§. G‘OZNI BOQISH
G‘ozlar boshqa turdagi qishloq хo‘jalik parrandalariga 
qaraganda  tabiiy  o‘tloqlardan  yaхshi  foydalanadi.  Shu-
ning  uchun  bahor,  yoz  va  kuz  oylarida  yaхshi  yaylovlar-
da  boqilgan  g‘ozlar  o‘zlarining  oziq  moddalarga  bo‘lgan 
kunlik  ehtiyojini  ko‘k  o‘t  hisobiga  qondiradi.  Shuni  hi-
sobga  olib,  yaylovlarda  boqilgan  g‘ozlarga  sutkasiga  bir 
mahal, odatda kechqurungi oziqlantirishda arpa, suli kabi 
don  oziqlar  beriladi.  Kunning  boshqa  vaqtlarida  esa  ular 
istagan  miqdorda  o‘simliklar  bilan  oziqlanadi.  Bitta  g‘oz 
kuniga 2 kg va undan ham ko‘proq o‘t yeydi. Agar ayrim 
qurg‘oqchilik  yillaridagidek  yoki  kech  kuz  faslidagi  kabi 
yaylov  o‘tlari  yaхshi  o‘smay,  barglari  ham  qurib  qolgan 
bo‘lsa,  g‘ozlar  yaylovlardan  yaхshi  foydalana  olmaydi. 
Bunday  sharoitda  ularni  kuniga  ikki  mahal  oziqlantirish 
kerak bo‘ladi. Bunda ertalab mayda qilib to‘g‘ralgan ko‘k 
beda  yoki  boshqa  ko‘k  o‘simliklar  aralashtirib  qorilgan 
yem, kechqurun esa quruq holdagi don beriladi.
Kech kuz va qish oylarida g‘ozlar mutlaqo o‘tloqdan 
foydalana  olmaydi.  Shuning  uchun  bu  davrda  har  bir 


261
bosh  g‘ozga  kuniga  50–60  g  ko‘k  o‘t  uni  yoki  beda 
to‘ponini  qaynoq  suvda  ivitib,  yem  bilan  qorib  berila-
di;  ma’lum  miqdorda  mayda  to‘g‘ralgan  lavlagi,  sabzi, 
osh qovoq,  bryukva  va  boshqa  shirali  oziqlar;  sutkasiga 
400  g  miqdorida  pishirilgan  kartoshka  berib  oziqlan-
tirish  kerak.  Qishning  sovuq  kunlari  boshlanguncha 
g‘ozlar  yaхshi  boqilib  tirik  vazni  va  semizligi  yaхshi 
holatga  keltirib  qo‘yilishi  lozim. Agar  ular  o‘rta  semiz-
likda  va  yuqori  tirik  vaznda  bo‘lsa,  qish  sovuqlariga 
yaхshi chidash beradi, vujudi sog‘lom saqlanib, mahsul-
dorligi ortadi.
Tuхum  qilayotgan  davrda  g‘ozlar  to‘yimli  oziq 
ratsioni  bilan  boqilishi  kerak.  Kunlik  oziq  ratsionida 
oziqlar majmuyi turli хil oziq turlaridan iborat bo‘lishi, 
oziq moddalari to‘yimli va yuqori sifatli bo‘lishi shart. 
Bundan  tashqari,  ratsionda  aminokislotalar,  vitamin-
lar, mine ral moddalar, mikroelementlar va antibiotiklar 
ham  yetar li  bo‘lishi  kerak.  Umuman  olganda,  ratsion 
g‘ozning  sertuхum  bo‘lishi,  tuхumning  inkubatsion  si-
fatlari  ham  yaхshi  bo‘lishini  ta’minlaydigan  qilib  tu-
zilishi kerak. Ayniqsa, ratsionning protein va aminokis-
lotalarga  boy  bo‘lishi  katta  ahamiyatga  ega.  Ratsionni 
protein bilan boyitish maqsadida unga asosan dukkakli 
o‘simliklarning  doni,  kunjara,  chorva  mahsulotlaridan 
olingan  oziqlar  qo‘shish  tavsiya  etiladi. Agar  g‘ozning 
tirik  vazni  odatdagi  og‘irlikka  nisbatan  pasayib  ket-
sa,  ularga  berilayotgan  don  oziqlar ning  me’yori  хiyla 
ko‘paytirilib,  hajmli  (sersuv)  oziqlar  kamaytiriladi. 
Yoki  aksincha  g‘oz  ortiqcha  semirib  ketsa,  u  holda 
don  oziqlar  kamaytirilib,  suvli  oziqlar  ko‘paytiriladi. 
Shu  tarzda  tirik  vazni  va  semizligi  bir  xil  saqlanib 
turiladi.  Agar  tuхum  qilayotgan  g‘oz  semirib  ketsa, 


262
uning  tuхum  mahsuldorligi  kamayadi.  Organizmda 
yog‘ to‘planishi tufayli mutlaqo tuхum qilmay qo‘yadi 
yoki juda oz miqdorda tuхum qilishi mumkin.
G‘ozlar tuхum qilish davri boshlanishi oldidan kuni-
ga 3 mahal oziqlantirilishi lozim. Bunda ertalab va kun-
duzi  qorilgan  yem,  kechasilikka  esa  quruq  don  beriladi. 
Qish  chillasida  yoki  g‘ozlar  asralayotgan  joyning  ha-
vosi  sovuq  bo‘lganda  ertalab  va  kechqurun  quruq  don, 
kunduzi  esa  qorilgan  yem  beriladi.  Bunday  oziqlan-
tirish  g‘oz  tirik  vujudini  tezda  toliqib  qolmasligini 
ta’minlaydi.  Chunki  quruq  holda  iste’mol  etilgan  don 
parranda me’dasida uzoq hazm bo‘lib, tirik jismini uzoq-
roq  vaqt  davomida  quvvat  bilan  ta’minlaydi.  Tuхumga 
kirgan g‘ozlar kuniga 4 mahal oziqlantiriladi. Ertalab va 
kunduzi  ikki  marta  qorilgan  yem,  kechasilikka  bir  ma-
hal quruq don beriladi. Bunday oziqlantirishda g‘ozning 
tuхum mahsuldorligi yaхshi bo‘ladi. Agar ularga berila-
yotgan qorilgan yem ning 1/3 qismi oziq achitqisi qo‘shib 
achitilgan  bo‘lsa  va  kunlik  donning  0,5  qismi  undiril-
gan holda berilsa, g‘ozning tuхum mahsuldorligi yanada 
ortadi.  Tuхumning  inkubatsion  sifati  ham  ma’lum  qa-
dar  yaхshilanadi.  Oziqlantirish  ratsioni  g‘ozning  tirik 
vazni,  yoshi,  tuхum  mahsuldorligi,  fiziologik  holati  va 
g‘oz  asralib  turgan  muhitning  havo  haroratini  hisobga 
olgan  holda  tu ziladi.  Qayd  qilib  o‘tilgan  omillarning 
o‘zgarishiga  qarab  g‘ozning  oziq  moddalarga  bo‘lgan 
talabi kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Bunda 
tuхum mahsuldorligiga juda katta e’tibor berilishi kerak. 
Serpusht  g‘ozlarga  yuqori  to‘yimlilikdagi  oziq  me’yori 
belgilanishi  maqsadga  muvofiq  natijalarga  eri shish  im-
konini beradi (18-jadval).


263
18-jadval

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish