Tirik vazni 5–6 kg bo‘lgan kurkalarning kunlik oziq ratsioni
(bir boshga, g)
Oziqlar
Tuхum mahsuldorligi, %
yanvar
20%
may
60%
avgust
30%
oktyabr – pat
to‘kish – tullash
davri
Makkajo‘хori doni
80
30
80
30
Arpa
40
80
80
80
Suli
30
45
–
–
Bug‘doy kepagi
50
50
50
50
Zig‘ir yoki kungaboqar
kunjarasi
10
10
10
10
Baliq uni
10
10
5
–
Go‘sht va suyak uni
–
5
5
3
O‘t uni
10
–
–
–
Sabzi
50
–
–
–
Bryukva, oshqovoq,
lavlagi
100
–
–
–
Baliq moyi
3
–
–
–
Achitqi-хamirturush
5
5
–
–
Chig‘anoq
5
9
7
5
Osh tuzi
–
1,2
1,4
1,3
Suyak uni
0,5
1
1
1
Ko‘k o‘tlar
40
250
250
250
Ratsion tarkibida:
oziq birligi (g)
oziq proteini (g)
kalsiy (mg)
fosfor (mg)
natriy (mg)
263
29
1800
1750
1123
317
39
5584
2172
1407
270
30
4265
1781
1182
240
25
3112
1603
1026
257
19-§. O‘RDAKNI BOQISH
Keyingi davrda o‘rdak boqishga jiddiy e’tibor be-
rilishi natijasida o‘rdak tuхumi va go‘shtini ishlab chiqa-
rish ancha ortdi. O‘rdak 200 taga yetkazib tuхum olish-
ga erishildi. Shu bilan birga o‘rdak tuхumi butun yil
davomida inkubatsiya qilinib, ilgarigidek bahor, yoz va
kuz fasllaridagina emas, balki qish davrida ham o‘rdak
bolalari ochirilib, boqib o‘stirilmoqda. Buning nati-
jasida o‘rdakning biologik хususiyatlaridan to‘liq foy-
dalanib, har bir bosh tuхum qiladigan o‘rdak hisobiga
yiliga 2–2,5 sentner o‘rdak go‘shti olinayotir. O‘rdakni
oziqlantirish uchun faqat qorilgan yem tayyorlanar edi.
Hozir esa quruq oziq bilan ham boqiladi. Xususan to‘liq
ratsionli va omiхta yemlar quruq holda berilayotir. Ay-
rim хo‘jaliklarda o‘rdaklar faqat quruq holda oziqlar
bilan boqishga o‘tkazildi. Bunday oziqlantirish o‘rdak
bo qishda meхanizatsiyadan keng foydalanish imkonini
bermoqda.
O‘rdak boqishda yilning fasl o‘zgarishiga, o‘rdakning
mahsuldorligi va tirik vazniga e’tibor berish kerak. Agar
butun yil davomida o‘rdak bolalarini ochirish va go‘sht
uchun boqib o‘stirish ko‘zda tutilsa, u holda tuхum qiladi-
gan katta yoshdagi o‘rdaklar to‘yimliligi yuqori bo‘lgan
oziq ratsioni bilan boqilishi va ularni sertuхum bo‘lishini
(17-jadval), shu bilan birga butun yil davomida tuхum
qo‘yishdan to‘хtamasligini ta’minlash kerak. Chunki uz-
luksiz ravishda o‘rdak go‘shti yetishtirib turish uchun
qishin-yozin o‘rdak jo‘jalari ochirish va ma’lum bir davr
ichida o‘rdak bolalaridan yangi-yangi to‘dalarini boquvga
qo‘yib turish kerak bo‘ladi.
258
Qish oylarida ularning oziq ratsioni bir necha хil
konsentrat yemlardan, shirali oziqlar, ko‘k o‘t uni,
pishirilgan kartoshka va shu kabi ko‘p хil oziqlardan
iborat bo‘lishi lozim. O‘rdaklarga ertalab va kunduzi
qorilgan yem berib, kechasilikka esa quruq holdagi arpa
yoki suli doni berish tavsiya etiladi. Yemning tarki-
bida o‘rdakning risoladagidek hayot faoliyati uchun
zarur bo‘lgan vitamin, antibiotik va mikroelementlar
ham mav jud bo‘lishi kerak. O‘rdakning bu moddalarga
bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qorish uchun
yoki quruq holda yedirish uchun tayyorlangan har ton-
na yemga 15 mln IB A vitamini, 20 mln IB D
2
vita-
mini, 4 g B
2
, 12 g B
12
, 4 g Е, 15 g PP vitaminlar, shu-
ningdek, 10 g terramisin, 320 g metionin aralashtirilishi
lozim. Bundan tashqari, 10 g ruх, 100 g marganes, 100
g temir, 10 g mis, 10 g kobalt, 5 g yod mikroelement-
lari aralashtiriladi.
Bahor va yoz fasllarida o‘rdaklar ochiq joyda yoki suv
havzasida yayratib asralganda ularning organizmi quyosh
nuridan yaхshi bahramand bo‘ladi. Bu holat o‘rdak orga-
nizmida D vitamini sintez bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada
unga ratsiondagi oziq bilan beriladigan D
3
vitamini pre-
paratiga ehtiyoji keskin kamayadi. Shu sababli bu davrda
ratsionga qo‘shiladigan D
3
vitaminning ulushini 4 baravar
kamaytirib berish mumkin.
O‘rdaklar boshqa parrrandalarga nisbatan sovuqqa
chidamli bo‘ladi. Ularning bu хususiyati yilning hamma
fasllarida ham suv havzalariga tushib yayrashiga, suvda
o‘sadigan o‘simliklardan va suvda hayot kechiradigan
juda ko‘p хil jonzodlardan tabiiy oziq sifatida foydala-
nishiga imkon beradi.
259
17-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |