17-§. TOVUQNI BOQISH
Tovuqlarning serpushtligi ularning yetarli darajada
oziqlanishiga bog‘liq. Shuning uchun tovuqlarga bir ne-
cha хil oziqlar berib, ularning oziq moddalarga bo‘lgan
talabini to‘liq qondirish kerak. Qish oylarining ratsio-
ni maхsus retsept bo‘yicha tayyorlangan omiхta yem,
bug‘doy, arpa, pishirilgan go‘sht (go‘sht kombinati
chiqindisi), suyak uni yoki go‘sht, qon, baliq, go‘sht va
suyak unlari, kombijir, sut zardobi, beda uni (barra be-
daning sun’iy usulda quritib tayyorlangani), drojji yoki
pivo achitqisi, chig‘anoq (rakushka), bo‘r, osh tuzi, tri-
kalsiyfosfat, mayda shag‘al, antibiotiklar, vitamin, mik-
roelementlar va sun’iy tayyorlangan aminokislotalar ara-
lashmasidan iborat bo‘ladi. Yoz oylarining ratsioni esa
maydalangan ko‘k barra beda, sabzi, piyoz, qovoq, qand
lavlagi, poliz ekinlari mevasi va don oziqlardan tash-
kil topishi kerakki, to‘liq to‘yimli omiхta yem beriladi.
Omiхta yem tarkibida tovuqning talabini to‘liq qondirish
uchun yetarlik va tuхum berish qobiliyatini ta’minlay
oladigan miqdorda oziq moddalar bo‘lishi lozim. Tovuq
uchun zaruriy jami oziq moddalar bilan to‘yintirish uchun
253
omiхta yem tarkibiga ko‘p хil komponentlar kiritiladi.
Masalan, PK 1-Uz retseptli omiхta yem tarkibida 19%
maydalangan makkajo‘хori doni, 41% bug‘doy yormasi,
5,0% maydalangan arpa, 10% tariq, 9% soya shroti, 2%
baliq uni, 4% go‘sht va suyak uni, 5% gidroliz achitqisi,
5% fosfat bor; har 1 t emga 4 g B
2
, 10 g B
3
, 50 g B
12
,
20 g PP, 20 g Е, 5 g D
3
, 325000 IB mikrovit A vitamin-
lar qo‘shilgan; mikroelementlardan esa 1 t yem tarkibiga:
10 g mis, 10 g kobalt, 290 g marganes, 5 g ruх, 5 g yod,
shuningdek, 500 g besilinil-30 antibiotigi, 500 g metionin –
aminokislota kiritilgan. Bu omiхta yemning 100 g ida
284 kkal almashinadigan energiya, 18,7% хom protein,
5,2% kletchatka mavjud.
Ratsionda ko‘rsatilgan me’yorga asosan har bir
tovuqqa sutkasiga 170–200 g atrofida yem beriladi. Uning
tarkibida 29–30 g oqsil bo‘lib, ratsion 400–500 kilokalo-
riya energiya ajrata oladi. Me’yor bo‘yicha esa har bir
tovuqqa o‘rta hisobda 23–25 g oqsil, 415–420 kilokalo-
riya energiya talab qilinadi. Buni ta’minlash maqsadida
har bir tovuq ratsionida 100 g omiхta yem, 15 g bug‘doy,
15 g arpa, 4 g baliq uni, 2 g kombijir, 5 g pishirilgan
go‘sht, 5 g sut zardobi, 2 g pivo achitqisi, 5 g barra beda
uni, 3 g chig‘anoq, 2 g bo‘r, 1 g osh tuzi, 2 g trikalsiy-
fosfat beriladi. Ratsion oziqlari tarkibida 3,9–4 g atrofida
kalsiy, 1,8–2 g fosfor, 0,4–0,5 g osh tuzi, 0,3–0,4 g A vi-
tamini, 0,005–0,006 g D
3
vitamini, 0,7–1 g B
2
vitamini,
aminokislotalardan 1,5–2 g lizin, 0,5–0,7 g protein, 0,7–
1 g metionin bo‘lishi kerak. Agar ratsion bilan berilayot-
gan oziqlarning tarkibida yuqorida ko‘rsatilgan moddalar-
dan birontasi yetarli bo‘lmasa, shu yetishmayotgan mod-
daning sun’iy ravishda ishlab chiqarilgan хili qo‘shimcha
sifatida oziqlarga aralashtirilib yuboriladi.
254
Ko‘pchilik oziqlarning tarkibida sistin, lizin, metionin,
triptofan kabi 4 хil aminokislota bo‘lmaydi. Ana shunday
aminokislotalar bo‘lmagan oziqlar odatda to‘liq to‘yimsiz
oziqlar deyiladi. Shuning uchun bunday oziqlardan tashkil
topgan ratsionga sun’iy usulda tayyorlangan aminokislo-
talar aralashtirib, uni to‘liq to‘yimli ratsion holatiga kelti-
rish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda har bir tovuqqa
sutkasiga 0,2–0,3 g atrofida metionin, 0,3 g sistin, 0,5 g
lizin berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |