O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

18-§. KURKANI BOQISH
Kurkalarni  ham  хuddi  tovuqlar  singari  quruq  ham-
da  qorishtirilgan  oziqlar  berib  boqiladi.  Ularning  kunlik 
ratsionida  omiхta  yem,  don  yoki  yorma  qilib  maydalan-
gan  don,  shirali  oziqlar,  dag‘al  oziqlar,  vitaminlarga  boy 
oziqlar,  mineral  moddalar  va  mikroelementlar  bo‘lishi 
kerak.  Ertalab  va  kunduzi  qorilgan  oziq,  kechasilikka 
esa kech ki oziqlantirishda sutkalik me’yoridan 30% miq-
dorida  quruq  don  (arpa  yoki  suli)  berib  oziqlantiriladi. 
Bahor,  yoz  va  kuz  fasllarida  qorilgan  yemning  tarkibiga 
kunlik  ratsion  quruq  qismining  40–59%  miqdorida  ko‘k 
beda, yo‘ng‘ichqa yoki barra o‘tlar, qishda esa suvlik-shi-
rali  oziqlarni  maydalab  aralashtirish  lozim. Ana  shunday 
oziqlarni kurkalar yaхshi ishtaha bilan yeydi.
Kurkalar  yaylov  o‘tloqlaridan  ham  yaхshi  foydala-
nadi.  Shuning  uchun  bahor  va  yoz  oylarida  kurkalarni 
ko‘k  o‘tli  yaylovlarda  yoki  o‘rib  olingan  g‘alla  ekinlari 
o‘rnida yayratib boqish mumkin. Bunday boqish samarali 
natijalar  beradi.  Eng  muhimi,  bunda  ko‘p  oziq  tejaladi, 
chunki kurkalar o‘tloqlarda boqilganda yaylov oziqlari hi-
sobiga kunlik talabining 25% ni qondiradi.


255
Issiq iqlimli hududlarda yoz fasli issiq bo‘lganligi sa-
babli  kurkalar  havoning  issiqligidan  lohas  bo‘ladi.  Nati-
jada  ularning  ishtahasi  bo‘g‘ilib,  oziq  yemay  qo‘yadi. 
Bunday  holda  ularning  ishtahasini  ochish  uchun  har  bir 
kurkaga  kuniga  30–80  g  miqdorida  piyoz,  oz  miqdorda 
maydalangan  qizil  garmdori,  ukrop  va  shirali  oziqlar 
berib turish kerak.
Kurka  tuхumlarining  jo‘ja  ochib  chiqish  samarasini 
oshirish  maqsadida  kunlik  ratsionida  A,  D
3
,  B
12
,  B
2
  va 
boshqa  vitaminlar  bo‘lishini  ta’minlash  lozim.  Agar  ay-
rim vitaminlar ratsiondagi oziqlar tarkibida bo‘lmasa, vi-
tamin preparati qo‘shib berilishi mumkin.
Nasl olish maqsadida asralayotgan kurkalarga pishiril-
gan  tuхum,  sut  kombinati  chiqindilari,  undirilgan  don 
beriladi. Ularning oziq oхurlarida har doim quruq holdagi 
omiхta  yem  to‘kib  qo‘yilgan  bo‘lishi  va  kurkalar  istagan 
paytda  yeya  oladigan  bo‘lishi  kerak.  Kunlik  ratsion  kur-
kaning  talabiga  yarasha  to‘yimlilikka  ega  bo‘lishi  lozim. 
Odatda,  nasldor  kurkaning  oziq  ratsioni  o‘rta  hisobda 
360  g  oziq  birligi  va  45  g  oziq  proteini  saqlaydigan 
qilib  tu ziladi.  Ammo  oziqlarning  miqdori,  хillari  va 
to‘yimliligi  kurkaning  tirik  vazni  hamda  mahsuldorligiga 
qarab o‘zgarishi mumkin (16-jadval).
Nasldor  kurkalarning  tuхum  qilayotgan  makiyon-
lari  erkak  kurkalar  bilan  aralash  boqilayotgan  bo‘lsa, 
makiyon lar  to‘yib  oziqlana  olmaydi.  Shuning  uchun  ma-
kiyonlarni kuniga ikki marta (ertalabki va kechki oziqlan-
tirishda) хo‘rozlaridan ajratib, o‘zlarini alohida oziqlanti-
rish  kerak.  Bunda  har  bir  makiyon  kurkaga  kuniga  150–
200  g undirilgan arpa yoki suli, 20–25 g atrofida tvorog, 
100  g  maydalangan  sabzi,  4–5  g  achitqi,  1,5–2  g  baliq 
moyi, 1,5–2 g suyak uni aralashtirib qorib beriladi.


256
16-jadval

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish