orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»
1
, deb aytgan so’zlari
alohida ahamiyat kasb etadi.
«O’zbek» atamasi va uning kelib chiqishi, yoyilishi to’g’risida fikr yuritganda, bu
masalaning yana bir qator muhim jihatlariga e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Negaki, bu
ham o’sha xalqning ma’lum ma’noda o’ziga xos xususiyatlarini, tabiati, mazmuni,
mohiyatini tushunishda asqotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «O’zbek» atamasining
kelib chiqishi, uni xalqimizga nisbat berilishi xususida ham tariximizda turlicha qarashlar
va yondashuvlar mavjuddir. Zero, ularni ko’zdan kechirish, turli nuqtai nazarlarni
taqqoslash va aniqlashtirish orqali ham xalqimiz tarixiga oid ko’p narsalarni
oydinlashtirish, o’z tarixiy xotiramizni yanada boyitib borishimiz mumkin bo’ladi.
Ma’lum bo’lishicha, «O’zbek» iborasi XIII-XIV asrlarda yashab o’tgan o’sha davrning
mashhur tarixchilari Juvayniy va Rashididin asarlarida ham uchraydi. Mashhur
bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi»
asarida ham «O’zbekiya», «O’zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko’zimiz tushadi.
Bunda, bizning nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug’, qabilalar yashagan joy,
hudud nomlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak.
Ba’zi manbalarda esa o’zbek nomi Oltin O’rda xonlaridan biri O’zbekxon (1312-
1340) nomidan olinganligiga ishora qilinadi. Rus olimlaridan A.Yakubovskiy,
1
I.A.Karimov. Asarlar, 7-tom, 143-bet.
1
I.A.Karimov, Asarlar, 7-tom, 144-bet.
72
N.Aristov,I.Ivanovlar ham shunday qarashga moyillik ko’rsatadilar. Venger olimi
Xerman Vamberi esa yanada qiziqroq ma’lumotni ilgari suradi: «O’zbek» so’zining tub
ma’nosi – «o’z-o’ziga bek, xo’jayin, mustaqil». Nima bo’lganda ham «O’zbek» atamasini
dastlab Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy qabilalar qabul qilgan nom bo’lib, bu qavm,
elatlarning yurtimizga o’rnashishi, tubjoy aholi odamlari bilan taqdiran qo’shilishi
jarayonida «O’zbek» atamasi Turkistonda yashagan aholining umumiy nomiga aylanadi.
4. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda milliy totuvlikning ta‘minlanishi
O’zbekiston milliy istiqlolining qo’lga kiritilishi o’zbek xalqining tarixiy taqdirida
tub burilish yasash barobarida, uning tom ma’nodagi emin-erkinligi, ozodligi va
mustaqilligini ta’minlab, ijtimoiy taraqqiyotning keng, istiqbolli yo’llariga olib chiqdi.
Xalqimiz o’zgalarga tobelik va qaramlik asoratidan butunlay xalos bo’lib, o’zligini tanib,
qaddini tiklab jahon hamjamiyati tomon yuz tutdi. Uning tomonidan ko’p asrlar
davomida yaratilgan bebaho ma’naviy qadriyatlar, asori atiqalar, moddiy va ma’naviy
boyliklar barcha-barchasi yurt fuqarolarining umumiy mulkiga aylandi.
Mustaqillik ayni paytda milliy munosabatlarga ham bevosita daxl etib, bu sohadagi
muammolar echimini muvaffaqiyatli hal etish yo’llarini belgilab berdi. O’zbekiston ko’p
millatli mamlakat bo’lganligi bois ham milliy masalani to’g’ri, oqilona hal etish uning
demokratik rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning
ustiga respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligi, fuqarolar totuvligi, bunyodkorlik
va yaratuvchilik ishlarining maromi ko’p jihatdan milatlararo munosabatlarni to’g’ri
tashkil etish, ularni aniq maqsadlar sari yo’naltirishga bog’liqdir. Mustaqil O’zbekiston
hozirgi murakkab o’tish davrining barcha qiyinchiliklarini asta-sekin bartaraf etib, ilgarilab
borar ekan, bunda sobiq sovetlar tuzumidan meros bo’lib qolgan milliy munosabatlar
masalasidagi ko’plab ziddiyatli, muammoli masalalarni hal etish yo’lidan bormoqda.
Ma’lumki, mustabid sovet hokimiyatining milliy siyosati shu darajada bir yoqlama
yo’nalishda olib borilganki, millatlarning o’ziga xoslik, milliylik jihatlari muttasil inkor
etilib kelingan. Xususan, o’zbek xalqining ko’p asrli asl ma’naviy qadriyatlari, islomiy
diniy e’tiqodi, milliy udumlari, an’analari, marosimlarining cheklanib, tahqirlanib
kelinganligi, ko’hna boy tarixi soxtalashtirilib, buzib talqin etilganligi, milliy tilining
doimiy kamsitilganligi va shu singari salbiy holatlar buning yaqqol ifodasidir.
Xususan, 1924 yilda O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi va
buning orqasida yagona Turkiston hududining bo’lib tashlanishi, bu erda asrlar davomida
birga yashab kelgan qon-qardosh xalqlarning bir-biridan ajratilishi hamda ular orasiga
sun’iy to’siqlar tortilishi - bular sovetlar yuritgan shovinistik siyosatning klassik namunasi
edi. Binobarin, 1924 yilda tashkil topgan O’zbekiston respublikasi qariyb 70 yil davomida
hukmron Markazga qo’l-oyog’i bilan bog’lanib, uning izmida yashab keldi.
Ittifoqdosh respublikalar milliy manfatlarining muttasil inkor etilishi, ularning
suveren haq-huquqlarining poymol qilinishi, ularga taalluqli hamma narsaga ittifoq
davlatining hukumronligi oxir-oqibatda bu qizil saltanatni tarixning kutilmagan sinov-
sinoatlariga duchor etdi. SSSR hayotining so’ngi kezlarida uning turli milliy hududlarida,
73
jumladan, Boltiqbo’yi, Gruziya, Ozarbayjon, Qorabog’, Qozog’iston, O’zbekiston singari
joylarda voqe bo’lgan qator yirik mojarolar, qon to’kishlar ko’p jihatdan milliy-etnik
ziddiyatlarning kuchayib borishi negizida yuz berganligi tasodifiy emasdir. O’tgan
asrning 80-yillar oxiri-90 yillari boshida sodir etilgan Farg’ona, O’sh qonli voqealari,
ularning mudhish oqibatlari ham ayni shu noto’g’ri, bir yoqlama yuritilgan siyosat natijasi
bo’lgan edi. Bular pirovardida SSSR qudratini tanazzulga yuz tuttirgan, uni
parchalanishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo’lgan.
Binobarin, O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, millatlar o’rtasida totuvlikni
mustahkamlash, barcha millat va elat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratish yo’lidan
bormoqda. Milliy istiqlol arafasida (1989 yil 21 oktyabrda) O’zbekiston yangi rahbari
tashabbusi bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va shundan e’tiboran uning
iste’mol doirasining kengayishiga keng ufqlar ochilishi respublikamiz hayotida chinakam
favqulodda ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Yurt mustaqilligining qo’lga kiritilishi esa
ona tilimiz mavqei va nufuzini yuksakka ko’tarib, uni jahon xalqlarining erkin milliy
tillari qatoridan munosib o’rin egallashini ta’minladi. Ayni chog’da milliy tariximiz va u
bilan uzviy bog’liq teran ma’naviy sarchashmalarimizning yuzaga chiqishi, tarixiy
haqiqatning qaror topishi, o’zlikning anglanishi o’z navbatida o’zbek xalqining millat
sifatidagi muhim, o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish, uning ertangi porloq
istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq respublikada istiqomat qiluvchi
barcha millat va elat kishilarining milliy tili, madaniyati, adabiyoti, sa’nati, urf-odatlari,
rasm-rusmlari, an’analarini avaylab saqlash, ularni jonlantirish va yanada rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar ochildi. Mazkur elat va xalqlarning hayotiy masalalarini amalda
hal etish va bu ishlarni yuksak darajada tashkillashtirish uchun milliy madaniyat
markazlari tuzilib, faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirda yurtimizda yuzdan ziyod shunday
markazlar mavjud bo’lib, ular bu borada to’laqonli ish yuritmoqdalar.
Milliy madaniyat markazlar va ularga uyushgan madaniyat, adabiyot sa’nat va
ilm-fan namoyandalari, faollar ishtirokida o’sha xalq va elatga xos milliy udumlar,
marosimu bayramlar, qiziqarli mavzularga bag’ishlangan kechalar, uchrashuvlar, turli xil
anjumanlar muntazam, an’anaviy tarzda o’tkazilib borilyapti. Bu esa shu xalq, elat
odamlari hayotining jamiyatda to’la mazmunli kechishigagina samarali ta’sir ko’rsatib
qolmay, ayni zamonda ularning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining oshishiga, ma’naviy-
madaniy hayot ne’matlaridan to’la bahramand bo’lishiga ham muhim omil bo’lib hizmat
qilmoqda. Shuningdek, mavjud milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish,
ularning ibratga loyiq ish tajribalarini to’plash, umumlashtirish maqsadida Toshkentda
Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilgan. Uning faoliyati ham
respublikada yashovchi barcha xalqlar, elatlarning o’zaro do’stlik, qardoshlik aloqalarini
bundan buyon ham jipslashtirib, ularning madaniy va ma’naviy hayotini yaxshilash,
takomillashtirib borish, O’zbekiston diyorining gullab-yashnashi va ravnaqiga munosib
hissa qo’shishga yo’naltirilgan.
Hozirda respublikamizning ko’pgina maktablarida va boshqa ta’lim tizimlarida
o’qishlar rus, qozoq, tojik, qirg’iz, qoraqalpoq va boshqa tillarda tashkil etilgan. Ular
uchun har yili etarli miqdorda o’quv darsliklari, qo’llanmalar nashr etilib, o’quvchilarga
74
etkazib berilmoqda. Shuningdek, rus, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarda vaqtli matbuot
nashrlari chop etilmoqda. Turli tillarda radio, televidenie eshitirishlari va ko’rsatuvlari
muntazam namoyish etib borilmoqda.
O’zbek xalqining o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi, demokratik xuquqiy
davlat asoslarining yaratilishi, xalqimizning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o’zini
to’la-to’kis namoyon etayotganligi, ko’p asrlik boy tarixi tilga kirganligi, milliy tilining
yuksak mavqega ko’tarilgani, betakror ma’naviyati, buyuk ijodkorlik salohiyati e’tirof
topgani – bular uning to’la ma’noda millat sifatida shakllanib, yuksalib borayotganligiga
asosli dalolatdir. Zero, mana shu muhim hollarni ko’zda tutgan holda Yurtboshimiz ham
«millatimiz hozir shakllanyabdi», deb bejiz ta’kidlab o’tmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |