«O‘zbek» atamasi va uning keng yoyilishi
O’zbek xalqi etnik tarkibining evolyutsion o’sish jarayoni XV asr oxiri va XVI
asrda yana muhim o’zgarishlarga duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning
Temuriylar sulolasidan Shayboniylar sulolasiga o’tishi bilan bog’liq holda kechdi.
Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu
hududlarga Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy xalqlar, keyinchalik o’zlariga o’zbek
degan nomni qabul qilgan urug’-qabilalar kirib keldilar. Ba’zi manbalarda 92, boshqa bir
manbalarda 96 ta deb tilga olinuvchi bu ko’p sonli urug’ va qabilalarning kirib kelishi, er-
suv va mulk olib, o’troq hayot kechirishga o’tishi, mamlakatni boshqarish jilovi
markazda va joylarda shu sulola vakillari qo’lida to’planishi o’z navbatida o’lka hayotida
keskin o’zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol ayni paytda etnik jarayonlar
borasida ham aks etmay qolmadi.
Qadim-qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki shu
bilan birga keng sharqiy va shimoliy jug’rofiy hududlarda, jumladan Dashti Qipchoqda
ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoq deb atalgan,
Sirdaryoning quyi havzasi va Orol dengizidan shimol sari cho’zilgan hamda hozirgi Ural
va G’arbiy Sibir orolig’idagi keng dashtli erlarni ishg’ol etgan hududlarda turkiy
qavmlarga mansub urug’ qabilalar olis asrlardan buyon yashab kelganlar. Akademik
B.Ahmedovning yozishicha, «Hozirgi o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boshqa
xalqlarning ajdodlari shu xalqlar hozir yashayotgan erlarda qadim zamonlarda ham
yashaganlar, lekin o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Tarixiy, adabiy
manbalarda Dashti Qipchoqning sharqiy qismida qadim zamonlardan beri turk qabilalari
yashaganligi haqida anchagina ma’lumotlar mavjud. Bu erlarni XIII asr boshida zabt
etgan mo’g’ullar bo’lsa, Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida tez orada singib
ketganlar va hatto o’z milliyligini yo’qotganlar»
1
Bu fikru qarashlardan kelib chiqadigan qat’iy xulosa shuki, XVI asr boshlarida
Vatanimiz sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, tariximiz kechmishini qiyshiq
oynada ko’rmoqchi bo’lgan ba’zi muxoliflarimiz da’vo qilganlaridek, ajnabiy xalqlaru
elatlar bosqini orqasida yuz bermagan. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik
asosida ham kechmagan. Buning aksi o’laroq, bu o’zgarishlar uzun o’q tomirlari bir
bo’lgan, bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda
bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o’zaro qo’shilishi, birikishi davomida yuz
bergan. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’, qabilalari bilan
Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar orqasida
hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo’lmagan, ularni katta masofadagi
bo’sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari,
kasb-korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning
ustiga Dashti Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik,
yilqichilik xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq
Qarang: B.Ahmedov. O’zbek ulusi, T.Meros, 1992, 13-bet.
70
asrlar davomida o’troq hayotga o’rganib, ona zamin hayotida muqim yashab kelgan. Ular
azaldan mirishkor bobodehqonlar, mohir hunarmandlar, ustamon savdogarlar sifatida
nom qozonganlar. Ularning sa’y-harakatlari, mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-
biridan ko’rkam, gavjum shaharlar bunyod topib, dovrug’ topgan.
> Burkut
> Qiyot
> Q
ushc
hi
> Q
o’ng’irot
> Ushun (usun)
> O’tachi
> Nayman
> Jot
> Chimboy
> Qarliq
> Echki
> Qirq
Dashti qipchoqlik ko’p sonli urug’, qabilalar Movarounnahr hududlariga kirib kelar
ekanlar, ular, eng avvalo, mahalliy qardoshlari, elatdoshlari bilan tabiiy suratda
yaqinlashib, ulardek o’troq hayotga moslashib, ularning turmush tarziga xos hamma eng
yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib, singdirib bordilar. Eng muhimi, kirib kelgan urug’,
qabilalar bu zaminda o’zlarining ikkinchi vatanlarini topish barobarida asta-sekin bu
erning tubjoy aholisi tarkibiga singishib bordi. Bu narsa ayniqsa ularning avvalgi
ko’chamanchilik hayotiga xos turmush tarzidan o’zlaridan madaniy va maishiy sohalarda
ancha yuqori darajada bo’lgan mahalliy halqning ilg’or turmush tarziga o’tishida, uning
ko’p asrli boy ma’naviy merosi sarchashmalaridan bahra topib borishida yaqqol namoyon
bo’ldi. Shuning uchun ham ular mahalliy qardoshlari bilan qorishib, ma’nan yuksalishga
yuz tutib, ularning ilg’or hayot tarzini o’zlariga uzil-kesil singdirib bordilar.
Endi «O’zbek» atamasi va uning iste’molga kirib kelishi hamda keng yoyilishi
xususida to’xtaladigan bo’lsak, aytish joizki, bu masala ham ma’lum ma’noda printsipial
ahamiyatga molikdir. Negaki, bu nom zamirida butun bir halqning tarixiy kechmishi,
taqdiri bilan bog’liq holatlar kuzatiladi. Sobiq sovet tarixshunosligida, shuningdek, ayrim
qo’shni davlatlarning mualliflari qarashlarida ham «o’zbek» atamasini o’zbek halqining
kelib chiqishi bilan atayin bog’lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur nozik
masalani chalkashlashtirish yoxud suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta.
Yurtboshimiz o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida mana bu so’zlarni bejiz
ta’kidlab o’tmagan: «O‘zbek nomi qachon paydo bo‘lgan? Sovet tarixshunoslarining
Do'stlaringiz bilan baham: |