Qadimda > Saka -
Ular asosan o’lkaning shimoliy-sharqiy qismida, ya’ni
O‘rta
Xaumavarga Murg’ob vodiysi, Amuning yuqori oqimida, Oloy,
Osiyoda
Farg’ona vodiysida yashaganlar.
yashagan sak > Saka -
(Cho’qqi qalpoq kiyganlar). Ular Amuning quyi oqimi
qabilalari.
Tigraxauda va Sirdaryoning o’rta va quyi oqimidan to Orol
shimoligacha bo’lgan keng cho’lli hududlarda joylashganlar. >
Saka-Tiay Kaspiy shimolida, Ural tog’ oldi mintaqalarida
Tara-daraya yashaganlar.
K.Shoniyozov. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni T.: Sharq, 2001, 9-bet.
65
Bu qabilalar aholisi ham o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy turmush tarziga
ega bo’lib, nisbatan to’laqonli hayot kechirgan, kelgusi nasllar uchun o’zlaridan munosib
meros qoldirish yo’lida sa’y - harakatlarda bo’lgan.
Muqaddas «Avesto» kitobida ham vatanimiz hududida yashagan qavm, elatlar
haqida ko’plab ishonchli ma’lumotlar bor. Jumladan, unda Xorazm, Sug’d, Baqtriya
singari yurtlarning iqtisodiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyotda yuksak darajada
bo’lganligi qayd etiladi.
Firdavsiyning «Shohnoma» asarida va boshqa mo’’tabar manbalarda turkiy
etnoslar O’rta Osiyoda yashovchi azaliy qavm ekanligi ta’kidlanadi. Shu boisdan bu o’lka
qadimdan Turon deb atalib kelindi. Turonzamindagi qo’shni qardosh elatlar o’zaro
hamjihatlikda yashab, chuqur ildiz otib borish barobarida tabiiy zaruriyat taqozasi o’laroq
bir-birlari bilan qo’shilishib, birikishib o’zaro etnik jarayonlarni boshdan kechirganlar. Bu
esa asta-sekin bu hududda turkiy va sug’diyda so’zlashuvchi ikki tilli xalqning shakllanib
borishida o’z ifodasini topgan.
O’rta Osiyo aholisi to’g’risidagi ma’lumotlarni yunon-rim tarixchilari asarlarida
ham uchratamiz. Ular Qora dengizning sharqiy hududlarida yashovchi qabilalarni
umumiy nom bilan «skiflar» deb ataganlar. Gerodot «bu xalqlar qadimiylikda
misrliklardan qolishmaydi», deb qayd etadi. Yozma manbalarda skiflarning ikkita yirik
qabilasi – massagetlar va saklar xususida ko’proq eslatiladi.
Ayniqsa ona yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, uni ajnabiy
kuchlar tajovuzi va bosqinidan himoya qilish zaruriyati turli qardosh va qondosh
urug’, qabilalar, elatlarni bir-birlari bilan yaqinlashtirgan, do’stlashtirgan, bir
yoqadan bosh chiqarib faol harakatlarga chorlagan. Shu tarzda davom etgan
o’zaro yaqinlik, birodarlik, og’a-inilik tuyg’usi bu qavm, elatlarni ma’nan, ruhan
va jismonan bir jonu bir tan bo’lib o’zaro intensiv etnik jarayonlarga kirishib
borishlariga bois bo’lgan.
66
2. Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O‘zbek xalqining shakllanishi
O’zbek elatining alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllanishida ushbu elatning ilk
ajdodlari bo’lgan tub erli etnik birliklar, ya’ni ikki til (turkiy va eron) turkumidagi
qavmlarning aralashuvi alohida o’rin tutadi. Ikki til guruhidagi etnoslarning aralashuv
jarayoni sak-massagetlardan, ular yashagan hududlarga qiyosan aytganda xorazmiylar,
baqtriylar, sug’diyonaliklardan boshlangan. Antropolog olim T.Q.Xo’jaevning tadqiqot
xulosalariga ko’ra, yurtimizda hozirgi o’zbeklarga xos antropologik qiyofa mil. avv. III-II
asrlarda shakllanib bo’lgan. Keyinchalik shimoliy-sharqiy hududlardan O’rta Osiyoga
ko’plab turkiy etnik guruhlarning kirib kelishi va mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni
kuchayib boradi.
Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi
turkiy etnik guruhlarning Sug’diyona, Baqtriya, Farg’ona vohalariga kirib kelishi sodir
bo’ladi. Ular Xitoy manbalarida yuechjilar deb ataladi. Yuechjilar mahalliy hukmdorlar
ustidan g’olib kelib, hokimiyatni egallaydilar va milodiy IV asrgacha davlat hokimiyatini
boshqaradilar. Bir necha asrlik bu tarixiy jarayon davomida yuechjilar deb nomlangan
turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi bilan aralashib, qo’shilib ketadilar.
Milodiy IV-V asrlarda O’rta Osiyo hududiga xioniylar, kidariylar, eftaliylar nomli
turkiy etnik guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag’darilib, hokimiyat avval
kidariylar, keyinroq eftaliylar qo’liga o’tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O’rta Osiyoda
yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar
mahalliy aholi tarkibiga qo’shilib ketadilar.
Milodiy VI asr o’rtalaridan boshlab O’rta Osiyo erlarining Turk xoqonligi
tasarrufiga o’tishi bilan bog’liq holda bu hududda sharqdan turli turkiy urug’,
qabilalarning kelib joylashishi va o’troqlashishi jarayoni yanada kuchayadi. Ayni paytda
bu erlarda o’rnashgan turkiy etnik guruhlar o’zlariga xos ko’plab milliy an’analar,
udumlar va marosimlarni ham olib kelganlar. Bu esa, bir tomondan, bu hududda
aholining aralashish-qo’shilish jarayoniga sezilarli tasir ko’rsatgan, bu erda azaldan
yashab kelgan aholining turkiy qatlami salmog’ining ko’payib borishiga bois bo’lgan.
Ikkinchi tomondan, o’lka hayotida kechgan bu tarzdagi etnik o’zgarishlar, shu hududda
yashagan xalqlarning bir-birlari bilan yaqinlashib, madaniy-ma’naviy aloqalarining
o’zaro boyib, taraqqiy etishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan.
Turk xoqonligi hukm surgan VI-VIII asrlarda yurtimizning sharqiy, hususan
Farg’ona, Shosh xududlariga turkiy etnosga mansub urug’, qabilalarning kirib kelishi
kuchayadi. Ularning ko’pchiligini qarluqlar tashkil etardi. VII asr o’rtalariga kelib
Farg’ona vodiysining sharqiy va markaziy erlarida qarluqlar mustahkam o’rnashib
oladilar. Shuningdek, Toshkent vohasining tog’li va tog’ oldi tumanlari aholisi tarkibining
ancha qismini ham qarluqlar tashkil etgan.
1
Ularning ko’pchiligi o’troq hayot kechirib,
turli xil xo’jalik yuritish tizimini yaratib borganlar. Ular yashagan joylar o’z orastaligi,
obodonligi, gavjumligi bilan ajralib turgan.
Qarang K.Shoniyozov. O’zbek xalqining jarayoni, 145 bet.
67
Ettisuv kengliklarida, Chu vodiysi, Issiqko’l tomonlarda ham qarluqlarning katta
qismi yashagan. Chu vodiysi atroflarida ularning nisbatan rivojlangan shahar va
qishloqlari mavjud bo’lib, ularda iqtisodiy va madaniy hayot darajasi bir muncha yuqori
bo’lgan. Aholining ancha qismi dehqonchilik, hunarmandchik savdo sotiq singari kasblar
bilan shug’ullangan.
200 yil davom etgan Turk hoqonligi davrida Evroosiyo kengligida yashovchi bir
qancha turkiy qabilalarning birlashib borishi natijasida yirik qabila ittifoqlari, katta-kichik
davlatlar vujudga keldi. Xoqonlikning barcha hudud aholisiga tushunarli yozuv va til
shakllanadi. Xoqonlik davrida tashkil topgan o’g’iz, uyg’ur, qipchoq, qirg’iz va boshqa
etnik uyushmalar o’rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning
shakllanishiga asos soladi. Hozirgi kunda Evroosiyoda mavjud bo’lgan turkiy xalqlarning,
jumladan, o’zbek xalqining etnogenezi xoqonlik davridagi turkiy dunyo bilan bevosita
bog’liq va shuning uchun bu elatlar qondosh xalqlar hisoblanadi.
2
X asr o’rtalarida sharqiy Turkiston, Ettisuv kengliklarida yashagan qarluq, chigil,
yag’mo va boshqa turkiy qabilalarning Abdulkarim Sotiq Bug’raxon boshchiligida
Qorahoniylar nomi bilan atalgan markazlashgan yirik turkiy davlatga birlashuvi turkiy
elatlar tarixiy taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
X asrning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraxoniylar davlati hududining Turonzamin
tomon kengayib borishi va buning natijasida Somoniylar sulolasining inqirozga yuz tutib,
butun Movarounnahr bo’ylab Qoraxoniylar hukumronligining o’rnatilishi jarayonida bu
zaminga sharqdan ko’plab turkiy urug’ va qabilalarning kelib joylashishi sodir bo’ldi
> Qarluqlar
> Chigillar
> Yag’molar IX-
Do'stlaringiz bilan baham: |