1
Shu tarzda o’zbek xalqining shakllanishida muhim omil
hisoblangan madaniy, ma’naviy, psixologik umumiylik tarkib topadi.
Eng muhimi, xuddi shu asrlarda o’zbek adabiy tili uzil-kesil shakllandi. O’zbek
tilining shakllanishida qarluq-chigil lahjasi muhim o’rin tutdi. O’zbek tilida
umumbashariy g’oyalar va qarashlarni o’zida ifoda etgan ko’plab yuksak umrboqiy
asarlarning yaratilishi buning yorqin isbotidir. O’zbek tilining yuksak badiiy jarangdorligi,
boyligi va qudrati jihatidan o’sha davrda keng e’tirof topgan arab va fors-tojik
adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko’rsatadi. Xususan, Mahmud Qoshg’ariyning
«Devoni lug’atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning
«Hibatul haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i singari yuksak insonparvarlik
g’oyalari ruhi bilan sug’orilgan baquvvat asarlar bunga misol bo’la oladi. Taniqli
yozuvchi A.Ibrohimov so’zlari bilan aytganda, «Barcha turkiy xalqlar davrasida faqat
bizkim, o’zbeklar birinchi voris o’laroq Ahmad Yassaviy she’riyatini asliyatida - bevosita
o’qiymiz, chunki Ahmad Yassaviy tili o’zbek adabiy tilining xalqchil va yorqin
namunalaridan biridir. Ahmad Yassaviy «Hikmati» barcha o’zbeklar uchun xuddi shu
zamonda yozilgandek tushinarli va yoqimlidir».
1
Shunday qilib, o’lkamizda uzoq yillar davomida yuz bergan etnik jarayonlar
natijasida o’zbeklar IX-X asrlarda etnik birlik - xalq bo’lib shakllanadilar. Uning asosini
o’lkada muqim yashab kelgan tub erli aholi tashkil etadi. Kirib kelgan turkiy tilli etnik
guruhlar ham o’zbek xalqining shakllanishida qatnashgan asosiy komponentlar
hisoblanadi. Lekin ularning soni mahalliy aholidan kam bo’lgan, ular turg’un aholi bilan
aralashib, qorishib ketganlar.
Keyingi davrlarda ham shakllangan o’zbek xalqi tarkibiga boshqa etnik
guruhlarning kirib kelishi va qorishuvi davom etdi.
XIII asrda Mavorounnahr va Hurosonda mo’g’ullar bosqini va hukronligi
davomida etnik aralashuv jarayoni davom etdi. Mo’g’ullar bilan birgalikda ularga tobe
qo’shni yurtlardan bir qator turkiy qavmlar-jaloirlar, barloslar, kavchinlar, arlotlar kabi
turkiy urug’, qabilalar bu erga kelib vatan topdilar. Jumladan, barloslar Qashqadaryo
vohasiga joylashgan bo’lsa, jaloirlar esa ko’proq Ohongaron vodiysida qo’nim topdilar.
Kavchinlar bo’lsa asosan Farg’ona vodiysi, Qoshg’ar hududlari bo’ylab joylashdilar.
Arlotlar esa Surhon vohasi janubida va Afg’onistonning shimoliy mintaqasida o’rnashib,
bu hududlarda yashovchi aholi tarkibiga singib ketdilar.
O’rta Osiyoga kelib joylashgan mo’g’ul jamoalari ham asta-sekin troq hayotga
o’tib, o’zlariga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo’lgan erli aholining urf-odatlari,
udumlari, turmush tarzi, musulmon dini e’tiqodlarini qabul etib, ko’p hollarda ular bilan
aralashib bordi. Ayniqsa XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu xududda
mo’g’ullarning islomni rasmiy din sifatida e’tirof etishi va unga e’tiqod qilishi,
shuningdek, ularning o’troq hayotga o’tib borishi, turkiy (o’zbek) tilda to’liq muomala
yuritishi - bular o’zaro qo’shilish jarayonining muhim omili bo’ldi.
Karimov I.A Asarlar 7-tom, 146-bet.
A.Ibrohimov. Biz kim, o’zbeklar.-T:. Sharq, 1999, 25-bet.
69
3. XV asr oxiri – XVI asrda o‘zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o‘zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |