£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


III BOB. O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

III BOB. O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Urug’,  qabila,  elat,  xalq  tushunchalari.  Saklar. 

Massagetlar.  Xorazmiylar.  Baqtriylar.  So’g’diylar.  Parkanaliklar.  Qorluqlar. 

Yag’molar.  Chig’illar.  Barloslar.  Jaloirlar.  Qo’ng’irotlar.  Mang’itlar.  Qiyotlar. 

Minglar. «O’zbek» etnonomi. Milliy madaniyat markazlari.

 

1. Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi

 

Milliy  istiqlolga  erishganimizdan  keyin  o’zbek  xalqining  etnologiyasi,  etnik 



tarixini o’rganish, haqqoniy yoritish tarix fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga 

aylandi.  Negaki,  mustaqillik  sharofati  bilan  xalqimizning  o’z  yurti,  tili,  madaniyati, 

qadriyatlari  tarixini  bilishga,  o’zligini  anglashga  qiziqishi  o’sdi.  Farzandlarimiz  tarix 

ijodkori  bo’lgan  o’z  ajdodlari  kimlar  bo’lganligini,  o’zbek  xalqi  qachon  va  qanday 

shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni xohlaydi.

 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q»  asarida 



ta’kidlanganidek: «har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim 

kimlar bo’lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish, tiklanish, shakllanish 

jarayoni  qanday  kechgan,  degan  savollarni  o’ziga  berishi  tabiydir…  Tarixiy  ildizini 

izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to’g’ri

 

xulosalar chiqaradi».



1

 

Ko’plab  ishonchli  tarixiy  ma’lumotlar,  manbalar,  ashyoi  dalillar  barcha 



xalqlarning  etnik  shakllanishi  uzoq  davrlar  davomida,  murakkab  tarixiy  shart-

sharoitlar  va  omillar  ta’sirida  sodir  bo’lganligini  tasdiqlaydi.  O’zbek  xalqining 

shakllanishi  ham  uzoq  tarixiy  jarayon  mahsuli  bo’lib,  uning  o’q  tomirlari  shu 

yurt  zaminida  azal-azaldan  yashab,  uni  o’ziga  makon  tutib,  chuqur  ildiz  otib, 

muttasil  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  namunalarini  yaratib  kelgan  qadimiy 

urug’, qabila va elatlarga borib qadaladi.

 

Shu  o’rinda  urug’,  qabila,  xalq  tushunchalari  to’g’risida  ham  bir  qadar 



to’xtalib  o’tmoqlik  joiz  bo’ladi.  Negaki,  ular  haqida  aniq  tasavvur  hosil  qilish, 

nazarimizda,  etnik  jarayonlar  o’zgarishining  mazmun-mohiyatini  to’g’ri 

tushunishda g’oyatda muhimdir.

 

Qadimdan  qon-qarindoshlik  rishtalari  bilan  bog’langan,  bir  tomirga  borib 



taqaladigan,  turmush  tarzi,  yashash  sharoiti  bir  xil  bir  necha  oilalar  birikuvidan 

urug’lar hosil bo’lgan. Urug’ jamoasining o’z etakchisi - oqsoqoli bo’lgan. Urug’ 

jamoasi  hamma  narsada,  har  bir  masalayu  sa’y-harakatlarda  oqsoqolning  izmida 

bo’lgan.


 

Qabila  ibtidoiy  bosqichga  xos  etnik  birlik  bo’lib,  qon-qorindoshlik 

munosabatlari,  bir  necha  urug’larning  birikuvi  natijasida  tashkil  topgan. 

Qabilaning o’ziga xos tili, hududi, qabila a’zolarining o’zaro hamkorligi, qabila 

nomi, o’ziga xos an’analari bo’ladi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik

 

I.A.Karimov. Asarlar. T.7. T.: O’zbekiston, 1999, 136-137 betlar. 



64

 



qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo’yicha qabila yig’inlari 

o’tkazilgan.

 

Qabilalar  o’rtasida  etnik,  xo’jalik,  moddiy  va  madaniy  aloqalar  rivojlanishi 



natijasida ular qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning etakchi, nufuzli guruhi 

nomi bilan yangi etnik birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va 

madaniy umumiylik asosida tarkib topadi.

 

Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar yo’li bilan o’rganilib, 



isbotlangan  qanchalab  dalili  ashyolar  bu  hududda  yashagan  ulug’  o’tmishdoshlarimiz 

miloddan  avvalgi  ming  yilliklar  mobaynida  ibtidoiy-jamoa  tuzumining  barcha  asosiy 

bosqichlarini  boshdan  kechirib,  istiqomat  qilib,  o’ziga  xos  hayot  tarzini  yaratib 

kelganligidan dalolat  beradi.  Buni  Xorazm,  Surxon,  Zarafshon  vohallarida,  Farg’ona 

vodiysi hududida olib borilgan qidiruv ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 

dan ortiq tarixiy yodgorliklar tahlili hamda boshqa ko’plab mo’’tabar dalillar ham to’la 

tasdiq etadi. Shularga asoslanadigan bo’lsak, miloddan avvalgi ming yilliklar davomida 

bu zaminning yashashga qulay, tabiiy sharoitlari o’ng’ay bo’lgan joylarida yashagan har 

xil mahalliy urug’, qabilalar dehqonchilik, chorvachilik, yilqichilik, ovchilik, baliqchilik, 

hunarmandchilik  bilan  shug’ullanib  kelganlar.  Masalan,  daryo,  ko’llar  atroflarida 

yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan mashg’ul bo’lgan bo’lsa, 

cho’lli, adrli joylarning odamlari esa ko’proq chorva, yilqi boqish bilan band bo’lganlar. 

Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O’rta Osiyo xududlarida massagetlar, saklar, 

sug’diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar.

 

Taniqli  etnograf  olim  K.Shoniyozovning  ta’qidlashicha,  «O’zbek  xalqi  mazkur 



hududda  yashagan tub  erli  etnoslardan  tomir  olgan;  ikkinchi ildizi esa  qadimgi  turkiy 

xalqlardan boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi - o’zaro sintez o’zbek elatini va 

keyinchalik o’zbek xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo’lib 

ma’lum bir hududda, ma’lum tarixiy davrda shakllanadi. O’zbek xalqi ajdodlari ham elat 

bo’lib,  Movarounnahr  va  Xorazm  hududida  hamda  ularga  tutash  mintaqalarda 

shakllangan».

1

 

Eron manbalarida O’rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushmalarining 



3 xil toifasi tilga olinadi:

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish