£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

O‘RTA ASRLAR DAVRI

 

IV BOB. EFTALIYLAR, TURK XOQONLIGI, ARABLAR 



HUKMRONLIGI DAVRIDA O‘RTA OSIYO

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Kidariylar.  Eftaliylar.  Erga  egalik  qilish 

munosabatlari.  Dehqon.  Kadivarlar.  Kashovarzlar.  Mazdakchilik.  Turk 

xoqonligi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar.  Madaniy  hayot.  Arab  xalifaligi. 

Arablar  istilosi.  Soliq  siyosati.  Xalq  qo’zg’olonlari.  Muqanna.  Islomning 

yoyilishi.

 

1. Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftaliylar davrida ijtimoiy-

iqtisodiy va madaniy hayot

 

Kidariylar.  V  asrning  20-yillarida  O’rta  osiyoga  Sharqdan  Sirdaryo  va  orol 

bo’ylari  orqali  yana  bir  ko’chmanchi  aholi  –  kidariylar  (  yuechji  yoki 

toxarlarning  avlodi)  kirib  keladi.  Kidar  ismli  hukmdor  yo’lboshchilik  qilgani 

uchun  ular  kidariylar  nomi  bilan  tilga  olinadi.  Kidariylar  Sug’diyonani, 

Amudaryo bo’ylaridagi erlarni egallab, o’z hukmronligini o’rnatadilar. Kidariylar 

Balx  shahrini  o’z  davlatining  poytaxtiga  aylantiradilar.  Biroq  kidariylar 

hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyatlar 

kuchayib, ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’lib bo’ladi. 456 

yilda  bo’lgan  navbatdagi  jangda  kidariylar  sosoniylardan  qaqshatg’ich  zarbaga 

uchradilar.  Ayni  payda  shimoldan  janubga  siljib  kelayotgan  eftaliylar  bosimiga 

uchrab,  shimoliy  Hindiston  tomon  chekinishga  majbur  bo’ldilar.  Kidariylar  u 

erda 75 yilcha hukmronlik qiladilar.

 

Eftaliylar.  Ularning  etnik  tarkibi,  davlat  tashkil  etishlari  xususida  tarixiy 

manbalarda  turli  xil  qarashlar  mavjud.  Rim  va  Vizantiya  tarixchilari  Martselin 

(IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari 

Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI 

asr)  bergan  ma’lumotlar  shular  jumlasidandir.  Masalan,  eftaliylar  Xitoy 

manbalarida  «i-da»,  «ye-da»,  armanlarda  «idal»,  «tetal»,  xeptal,  arablarda 

«haytal»,  Suriya  va  lotin  manbalarida  «eptalit»,  «eftalat»,  «abdal»  deb 

nomlanadi.  Bunday  turlicha  atamalar  har  bir  til  va  yozuvning  o’ziga  xos 

xususiyatlari  ifodasidir,  albatta.  Rus  va  Vizantiya  tarixchilarining  aksariyati 

eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan deb 

fikr  bildiradilar.  F.Vizantiyskiy  eftallar  nomini  V  asrning  ikkinchi  yarmida 

podshohlik  qilgan  Vaxshunvor  Eftalon  nomi  bilan  bog’laydi.  Biroq  nima 

bo’lganda  ham  shu  narsa  haqiqatki,  eftaliylar  Turkiston  mintaqasida  ko’pdan 

buyon yashab kelgan tub joy, erli qavmlardandir.

 

Eftaliylar  hukmdori  Vaxshunvor  Eftalon  457  yilda  Chag’oniyon  (hozirgi 



Surxon  erlari),  Toxariston  va  Badaxshonni  o’ziga  bo’ysundiradi.  So’ngra 

eftaliylar Sug’dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko’p o’tmay o’z hududiy

 

76

 




erlarini  kengaytirishda  davom  etib,  Qobul  va  Panjob  vodiysini,  shuningdek, 

Kuchu,  Qoshg’ar  va  Xo’tonni  (Sharqiy  Turkiston)  zabt  etadilar.  Xullas,  ular 

avvalda  Kushonlar  saltanati  egallagan  hududlarni  birin-ketin  qo’lga  kiritib,  o’z 

siyosiy  hokimiyatini  ko’chaytirishga  erishadilar.  Ular  tuzgan  qudratli  davlat 

O’rta  Osiyodan  tashqari  Sharqiy  Turkiston,  Shimoliy  Hindiston,  Sharqiy  Eron 

hududlariga ham yoyilgan edi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish