£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

«Hujum» harakati    XX asrning 20-yillarida o’z mohiyati bilan o’zbek xotin-qizlarini

 

tutqinlikdan ozod qilishga qaratilgan harakat boshlanadi.



 

Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qonun-

qoidalari va an’analari asosida kechgan va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan.

 

248



 


Jumladan,  ular  aksariyat  hollarda  uy-ro’zg’or  ishlari  va  farzand  tarbiyasi  bilan 

shug’ullanishgan.  Sovet  hukumati  esa  bunday  turmush  tarziga  diniy  xurofot  sifatida 

qaradi.  Shu  bilan  birlikda  ayollarning  erkaklar  bilan  teng  huquqliligi,  ularning  tor  oila 

muhitidan ozod bo’lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g’oyasi ilgari surildi.

 

Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o’zgarib 



boradi.  Turmush  tarzi  yangilanadi,  u  zamonga  moslashadi.  Shu  ma’noda  o’zbek 

ayollarini  paranjidan  ozod  qilish  yangi  tuzum  oldidagi  muhim  vazifalardan  ekanligi 

tabiiydir.  Biroq  bu  masalani  eng  avvalo  jamiyat  fuqarolari  orasida  keng  ko’lamli 

tushuntirish,  ma’rifiy  yo’llar  orqali  hal  qilish  mumkin  edi.  Jadidlar  rahbarlari 

M.Behbudiy, F.Xo’jaev, A.Fitrat, A.Cho’lpon, A.Avloniylar ham bu masalani hal etishni 

o’z oldilariga muhim vazifa qilib qo’ygan edilar. Shu maqsadda tashkil etilgan respublika, 

viloyat,  tuman,  shahar  sovet  tashkilotlari  qoshidagi  xotin-qizlar  bo’limlarida  dastlab 

umuman to’g’ri ish olib borilgandi.

 

Buning  natijasida  xotin-qizlar  ijtimoiy  foydali  mehnatga,  jamoatchilik  ishlariga 



faol tortila boshlagandi. Uni o’zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi. Chunki 

ochiq yurish, yorug’ olamni ko’rish, ilm olish, erkaklar bilan teng huquqli bo’lish ularning 

ham asriy orzusi edi.

 

Biroq VKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining 1926  yil sentyabrdagi maxsus qarori 



asosida  bu  harakatni  sun’iy  ravishda  tezlashtirishga  kirishildi.  Oqibatda  bu  majburiy 

harakat  «Hujum»  nomini  oldi.  Biroq  bu  harakat  afsuski,  shoshma-shosharlik, 

ma’muriyatchilik  yo’li  bilan  mahalliy  shart-sharoitlarni,  xalq  udumlari,  urf-odatlarini 

e’tiborga olmasdan jadallashtirildi. Bunga hattoki erkak kommunistlar ham tayyor emas 

edilar.

 

Xotin-qizlarni  ijtimoiy  hayotga  jalb  qilish  harakati  dastlab  ancha  sezilarli 



yutuqlarga  erishib  bordi.  1927  yil  bahoriga  kelib  100  ming  ayol  paranji  tashladi.  Ming-

minglab  ayollar  korxonalarga,  turli  yumushlarga  tortildilar.  Ular  orasidan  ko’plab 

traktorchilar,  brigadirlar,  kolxoz  raislari,  klub  va  kutubxona  mudirlari  tayyorlandi. 

Jumladan, 1927-1929 yillarda sudlarning xalq maslahatchilari orasida o’zbek ayollari 563 

kishiga  etdi.  1926  yilda  birgina  Toshkent  va  Farg’ona  viloyatlari  «Qo’shchi» 

uyushmalarining  4900  ayol  a’zolari  bor  edi.  1927  yil  davomida  7169  ayol  kasaba 

uyushmalariga a’zo bo’lib kirdi. 5916 ayol matlubot kooperatsiyalariga a’zo bo’ldi. 2343 

xotin-qizlar davlat organlariga saylandi.

 

1927-1928 yillarda «Hujum» harakati yanada keng quloch yozdi. Paranji tashlagan 



ayollar  uchun  32  ta  savodsizlikni  tugatish  maktablari  tashkil  qilindi.  1927  yilda  birgina 

Qo’qon  okrugida  bunday  maktablar  soni  75  taga  etkazildi.  Toshkentning  eski  shahar 

qismida 1409 o’quvchini qamrab olgan 35 ta ayollar maktabi faoliyat ko’rsatdi.

 

Biroq bu borada qo’llanilgan zo’rlash, majburlash  yo’li va usullari o’zining salbiy 



natijalarini  bermasdan  qolmadi.  Joylarda  xotin-qizlarni  o’ldirish  hollari  ruy  berdi. 

Masalan, Oltiariq tumani Poloson qishloqlik dehqon Abduqodir Hojimatov o’z xotinini 

osib o’ldirdi. Andijon viloyatida faol ishchi ayollardan sanalgan Xadicha Eshboboeva 

qora kuchlar tomonidan o’ldirildi. Umuman,  1927-1928  yillarda 2,5 mingdan ortiq faol 

ayollar yovuz kuchlar qurboni bo’ldi.

 

249



 


Ammo  «Hujum»  harakati  qiyinchiliklar,  chekinishlar  bilan  bo’lsada,  hayotga 

tadbiq etib borildi. Buning natijasida o’zbek ayoli ijtimoiy ishlab chiqarishga, hatto eng 

og’ir mehnat talab qiladigan ishlarga ham tortildi.

 

«Hujum»  harakatining  o’sib  borishi  davomida  1937  yilga  kelib  273637  nafar 



o’zbek  xotin-qizlari  savodsizlikni  tugatish  kurslarini  muvaffaqiyatli  bitirdilar.  Ayol 

ishchilar  va  xizmatchilar  soni  1940  yilda  232  ming  kishiga  etdi.  Bu  esa  butun 

respublikadagi  ishchilarning  40,7  foiziga  teng  edi.  Ular  tikuvchilikda  82,3 

qandolatchilikda 65,5, to’qimachilikda 88 foizni tashkil etardi.

 

Shu  bilan  birlikda  bu  mavsumiy  harakat  ko’pgina  salbiy  oqibatlarning  yuz 



berishiga  ham  sabab  bo’ldi.  «Hujum»  harakatida  faol  ishtirok  etib,  butun  ongli  hayoti, 

faoliyatini  sotsializm  ishiga,  uning  soxta  g’oyalari  chinligiga  ishongan  qanchalab  ilg’or 

xotin-qizlar keyinchalik qatag’onlik qurboni bo’ldilar. Bunga o’zbek xotin-qizlari ozodligi 

kurashining  taniqli  namoyandalari  –  Tojixon  Shodieva,  Sobira  Xoldorova,  Xosiyat 

Tillaxonova,  Maryam  Sultonmurodova,  Xayriniso  Majidxonova  singarilarning  fojiali 

hayoti to’la misol bo’la oladi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish