£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


XII BOB. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

XII BOB. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING 

MA‘NAVIY-MADANIY QARAMLIGI VA UNING OQIBATLARI

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Madaniy  siyosat.  Xalq  ta’limi.  Oliy  ta’lim. 

O’rta  maxsus  ta’lim.  Ilm-fan.  “Hujum”  harakati.  Adabiyot  va  san’at. 

Kommunistik mafkura tazyiqi.

 

1. XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistonning ma‘naviy-madaniy va ma‘rifiy

 

hayoti, unga hukmron kommunistik 



mafkura ta‘siri

 

XX asrning 20-30 yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o’ziga xos murakkablik, 



qiyinchilik bilan kechdi.

 

Xalq ta‘limi 20-yillar boshlariga kelib O’zbekiston hududida madaniy qurilishning eng

 

dolzarb  vazifalaridan  sanalgan  sovet  ta’lim  tizimini  shakllantirish  ishlari  boshlab 



yuborildi. Sovetlar O’zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo’l tutar ekan, bundan 

ko’zlagan  asosiy  maqsadlari  o’lkada  xalq  ta’limi  bo’g’inlarini  ravnaq  toptirish,  xalq 

savodxonligiga  erishish,  ilm-ma’rifatdan  bahramand  etish  orqali  yurt  farzandlari  ongi, 

shuuriga kommunistik g’oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo’l bilan o’zlariga 

jo’n xizmat qiladigan avlodni tarbiyalab voyaga etkazish edi.

 

Sovetlar  avval  boshda  O’zbekistondagi  murakkab  vaziyatni,  mahalliy  xalq 



kayfiyati va ruhiyatini, uning o’ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar 

hisobga  olib,  bu  erda  eski  va  jadid  usulidagi  maktablar,  madrasalarning  ham  faoliyat 

yuritishiga monelik ko’rsatmadi. Buning orqasida bu o’quv dargohlari navqiron avlodga 

ta’lim berish, ulug’ bobokalonlar merosi va sharqona odob, axloq ruhida tarbiyalashda o’z 

ulushini qo’shib bordi. Lekin sovetlarning bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular 

o’lka  hayotiga  moslashib  olgach,  20-yillar  o’rtalaridan  e’tiboran  o’zbek  xalqi  ma’naviy 

hayotining  ko’p  zamonlar  uzviy  qismi  bo’lib  kelgan  eski  maktab  va  madrasa  ta’lim-

tarbiya  tizimini  barham  toptirdi.  Uning  ko’p  sonli  ziyolilar  faoliyati  to’xtatib  qo’yildi. 

Ularning taqdir-qismati og’ir sinovlarga duchor etildi. Bu ham sovetlarning tili boshqa-yu, 

dili  boshqa  ekanligidan,  ularning  madaniy  siyosati  zamirida  qanday  makkorona 

maqsadlar yashirinligidan yaqqol dalolatdir.

 

1920  yil  17  sentyabrda  Turkiston  ASSR  hukumati  o’lkada  8  yoshdan  40 



yoshgacha  bo’lgan  kishilarni  o’qitish  va  savodxon  qilish  to’g’risida  dekret  qabul  qildi. 

Bundan  ko’zda  tutilgan  maqsad  mahalliy  xalqni  tobora  sovetlar  siyosati  va  mafkurasi 

ta’siriga  olish  edi.  Shularni  hisobga  olib  respublikaning  turli  hududlarida  ko’plab 

savodsizlikni  tugatish  kurslari  tashkil  etildi.  Ularga  turli  yoshdagi  kishilar  jalb  qilinib, 

savodlarini  chiqardilar.  Jumladan,  1-besh  yillik  (1928-1932  yy.)da  O’zbekistonda  jami 

700  ming  nafar  kishi savodsizlik  kurslarini  tugatgan  bo’lsa, bu  ko’rsatkich  2  besh  yillik 

(1933-1937 yy.) davrida 1 mln.400 ming nafar kishini tashkil qildi.

 

Respublikada  boshlang’ich  ta’lim  tizimining  joriy  etilishi,  keyinroq  esa  7  yillik 



ta’limga  o’tilishi  ham  xalq  ta’limi  sohasida  muhim  o’zgarishlardan  bo’ldi.  Maktab 

qurilishi, uning malakali o’qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o’quvchilar soni yil sayin

 

246


 


o’sib bordi. Ma’lumotlarga ko’ra, agar 1924-25 o’quv yilida O’zbekistonda 160 ta sovet 

tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o’quvchi ta’lim olgan bo’lsa, 1941 

yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 

esa 1 mln. 315 ming nafarga etgan.

 

Sovet xukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to’liq ravishda o’z izmiga 



bo’ysundirish  maqsadida  arab  alfavitiga  asoslangan  eski  o’zbek  yozuvini  ham  isloh 

qilishga  kirishdi.  Shu  maqsadda  1928  yilda  arab  alifbosidan  lotin  alifbosiga  o’tildi. 

Birgina eski o’zbek yozuvini o’zgartirishda qo’llanilgan shoshma-shosharlik respublika 

xalq ta’limining keyingi taqdiri uchun nechog’lik salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, albatta.

 

Yangi  tashkil  etilgan  ta’lim  maskanlarining  moddiy  bazasi,  zaif  bo’lib,  zarur 



jihozlar  bilan  ta’minlanmadi.  Milliy  respublikalardagi  ta’lim  jarayoni  Moskvadan 

tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o’quv qo’llanmalari asosida olib boriladigan 

bo’lib qoldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 

30-yillarga  kelib  respublikaning  maktab  ta’limiga  mafkuraviy  tazyiq  o’tkazish, 

muallimlar tarkibini elak-elak qilish atayin kuchaytirildi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish