Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim Sovetlarning xalq ta’limi sohasida yuritgan siyosatining
muhim yo’nalishlaridan biri, bu oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda
rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo’lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi
tuzum g’oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan
ko’plab yuqori malakali, o’qimishli kadrlarga o’tkir ehtiyoj sezardi, albatta.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Turkistonda oliy ta’limni tashkil etish g’oyasini,
dastavval, o’lkaning ilg’or jadid namoyadalari ilgari surganlar. Xususan, ular tashabbusi
bilan 1918 yil mayida Toshkentda ilk bor milliy universitet ochilib, u ilmga chanqoq
ko’plab mahalliy yoshlarni o’z bag’riga olgan edi. Biroq har narsada o’zini ko’rsatishga
intilgan sovetlar yurtparvar jadidlar tashabbusini bo’g’ib, 1920 yil sentyabrida Toshkentda
Turkiston Davlat Universiteti tashkil etdilar. Keyinchalik O’rta Osiyo Universiteti
maqomini olgan bu oliygoh o’lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar
tayyorlash o’chog’i bo’ldi. Biroq bu o’quv dargohi professor-o’qituvchilarining mutloq
tarkibi evropalik millat vakillaridan iborat edi. Shu bois unda o’qitish rus tilida olib
borilardi. Bu esa mahalliy millat yoshlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tug’dirardi. Shuning
uchun ham universitet talabalari safida ularning salmog’i juda ozchilikni tashkil etardi.
Keyinroq 30-yillarda bu bosh oliy o’quv yurti negizida ko’plab turli xil yo’nalishlardagi
Oliy o’quv yurtlari, jumladan, politexnika, moliya-iqtisod, tibbiyot, qishloq xo’jalik,
to’qimachilik institutlari, Samarqand davlat universiteti va boshqalar tashkil etildi.
Shuningdek, bu davrda yuqori malakali pedagogik kadrlarga talab o’sib borganligidan,
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg’ona va Namangan singari
shaharlarda pedagogika va o’qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. Natijada 1932
yilga kelib respublikadagi jami oliy o’quv yurtlari soni 31 taga etdi. Ulardagi talabalar
soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi. Talabalarning soni 1937 yilda 15,5 mingga, 1941
yilda esa 18 mingtaga etdi.
O’zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o’rta maxsus ta’lim o’quv yurtlari
faoliyati ham alohida o’rin egallaydi. 20- yillarda Respublikada 6 ta qishloq xo’jalik
247
texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Ularda
6800 nafar yoshlar o’qidi. Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta
pedagogika bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo’lib, ular orqali ko’plab
bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. XX asr 40-yillari boshlariga kelib
O’zbekistonda maxsus bilim yurtlari soni 92 taga etgan bo’lib, ularda 12,6 ming nafar
yoshlar ta’lim olmoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |