Ma‘naviy-madaniy hayot Bu yillarda o’zbek xalqining olis asrlarga borib qadaluvchi
moddiy va ma’naviy madaniyati durdonalari, osori atiqalari, masjidu madrasalar,
maqbaralar ko’rinishidagi noyob me’moriy obidalariga zo’r berib xujum uyushtirildi.
Binobarin, bu maskanlarning bora-bora qarovsiz, xarob ahvolga keltirilganligi tasodifiy
emasdir. Ayniqsa bunda xalqimizning dilidan chuqur joy olgan uning uzoq asrlik islomiy
qadriyatlari zavol topdirilganligi achinarlidir. Hatto bu razil maqsadga erishishda joylarda
«Xudosizlar jamiyatlari» tuzilib, diniy tasavvurlarga, uning peshvolariga qarshi hujumdor
ateistik kurash avj oldirildi. Buning oqibatida yurt ziyolilari sanalgan qanchalab
ruhoniylar, ulamoyu fuzalolar ayovsiz ta’qibu quvg’inlarga duchor etildi yoxud qirg’in
qilindi.
Shunga qaramay o’zbek xalqining ko’plab yurtparvar ziyolilari fidoyilik
namunalarini ko’rsatib, barcha qiyinchiliklarga dosh berib respublika madaniy hayotida
faol qatnashdilar.
1929 yilda o’zbek musiqali teatriga asos solindi. 1933 yilga kelib Xamza nomli
akademik drama teatri ish boshladi. Har qanday mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan
milliy ruh ustivor bo’lib qola berdi. Xalqimiz orasidan Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Ota
G’iyos Abdug’aniev, Madrahim Sheroziy, Domla Halim Ibodov, Abror Hidoyatov,
Mulla To’ychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, Soraxonim, Tamaraxonim,
Lutfixonim, Mukarramaxonim singari nomdor san’atkorlar etishib chiqdi.
1936 yilda Toshkentda konservatoriya ochilishi madaniy hayotda katta voqea
bo’ldi. O’zbek musiqa madaniyatining zabardas vakillari – Yunus Rajabiy, Muxtor
Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, To’xtasin Jalilov singari san’atkorlar ijodi xalq dilidan
chuqur joy oldi.
1937 yilda Moskvada o’tkazilgan birinchi o’zbek san’ati va adabiyoti dekadasida
«Gulsara», «Layli va Majnun» operalari, «Farhod va Shirin» musiqali dramasi va boshqa
sahna asarlari katta mahorat bilan namoyish etildi.
250
30-yillarda O’zbekistonda kino san’ati shakllandi. Uning yorqin ifodasi sifatida
shu davrda yaratilib ekranlarga chiqarilgan «Asal», «Qasam», «Ravot qashqirlari»,
«Azamat» singari filmlarni tilga olib o’tish joizdir.
Ularni yaratishda Komil Yormatov, Nabi G’aniev, Sulaymon Xo’jaev, Yo’ldosh
A’zamov, Rahim Pirmuhamedov singari ajoyib o’zbek kino ustalari xizmatlari benazirdir.
20-30-yillarda respublikada ko’plab madaniy inshootlar qurildi. 1932 yilda
respublikada 707 ta kutubxona, 3087 ta klub, 409 ta kino qurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey
mavjud edi.
1937-1940 yillarda O’zbekiston shahar va qishloqlari radiolashtirildi. Yangidan
264 ta ko’chma va doimiy kino qurilmalari o’rnatilib, ularning soni 797 taga etkazildi.
1941 yilda kitob nashr qilish 4375 nomga etkazildi va 48 mln. nusxani tashkil etdi. 40-
yillar boshlariga kelib kutubxona, klub, badiiy havaskorlik jamoalari soni 2 baravarga
ko’paydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |