£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 XX asrning 50-80 yillarida respublika ma‘naviy-madaniy hayoti



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

2. XX asrning 50-80 yillarida respublika ma‘naviy-madaniy hayoti

 

Xalq ta‘limi 50-yillarda maktab qurilishi, bolalarni maktabga jalb qilish ishlari

 

anchagina kengaydi . Etti yillik umumiy majburiy ta’lim amalga oshirildi. Biroq 



xalq  ta’limida  jiddiy  nuqsonlar  mavjud  edi.  Ta’limning  mazmuni  hayotdan 

orqada qolganligi yaqqol ko’rinardi. Birinchidan, maktab o’quvchilarining bilim 

saviyasi  past  edi.  Ikkinchidan,  o’n  yil  o’qib,  maktabni  tamomlab  chiquvchilar 

birorta kasb-hunarni egallamagan, mehnat malakalariga ega emas edilar.

 

1958 yil dekabrda sobiq SSSR Oliy Soveti «SSSRda maktabning turmush 



bilan  aloqasini  mustahkamlash  va  xalq  maorif  sistemasini  yanada  rivojlantirish 

to’g’risida»  qonun qabul qildi.  Qonunda ta’limni  turmush bilan  bog’lab  borish, 

yoshlarni  aqliy,  ma’naviy,  jismoniy  jihatdan  etuk  qilib  shakllantirish,  ularga 

umumiy  politexnik  bilim  berish  vazifalari  qo’yildi.  Ayni  shunga  o’xshagan 

qonun 1959 yilda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan ham qabul qilindi. 

10 yillik o’rta maktablar 11-yillik maktablarga aylantirildi.

 

1962  yilda  umumiy  majburiy  sakkiz  yillik  ta’limga  o’tish  amalga  oshdi. 



Barcha etti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarga aylantirildi.

 

Sanoat,  qurilish  va  qishloq  xo’jaligida  ish  bilan  band  bo’lgan  yoshlarga 



ta’lim  berish  maqsadida  ishlab  chiqarishdan  ajralmasdan  o’qish  imkoniyatini 

beruvchi  kechki  va  sirtqi  maktablar  tashkil  etildi.  1958-1965  yillarda  1000  ga 

yaqin  shunday  maktablar  ochildi,  ularda  o’qiydigan  yoshlar  1965  yilda  134,5 

ming kishini tashkil etdi.

 

70-yillarning  o’rtalarida  umumiy  o’rta  ta’limga  o’tish  yakunlandi.  1965-



1985  o’quv  yillari  orasida  o’tgan  20  yil  davomida  barcha  turdagi  umumta’lim 

maktablari  8716  tadan  9188  taga  ko’paydi,  o’quvchilar  soni  esa  3055,8  ming 

boladan  6519,6  ming  bolaga  ko’paydi.  1965-1985  yillarda  Respublika 

maktablarida o’rta ma’lumot olganlar soni 5,7 million kishidan oshdi.

 

Xalq  ta’limida  jiddiy  muammolar  hal  etilmadi.  Maktablar  sinf 



xonalarining soni qanchalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy  o’sishidan orqada 

qolaverdi.  Maktab  binolarining  etishmasligi,  moddiy-texnik  jihatdan  zaifligi 

surunkali kasallikka o’xshardi.

 

1984 yilda sovet hokimiyati yoshlarga ta’lim va tarbiya berish mazmunini 



yaxshilash  maqsadida  maktab  va  hunar-texnika  bilim  yurtlarini  isloh  qilishga 

qaror  qildi.  Maktablarda  «Informatika  va  hisoblash  texnikasi  asoslari»  kursini 

o’qitish,  barcha  maktablarni  mikrokalkulyator,  elektr  hisoblash  mashinalari, 

kompyuterlar  bilan  ta’minlash  kabi  vazifalar  qo’yildi.  Ammo  respublikaning 

ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bu vazifani bajarishni ta’minlay olmadi. Maktab islohoti 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  tangliklar  orqasida  qolib  ketdi.  Ta’lim-tarbiya  jarayonini 

jahon andozalari darajasiga ko’tarish tomon qilingan yana bir urinish samarasiz 

tugadi.


 

252


 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish