O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/69
Sana06.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#110751
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
ozbekiston tarixi (2)

14-MAVZU: 
TURK HOQONLIGI 
R E J A: 
 
1.O’rta Osiyoga turkiy qabilalarni kirib kelishi va xoqonlikni tashkil topishi 
2.Bumin va Istami hoqonlar faoliyati va VI asrni ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy   
   vaziyat.  
3.G’arbiy turk hoqonligi,To’nyabg’u  faoliyati  
4.G’arbiy turk hoqonligining  hududi, aholisi, xo’jaligi va madaniyati. 
 
Oltoy,Yettisuv,Markaziy  Osiyodagi  turli  qabilalar  va  xalqlar  VI  asrga  o’rtalariga  kelib  bu 
qabilalar birlashib Turk hoqonligi deb atalgan davlatga asos soldilar.Lekin bundan VI asrga qadar 
turkiy qabilalarda davlat bo’lmagan deb bo’lmaydi.Bichurin,N Gumilyov turkshunos olimlarning 


 
 
92 
bergan malumotiga ko’ra ilk turkiy qabilalar Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756-yildan 
boshlab tilga olinadi. 
Ammo  bular  turk  nomi  bilan  emas,balki  hun  yoki  hunlar  nomi  bilan  atalgan.  Turk  so’zi 
milodimizning  V  asridan  uchraydi.Xunlar  turkiy  qabilalarning  avlodlari  bo’lib  juda  boy,va 
tarixga ega.Xunlar Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizini bo’ylari,va Ovropa yerlarigacha cho’zilgan 
hududlarda yashaganlar. 
Turkiy qabilalar to’g’risida turli afsonalar mavjud.Ulardan birida aytilishicha G’arbiy dengiz 
sohillarida  yashagan  turkiylarning  ota-bobolari,  ularga  qo’shni  qabilalar  tomonidan  qirib 
tashlangan.Bulardan  10  yosharli  bir  bola  tirik  qolib  ona  bo’ri  sababli  turkiy  qabilalar  saqlanib 
qolingan deyiladi.Ularga turk nomi Oltoydagi tog’ nomidan berilgan. 
Turklar avval Jurjonlarga qaram edi.Bu qaramlik Bumin hoqon davridan boshlab tugaydi yani 
552-yilda  Bumin  Jo’jan  xoni  Anahuaning  qiziga  sovchi  qo’yadi.Bu  esa  Anaxuani  jaxlini 
chiqaradi.Natijada urush chiqadi. 
Shunday qilib turk hoqonligiga asos solindi.va hoqon xitoy malikasiga uylanadi.Vay saltanati 
hukmdori  Vendi  bilan shartnoma imzolaydi.Bu esa  yangi  hoqonlikni  mustahkamlashda katta rol 
o’ynaydi.Natijada 552-745 yillarda katta hududda turk hoqonligi vujudga keldi.Xitoy tarixchilari 
,,qadim zamonlarda shimolda ko’chmanchilar hech qachon bu qadar kuchli bo’lmagan’’ deydi.Va 
har  bir  honlarning  Xitoy  malikalariga  uylanganliklarini  ham  takidlaydi.  Xoqonlikni  sakkizta 
qismlarga bo’lib boshqargan degan malumot ham uchraydi. 
552-yil  Bumin  vafot  o’tdi.  Taxtga  uning  o’gli  Qora  Issiq  o’tiradi.Bundan  foydalangan 
Jo’jonlar hoqonlikka hujum uyushtiradi.Lekin Qora Issiq hujumni qaytaradi. Undan keyin taxtga 
uning ukasi Mug’onxon o’tiradi.Mug’on20 yil taxtda o’tirdi.(552-553) yillarda hukmronlik qildi. 
Bu  davrda  turk  hoqonligi  har  tomonlama  yuksaldi.Mug’on  xongacha  ham  amakisi  Istami 
hoqonlikning  g’arbiy  qismlarini  boshqarardi.U  turk  hoqonligini  g’arbga  yurishlarida  boshchilik 
qildi.Unga yabg’u hoqon degan unvon berilgan. 
Istami  akasi  vafotidan  keyin  Toshkent  va  uning  atrofi,Qozog’iston,Yettisuv,  Xorazm 
hududlarida mustahkam o’rnashib oldi. Endi turk hoqonligini hududlari Amudaryo bo’ylarigacha 
yetib borib 562-3-567 yillarda Eftaliylarga Eronliklar bilan birga zarba berdi. Dastlab Eronliklar 
bilan  turklarning  munosabati  yaxshi  edi.  Xatto  Xusrav  turk  malikasiga  uylanadi.  Biroq  turklar 
Eftalilarni  tor-mor  etgandan  so’ng  vaziyat  keskin  tus  oladi.  Turk  hoqonini  Eron  bilan  savdo 
aloqalari o’rnatishga intilishlari foyda bermaydi. Xusrav Maniax boshchiligidagi elchilarni yaxshi 
kutib  olmaydi.  Elchilarni  esa  o’ldiradi.  Bu  esa  turk  hoqonligini  Vizantiya  bilan  munosabatlarni 
yaxshilashga  sabab  bo’ldi.  558-yil  turklar  Ural  va  Volga  bo’ylarini  zabt  o’tdi.  575-576  yillarda 
esa Shimoliy Kavkaz yerlarini egallab Qrimga kirib bordilar. Manbalarda turk hoqonligi Xitoyga 
67 marta yurish qilganligi qayd etilgan. Xoqonlikda tez-tez g’alayonlar ham bo’lib turardi. 
SHulardan  biri  585-586  yillarda  Buxoroda  bo’lib  o’tgan  Abruy  qo’zg’oloni  edi.  Bunga  o’ta 
kuchayib  ketgan  jabr  zulm  sabab  bo’ldi.  Lekin  qo’zg’olonni  Qoracho’rin  qo’shinlari  tor-mor 
o’tdi. Abruy o’lim jazosiga hukm qilindi va qovoqari to’ldirilgan qopga solib o’ldirildi. Mana shu 
siyosiy  vaziyatda,  VI  asrning  70-80  yillarida  Enasoyning  yuqori  oqimidan  Amudaryo 
bo’ylarigacha,  Manjuriyadan  to  Kimmeriy  Bosforigacha  chozilgan  maydonda  Turk  hoqonligi 
tashkil topgandi.  
Turk hoqonligi turli tuman qabilalarni kuch bilan birlashtirish natijasida tuzilgan edi. Hamda 
kichik hokimlar ham mustaqil bo’lishga intilar edi. Bo’ysundirilgan  hudularni mahalliy xokimlar 
tomonidan  boshqarish  hokimyatni  tobora  zaiflashtirdi.Buning  ustiga  Vizantiya,  Xitoy  va  Eron 
bilan doimiy raqobat ahvolni yanada og’irlashtirdi. Oqibatda Turk hoqonligi VI asrni 80-yillarida 
2 qismga Sharqiy va g’arbiy turk hoqonliklariga bo’linib ketdi. G’arbiy turk hoqonligi tasarrufiga 
O’rta  Osiyo  va  Sharqiy  Turkistonning  bir  qismi  kirar  edi.  G’arbiy  xoqonlik  ijtimoiy  ,iqtisodiy 
madaniy  jihattan  Sharqiy  hoqonlikdan  mutlaqo  ajralib  turar  edi.  Sharqiy  hoqonlikning  assosiy 
qismini  chorvador  aholi  tashkil  qilgan,  G’arbiy  hoqonlik  esa  o’troq  dehqonchilik, 
hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan mashg’ul edi.  
   VII asrning birinchi yarmida G’arbiy hoqonlik nihoyatda kuchaydi. Uning sharqiy chegarasi 


 
 
93 
Oltoygacha,  janubda  esa  Sind  daryosi  bo’ylariga  borib  taqaldi.  Xoqon  To’nyabg’u  hukimronlik 
qilgan  davrda  boshqaruv  tartibi  isloh  qilindi.  U  618-630  yillarda  hukmronlik  qildi.  Viloyat 
hokimliklarini  hoqonlik  mamuryati  bilan  bevosita  bog’lash    uchun  va  ular  ustidan  nazoratni 
kuchaytirish uchun mahalliy hukmdorlarga ,,yabg’u “ unvoni tasis etildi. Natijada ular hoqonning 
noibiga  aylandilar.  Shu  bilan  birga  O’rta  Osiyo,  Sharqiy  Turkiston    va  Toxaristonning  deyarli 
mustaqil  hokimliklari  ustidan  siyosiy  nazorat  kuchaytirildi.  Ular  huzuriga  hoqonning  noiblari  – 
tudunlar yuborildi. Biroq ichki kurash oqibatida G’arbiy Turk hoqonligi zaiflashib bordi . 
  G’arbiy  turk  hoqonligining  hududiga  yuqorida  aytkanimizdek  O’rta  Osiyo  va  Sharqiy 
Turkistonning bir qismi kirar edi. Uning markazi Yettisuvda edi. Turk hoqonligiga birlashtirilgan 
xalqlar  taraqqiyotning  turli  bosqichlarida  bo’ldi.  Axolining  bir  qismi  o’troq  dehqonchilik  bilan, 
qolgan  qismi  esa  ko’chmanchi  chorvachilik  bilan  shug’ullangan.  Aholining  mehnatkash  qismi 
,,budun” yoki ,,qora budun “deyilgan. Urug’ qabilalarining yirik vakillari esa ,,beklar” deyilgan, 
jamoani 
hoqon 
yoki 
qurultoylar 
kengashi 
boshqargan. 
Patriarxal 
oilalarga 
,,kadhudodlar”boshchilik  qilgan.  G’arbiy  turk  hoqonligi  markazlashgan  davlat  bo’lmagan  ,u 
o’nlab  qabila  uyushmalaridan  tuzulgan    ittifoq  bo’lib,  ularni  har  qaysisini  alohida  honlar  idora 
qilgan.  Ularning  eng  kattasi  Samarqand  hokimligi  edi.  Bu  paytda  shaharlarning  maydoniham 
katta bo’lmagan. Masalan: Afrosiyobning 216gk ligi malum. Shaharlarda savdo sotiq ham yahshi 
rivojlangan.  Poykand  savdogarlar  shahri  deyilgan.  ,,Erkaklari  chakmon  kiyib,  sochlarini  oldirib 
yurgan, ayollari esa sochlarini boshiga o’rab, qora ro’mol o’rab yurgan “ deydi Syuan Szyan.  
Turk hoqonligi davrida ajdodlarinmizning madaniyati o’sha davrga nisbatan rivojlangan edi. 
Bayramlar  ham  katta  shodiyona  bilan  o’tkazilgan,  bayramlarda  kurash,  kuch  sinash  kabi  halq 
o’yinlari bo’lib turar edi  
Jamiyatda  ayollarning  obro’si  katta  bo’lgan  .Masalan:  O’g’il  uyga  kirsa  avval  onaga  so’ng 
otaga  salom  bergan.Xoqonlikda  so’g’d  yozuvi,oromiy  yozuvi,xorazm  yozuvi  bilan  bir  qatorda 
turkey yozuvlar ham keng tarqalgan.  
Turk xoqonlari Kultegin,Bilga hoqon,To’nyuquq sharafiga o’rnatilgan bitiklarda Turklarning 
taqdiri  xavotirli  bir  masala  qilib  olingan.  Vatan  mustaqilligi  uchun  kurash,xalqni  asoratdan  olib 
chiqish,  mustaqil  mamlakatda  qonun  qoidalar  joriy  qilish  haqidagi  so’zlardan  iborat  edi. 
Bitiklardan birida ,, Ey turk xalqi to’kis ishonuvchansan, samimiy, nosamimiylikni ajratmaysan. 
Kim qattiq gapirsa, samimiylikni ham tanimaysan, shundayliging uchun tarbiya qilgan hoqonlarni 
so’zini olmay, har qayerga ketding. U yerlarda butunlay g’oyib bo’lding “ nomi nishonsiz ketding 
deyiladi. 
Daliliy  ashyolar  VII  asrda  mamlakatimiz  hududida  savdo  kuchli  rivojlanganligidan  darak 
beradi.5  yoshga  kirganda  bolalar  hisob-kitobni  o’rganishgan.  20  yoshga  to’lganda  savdo  bilan 
shug’ullangan.  
VII-VIII  asrlarda  Turk  hududidagi  aholi  diniy  nuqtai  nazardan    turli  tuman  g’oyalar  tasirida 
bo’lgan. Deyarli har bir urug’,qabila va xalqning o’z diniy etiqodi  bol’gan.Shu sababdan turkiy 
qabilalarda ko’p hudolik keng tarqalgan.Lekin G’arbiy turk hoqonligini katta qismi otashparastlik 
diniga etiqod qilgan. VI-VII asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida otashtparastlik, buddizm, va xristian 
dinlari  ham  tarqalgan  edi.  Aholini  yana  bir  qismi  ,,qam”  diniga  ham  sig’ingan.Misol  tariqasida 
Istami vafot etganda uning o’g’li minib  yurgan oti va to’rt xizmatchisini qurbon qilganligi ham 
dalil bo’la oladi.        

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish