15-MAVZU: VI-VII asrlarda So‘g‘d, Farg‘ona va Xorazm
REJA:
1. Sug‘d mahalliy davlatining tashkil topishi.
2. Choch mahalliy davlatining tashkil topishi.
3. Farg‘ona mahalliy davlatining tashkil topishi
Feodal munosabatlar rivoj topib mamlakatning siyosiy jihatdan zaiflashuvi oqibatida u bir
94
qancha mayda ilk feodal malakatlarga bo‘linib ketadi. V-VI asrlardayoq O‘rta Osiyoning ayrim
viloyat va vohalarida yirik shaharlarga tayangan 15 dan ortiq mustaqil davlatlar tashkil topgan
edi. Bunday davlatlarning eng yiriklaridan Sug‘dda ixshitlar, Toharistonda malikshohlar,
Xorazmda xorazmshohlar, Choch va Eloqda budun va dehqonlar, Farg‘onada ixshitlar
hukmronlik qiladi.
V-VII asrlarda bum ayda ilk feodal davlatlar, avval eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligi
bo‘ysundirilgan bo‘lsada, ammo eftaliylar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga
aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum
darajada saqdab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o‘z atrofidagi mulkdor zodagon
dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar. Chunki ular o‘zaro bir-birlari bilan
dushmanlik kayfiyatida bo‘lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho‘chigan holda yashar edilar.
Ular orasida eng yirigi Sug‘dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi edi. Bu ittifoqqa
Zarafshon va Qashaqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya,
Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o‘z
xokimligi va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko‘pchiligi Samarqand ixshidiga tobe bo‘lsada
ammo Buxoro, Kesh va Naxshoblar deyarli mustaqil edi. Xatto ular o‘z tanga pullarini zarb
qilardilar. Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ro‘xiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus
ibodatxona bino qilingan. Unda o‘tkaziladigan har yilgi diniy marosimlarda viloyat
hukmdorlarining barchasi qatnashardi. Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo‘lishicha,
Sug‘d hukmdorlari O‘rta Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib borardilar.
Masalan afrosiyobda ochilgan devoriy rasmlarda Sug‘d hokimi Varxumaning Chog‘aniyon,
Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi.
Sug‘da aholi juda gavjum yashardi. Sug‘diylar hunarmandchilik, savdo-sotiq,
dehqonchilik va bog‘dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Darg‘om,
Nahripoy, Harkon kabi yirik anhorlardan sug‘orilgan Sug‘d yerlari juda hosildor edi. Sug‘orma
dehqonchilik rivoj topgan bu diyorda g‘alladan tashqari, paxta va sholi ekilardi. Uning paxtasidan
to‘qilgan surp va bo‘z matolaridan faqat so‘g‘diylar emas balki dasht aholisi kiyinardi. Sug‘dning
sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan. Samarqandning zarg‘aldoq shaftolisi Xitoy
poytaxtida “Samarqandnning oltin shaftolisi” nomi bilan dong‘i ketgan edi. Chorvachilikda
mayda va yerik shohli hayvonlar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilar edi.
Ayniqsa Sug‘dning xisori qo‘ylari va tulporlari juda mashhur edi. Buxoro, Kesh va Maymurg‘
yaylovlaridan uyur-uyur yilqilar muttasi Xitoyga xaydab borilardi.
Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylandi. Ularda to‘qimachilik,
kulolchilik, ko‘nchilik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik rivoj topadi. Temirdan xo‘jalik
asboblari va uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tashqari qurol yarog‘lar: shamshir, xanjar, tabar, guzi,
sovut, qalqon va dubulg‘alar yasalar edi. Hatto 718 y. da Sug‘diylar hadiya tarifasida yuborgan
dubulg‘adan nusha olib Xitoy qurolsozlari o‘z qo‘shinlarini dubulg‘alar bilan taminlaydilar.
Sug‘d tog‘laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi. Shaharlarda
hunarmandchilikning taraqqiyoti o‘z navbatida ichki va tashqi savdo aloqlarining kengayishiga
imkon beradi. Sug‘ddan Markaziy Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan
zeb-ziynatlardan tortib turli tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi. O‘sha zamondda
Sug‘dda bola besh yoshga to‘lgach uni o‘qish yozishga hisobga o‘rgatar, balog‘atga yetgach, uni
savdo karvonlariga qo‘shib tijorat safarlariga yuborardilar.
Ilk feodal davlatlaridan ya’ni biri Toxariston edi. U hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy
Tojikston va shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashgan. Bu mustaqil davlat Xuttalon,
Chag‘oniyon, Termiz, Badaxshon, Qabodiyon, Vaxsh, Shuman, Shug‘non, Vaxon kabi 27 ta
tog‘li va tog‘ oldi viloyatlarining birlashtirgan. Ular har birining o‘z hokimi va chokarlari bo‘lga
Masalan, Chag‘aniyon viloyatining hokimi “chag‘onxudot”, Termizning hukmdori “termizshoh”,
Xuttalonniki - ,,malik” yoki “sheri xuttalon” deb yuritiladi. Mahalliy hukmdorlarning eng kuchla
va nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Qabodiyon, Shug‘non va Vaxon viloyatlarining hokimlari bo‘lib,
ular harbiy kuchlar zarur paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardilar.
95
Toxariston avval eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligi tomonidan bo‘ysundiriladi.
Manbalarda ta’rif etilishicha, VII—VIII asrlarda Toxaraston aholisining yarmi mahalliy yarmi esa
turklar bo‘lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk, uchinchisi esa mahalliy tilda so‘zlashgan.
Podshoh, zodagonlar va fuqarolar budda diniga sig‘inganlar, qator ibodatxonalar va kohinlar
bo‘lgan. 25 harfli yozuvi ko‘ndalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan. Aholisi ip va ipak
matolardan kiyingan. Tog‘liklari po‘stin va jun chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini
qirtishlab, ayollari esa uzun soch qo‘yib yurishgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Asosan
g‘alla va dukkakla ekinlar, qisman sholi va paxta ekilgan. Tog‘oldi va tog‘li joylarda asa
bahorikorlik va uzumchilik rivoj topgan. Arxeologik topilmalar orasida pista, bodom, yong‘oq
hamda o‘rik, shaftoli va olcha danaklari, shuningdek qovun va tarvuz urug‘lari qayd etilgan
Shunga qaraganda Toxariston aholisi bog‘dorchilik va polizchilik bilan ham shug‘ullangan.
Chorvachkilikda mayda va yirik shohla hayvonlardan tashqari ot, xachir, tuya va eshak boqilgan.
Ilk o‘rta asrlarda Toxaristonda bo‘lgan sayyohlar uning pastak otlarining masofalarga qatnashda
nihoyatda chidamli ekanini maqtab yozishgan.
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan konchilik taraqqiy
topgan. Birgina Badaxshonning o‘zidan lal, lojuvar, aqiq, kabi qimmatbaho toshlar va oltin, temir
va jez kovlab alingan. Serjilo toshlar va madanlar zargarlik, chilangarlik va temirchilik
ishlatilgan. Bu o‘lkada ayniqsa qurolsozlik yuksalgan edi. Chokarlar kamon, gurzi, cho‘qmor,
xanjar va shamshir bilan qurollangan. Ularning qo‘lida ajoyib to‘qima Balx sovutlari bo‘lardi.
Toxaristonda shishasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar marjon
va munchoqlardan tashqari xilma-xil buyumlar yasalgan. VIII asr boshlarida Toxaritondan
Xitoyga olib chitqilgan qizil va zumrad rangli shishlalar xitoyliklarni lol qoldirgan. Toxaristonda
ayniqcha to‘qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli, guldor ta yo‘l-yo‘l matolar
to‘qilgan. Qimmatbaho ipak va jun matolardan eso asosa zodagon dehqonlaru hukmdorlar
kiyinishgan.
Toxariston juda ko‘p mamlakatlarga elchilar yubortb ular bilan savda aloqalari olib
barilgan. Chetga ko‘plab qimmatbaho toshlar chiqarilgan. Mashhur Badaxshon la’li esa jahon
bozorlarid nihoyatda yuqori baholangan. Xuttalondae uyur-uyur zotlar, yilqilar olib chiqilgan.
Toxariston dori-darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Bu ilk feodal davlat viloyatilarida Sug‘d
tangalariga taqlidan so‘qilgan o‘z pullari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxaristonning
poytaxti qadimdan Balx bo‘lgan.
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham, lekan hali bir oz
bo‘lsa-da, markazlashmagan edi. Chunkt uniig har bir viloyati o‘zining vrisiyo sulolasiga mansub
hokimlari tomonidan boshqarilgan. Ular alohida-alohida davlatchadarni eslatardi. Hatto ularning
har biri o‘zga yurtlarga elchilar yuborardi. Shunday qilib, Toxariston ilk o‘rta asrlarda tashkil
topgan mayda davlatchalar konfederatsiyasini tashkil etardi.
Bu davrda Farg‘ona vodiysida yana b ilk feodal davlat xukm surardi. Qadida bu mamlakat
Davan va Fragona deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb atalgan poytaxti Koson va
Axsikat shaharlarida joylashgan. Davan shimol tomondan Yettisuv, g‘arbdan Choch va Eloq,
janubi-g‘arbdan Sug‘d, janubdan Toxaristo va sharqdan Sharqiy
Turkiston viloyatlari bilai chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalarida tariflanishicha Farg‘ona
yerlarib juda hosildor bo‘lib aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta
va shali ekkan. Unda bog‘u bo‘stonlar va gulzorlar mo‘l bo‘lga. Koson, Axsikat va Kubo kabi
yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib uning mahsulotlari
ichki va tashqi bozorlarda juda haridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar,
bo‘yoqlar, rang-barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda tog‘ va tog‘oldi yaylovlarida
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadorlar yashagan. Qurama va Qarmazor tog‘lari yon
bag‘irlarida qaidan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu diyorda ko‘paytirilgan tulpor otlarning
dong‘i jahonga taralgan. Farg‘onada qo‘y, xachir va tuyalar boqilgan.
96
Shunday qilib VI-VIII asrlarda Farg‘onada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik,
xo‘jalilklari va ichki hamda tashqi savdo rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka
edi. Strategik jihatdan qulay geografik o‘rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan ta’milangan
Koson, Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog‘ qal’alari, vodiy bo‘ylab joylashgan qator-qator
istehkomli qo‘rg‘onlari tufayli bu diyor kuchli harbiy imkoniyatga ham ega edi. Ilk o‘rta asrlarda
Farg‘ona O‘rta Osiyoni siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli davlat bo‘lgan.
V-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita mustaqil ilk feodal davlatlari
hukmronlik qilgan. Manbalarda ulardan biri Choch davlati, ikkinchis Eloq mulki nomlari bilan
tilga olinadi. Chochning poytaxti Chochkat shahri bo‘lib, podshohi “tudun” deb yuritilgan. Xitoy
manbalarida Choch viloyati Shi va Chje-Shi nomlari bilan tariflanadi. Eloqning poytaxti Tunkat
bo‘lgan, hokimlari “dehqon” deb atalgan. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda
esa g‘arbiy turk hoqanligiga bo‘ysundiriladi. VIII asrda Choch va Eloq birlashib yagona davlatga
aylanadi va o‘z mustaqilligini tiklab oladi. Choch va Eloq shimol va g‘arb tomondan G‘arbiy
Turk xoqonligi, sharqdan Farg‘ona va janubdan Ustrushona bilan chenaradosh edi.
Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega mamlakat edi. Unda sug‘orma dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik ayniqsa konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada
rivojlangan. Ilk o‘rta asrlarda Chirchiq daryosidan Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Anhor va Kalkovuz kabi
yirik sug‘orish tarmoqlari qazib chiqarilib, Chochning ekin maydonlari nihoyatda kengaygan. Bu
davrda Choch vohasi uzul-kesil shakllanib u 50 ga yaqin sug‘orish shahobchalari vositasida
sug‘orilgan. Dehqonchilikda ko‘proq arpa, bug‘doy va tariq ekilgan. Ayniqsa Chochning poytaxt
shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, feodalar qo‘rg‘onlari va
ko‘shklari, obod qishloqlar qad ko‘targan.
Choch va Eloq tog‘lari oltin, kumush rangli madanlar temir va jilvador Choqmoq
toshlarga boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda bu o‘lkada konchilik va unga asoslangan
hunarmandchilik rivoj topadi. Oltin va kumushlar qazib olishda ayniqsa Eloq O‘rta Sharq
mamlakatlarida shuhrat topadi. Chotqol va qurama tog‘larida joylashgan Ko‘hisim, Lashkarak va
Koni Mansurdan kumush Qo‘shbuloq va Qizil olmasoy konlaridan oltin, Ungurlikon va Oqturpoq
konlaridan esa feruza kovlab olingan.
Rangli va nodir madan konlarining o‘zaro yaqinligi ayirbosh savdo bozori bo‘lgan
ko‘chmachi chorvadorlar dashtining Choch va Eloqqa tutashib ketgani mamlakatlararo tashqi
savdo aloqalarnini bog‘lovchi karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tish bu viloyatlarda ichki va tashqi
savdo satiqning kengayib, shaharlarning govjumlashuviga imkon beradi.
Chochning mohir ustlari metallarda qurol-yaroq, uy-ro‘zg‘or buyumlari oltin va
kumushlardan turli xildagi zeb-ziynatlar yasaganlar, teri oshlab, charm pishirib, paxta va jundan
mato to‘qiganlar, sopol va shisha idishlar yasab, ichka va tashqi bozorni hunarmandchilik
mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, g‘alla, quruq
meva va yilqilar chetga chiqarilgan.
Shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg‘ul bo‘lgan, VI-VIII asrlarda Sharqiy
Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin
uchinchi o‘rinda turgan. Choch poytaxti toshqi savdo munosabatlarining markazi edi.
VII-VIII asrlarda Chochda kumush va mis tangalar yasaydigan zarbxona bo‘lgan. VIII
asrda kumush dirhamlar hatto Eloqning kumush konlarida ham so‘qilgan. Choch tudunlari old
tomoniga mulkdorning rasmi, orqasiga gajak dumli sher yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri
tamg‘a tushirilgan chaqa tangalar zarb etganlar. Shu davrda so‘qilgan Chochning ayrim tanga
pullari orasida podshoh bilan yonma-yon malika rasmi tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu,
shubxasiz, ilk o‘rta asrlarda Chochning ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa siyosiy hayotida hukmdor
tabaqa ayollarining birmuncha nufuzga ega bo‘lganligidan guvohlik beradi.
Bu davrda turkiy qabilalar o‘troqlashuvining kuchayishi, chochliklar bilan olib borilgan
doimiy iqtisodiy aloqalar tufayli Choch vohasi o‘zaro madaniy muloqotlarning markaziga
aylanida. Chochda turkcha va sug‘d tillarida so‘zlashuvchi aholining safi kengayib boradi. Bioq
choch o‘lkasi bu davrda Turk xoqonligiga tobe bo‘lishiga qaramay, hali o‘zining tili, yozuvi va
97
qadimiy madaniyati an’analarini saqdab qolgan edi. Bu yerda hali so‘g‘d tili rasmiy til sifatida
yuritilib, davlat ishlariga oid xujjatlar, chaqa va tangalar zarb etish ishlari, hukmdorlar nomidan
bitiladigan yozuvlar mazkur xatda ifodalanardi.
Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk feodal jamiyatigaxos edi. U mulkdor tabaqa-zodogon
dehqonlar, mexnatkash tabaqa-erkin jamoa a’zolari – ozolar; mulkdor tabaqaga mute-kadivarlar
hamda erksiz qul va cho‘rilardan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |