89
bilan taqqoslang) boshchiligida Hindiqush orqali Qandahor (Peshovar)ga ketadilar va Shimoliy
Hindistondagi Ciupta podsholigini o'zlariga bo’ysundiradilar.
Kidamylar bu yerda 75 yil mobaynida hukmronlik qilganlar. V—VI asrlardagi tarixshunos
olinilarning asarlarida (masalan, suriyalik leshu Stilit, vizantiyalik Prokopiy Kesariyskmy,
armanistonlik Sebeos va boshqalar) xioniylar eftaliylar bilan, ba'zilarida kushonlar bilan aynan bir
bo’lgan deb yoritiladi. Bu hoi bizga bu qabilalar o'rtasidaga farq etnik xarakterda bo’lmasdan
sulolaviy jihatdan farqlanadn, deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi.
Tarixiy rnanbalarning guvohlik berishicha, 457 yildan e'tiboran eftaliy podshosi Vaxshunvor
Chag’oniyon Tohariston vz Badaxshonni o'ziga bo’ysundiradi. Eftaliylarning kuchayib
ketayotganligidan xavfsiragan sosoniylar shohi Peroz eftaliylarga qarshi yurish qiladi. Ammo u
yengilib asirga tushadi va yordam so'rab Vizantiyaga nuirojaat qiladi. Vizantiyadan yuborilgan
pul ezaziga asirlikdan ozod qilingan Peroz e italiylarga ilgari bosib olingan Taliqon shahrini
qaytarib berish va
Veraxran V tomonidan belgilangan chegaradan nariga o'tmaslik majburiyatini
oladi. Taliqon shahrida o'matilgan chegara minorasi fillar yordamida ko'chiriladi. Ammo Peroz
o'z va'dasini bajarmaydi va eftaliylar ustiga ikkinchi marta qo'shin tortib keladi. Ikkinchi marta
ham mag'lubiyatga uchrab, Suriya manbalarida ta'kidlanishicha, u ikkinchi marta asir tushadi.
Sosoniylar shohi eftaliylarga kumush dirhamlar bilan to'ldirilgan qoplar ortilgan 30 ta xachir
berish majburiyatini oladi. Lekin u faqat yigirmata xachir va shunga loyiq tangalar topa oladi,
xolos. Maj burly atning qolgan qlsmi evaziga Peroz o'zining go'dak o'g'li Kovadni garovga
qoldiradi va ikki yil davomida eftaliylarga katta hiroj to'lab turishga majbur bo’ladi. Bu xirojni
Peroz aholiga og'ir jonboshi soliqlarini solish yo’li bilan to'laydi. Shu munosabat bilan arman
tarixchisi Lazarb Perbskiy Peroz Eronni eftaliylarga sotganligini va lining hech qachon bu
quilikdan qutula olmasligini zorlanib yozgan edi. MajburiyaTdagi qarzni to'lab bo’lgan Peroz.
o'zini eftaliylarga do'st qilib ko'rsatmoqchi bo’ladi va o'z singillaridan birini eftaliylar podshosi
Vaxshunvorga xotinlikka taklif qiladi. Biroq Peroz singlisi o'rniga xotinlikka boshqa qizni
yuborib Vaxshunvorni aldaydi. Vaxshunvor bunga javoban, eftaliylarning iltimosiga ko’ra
Erondan kelgan harbiy maslahatchilami kaltaklattiradi va o'ldiradi.
Peroz Vizcintiya yordamida uchinchi marta eftaliylar ustiga yurish qiladi. Bu yurishda
eftaliykir chegarasidan o'tgan Peroz o'z askarlari bilan ular uchun maxsus, ataylab tayyorlab
qo'yilgan bo'ri uyalariga tushib qoladi va halok bo’ladi. Perozni tor-mor keltirgan eftaliylar
Eronga juda katta o'lpon soliqlari soladilar va Marvni egallaydilar. So'g'dni esa ular allaqachon
o'zlariga qaratgan edilar. So'ngra eftaliylar Kobul va Panjob vodiysini, Qarashar, Quchu, Qoshg'ar
va Xo'tonni ham zabt etadilar. Umumiy xulosa Shundan iboratki, eftaliylar massagetlar aviodidir,
ular kushonlar siyosatini davom ettiradilar va Markaziy Osiyoda yagona markazlashgan davlatni
barpo etdilar. Eftaliylar qo'li ostida tarbiyalangan Perozning o'g'li Kovad davrida Eron eftaliylarga
hiroj to'lashda davom o’tdi. Kovad hukmronligi davridagi (488—551 yillar) tengsizlik va
ekspluatatsiya zulmiga qarshi xalq ommasi o'rtasida norozilik qo'zg'olonlari bo’lgan. Bu davrda
barcha yerlarjamoa qo'lidan tortib olinib «dehqon mulki»ga aylantirilgan. Barcha boyliklar va
hokimiyat boylar qo'Hda bo’lgan. Ayollar huquqi poymol qilingan. Boylar ko'ngil hushi uchun
istagancha xotinlar olganlar, Bu hoi Mazdak boshchiligida qo'zg'olon kelib chiqishiga sabab
bo’lgan. Mazdakchilar — «Z» harfi bilan boshlanadigan to'rt narsaning aholi o'rtasida teng
bo’lishini talab qilganlar: 1)
Zamin (yer); 2. Zar (oltm); 3.
Zo 'rlik
Do'stlaringiz bilan baham: