161
institutining qwlёzmalar fondida 2120/II tartib raqami bilan saqlanmoqda. X1X
asrning birinchi yarmida kwchirilib, kitob h’oliga keltirilgan.
Hakimbiy inoq kwp yillar davlat xizmatida bwlib,
amir Haydarning
ishonchini qozongan. Uning wlimidan (1826 y.) keyin taxt vorisi shaxzoda
Umarga xiёnat qilib, Ark darvozasini 1723 yildan beri Qarshida h’okim bib
wtirgan shah’zoda Nasrulla twraga ochib bergan. Hakimbiy qushbegi 1739 yili
Eron podshoh’i Nodirshoh’ (1736-1747 yy.) askariga Qarshini, keyin Buxoroni
topshirgan.
Maktublarda Buxoro amirining mamuriy-xwjalik faoliyati, shuningdek
uning davrida amalda bwlgan qonun-qoidalar, er egaligining turlari, suyurg’ol,
tanh’o, mulki xurriy xodis h’amda soliqlar-xiroj, zakot, ushrlar h’aqida muh’im
malumotlarni uchratamiz. Quyida misol tariqasida, wsha maktublardan bazilarini
keltiramiz.
“Xoqonning h’urmatiga
sazovor bwlgan, davlatning ishonchli odami
Muh’ammad Hakimbiy meh’tar
78
bilsinlarki, yakshanba kuni sih’at-salomat
Qarshiga kelib qwndik. İnshoalloh’, (kelasi) yakshanba kuni Samarqandga
jwnaymiz. Bizga lozim bwlgan va (janoblariga) tayin qilingan narsalarni olib,
agar Qarshiga kelolmaydigan bwlsalar, Wrta chwl va Xuzor Bug’a orqali
h’uzurimizga etib kelsinlar. Madrasayi oliyga vaqf etilgan ”Xazonayi
muftadiyn” otlig’ kitobni meh’tardan talab qilib olsinlar va tolibi ilmlarning
qwliga topshirsinlar.”
“Amirlik panoh’i, vazirlikdan ogoh’ bwlgan, xoqonning yaqin odami,
marh’amatga loyiq... xoqon h’azratlarining marh’amati tufayli zwr h’urmat
topgan Muh’ammad Hakimbiy inoq bilsinlarki, Abdurasul twqsabo
79
,
Safar
bah’odir, Husayn, Alibek yasovul
80
, Farmonboy, Xolboy, Norbwta, Murod,
Shomurod va Toshniёz, h’ammalari wn kishi bwlib, zakot
81
yig’ish uchun jwnab
ketishgan. Ulardan qaysi biri olti tillo yiqqan bwlsa, ёzib yuborsinlar.”
Hijriy 1224 yil.
“Amirlik tayanchi, vazirlik ah’volidan ogoh’ bwlgan, xoqonning yaqin
odami, baland martabalik Muh’ammad
Hakimbiy inoq, xoqonning
marh’amatidan sarfaroz bwlganlar, bilsinlarki, alh’amdulilloh’ h’ol-ah’volimiz
sog’-salomatlik va
shod-xurramlik darajasidadir, muborak xotirimiz
jamuljamdir.
Soniyan, maxfiy qolmasinki, qutlug’ uzangiga yuborgan arznoma etib
keldi. Uning mazmunidan ogoh’ bwlib, xursandlik h’osil bwldi. Va yana
(bilsinlarki), Pashog’ir tepasiga Xwqand lashkari kelib tushgan edi. Biz tarafdan
unga qarshi lashkar yuborganimizdan keyin (dushman) zafar asar lashkarning
qorasini kwrishi h’amono, yuzini chekinish sari wgirdi va bizga doxil bwlishga
tob berolmay orqaga chekindi.
78
Меҳтар-бошлиқ, бирон давлат муассасаси, қурхона-қурол-аслаҳа омбори, тўшакхона – подшоҳ, хон
хобхонаси учун зарур бўлган ашёлар омборининг бошлиғи.
79
Тўқсабо-подшоҳнинг олий мансабдорларидан, вазифаси шароитга қараб ўзгариб турган
.
80
Ясовул-кичик лавозимдаги сарой хизматчиси.
81
Закот-йилда даромаднинг қирқдан бир улуши миқдорида олинадиган солиқ.
162
(Va yana) Yalangtwshxon h’uzuridan ikki nafar chwri kelgan ekan,
ularga
qarab tursinlar.
Va yana, qachonki, biz tarafdan ul vazirlar tayanchi tarafga
(Yalangtwshxon tarafga) odam yuboriladigan bwlsa, ёki u tarafdan inoyatnoma
kelsa, unga ruxsat berib wtkazib yuborsinlar. İnoyatnomada ёzilganlarga amal
qilsinlar. U tarafdan yuborilgan sarupo va sovg’alarni eh’tiёt qilib bir ming tanga
zakot va 1080 tanga xiroj
82
h’isobidan bizga tegishlisini berib yuborsinlar.
Va yana, Eshmurod wnboshiga javob berdik. Kwrgan-bilgan va
eshitganlari xususida wzi swzlab beradi.”
Hijriy 1229 yil.
“Vazirlik suyanchg’i, amirlik wrni, xoqon h’azratlarining yaqin odami...
Muh’ammad Hakimbiy inoq bilsinlarki, oliy ostonaga yuborgan
arznomalari etib
keldi. Uning mazmunidan ogoh’ bwlganimizdan keyin, alh’amdulilloh’ muborak
xotirimiz h’ar vajdan xotirjam bwldi.
Va yana (shuni malum qilamizki) chorshanba kuni, mazkur oyning 25-
kuni h’olimizga qarab xalifalik eshigi (bwlmish) Kattaqwrg’onga jwnaymiz.
Sarkarda, mah’ram, xossabardor, qalmoqlar va boshqa amaldorlarga
meh’ribonlik kwrsatib, Buxoroyi sharifga borishlari uchun ijozat berdikki, biron
kishi ularga daxl qilmasin”.
Hijriy 1248 yil.
“Vazirlik tayanchi, amirlik wrni, (h’azrat) xoqonning yaqin kishisi...
Muh’ammad Hakimbiy inoq, xoqon h’azratlarining marh’amatlari sarfaroz
bwlganlar, bilsinlarki, mulla Solih’boyni, Sharif twqsaboni, Xudoyyuerdi
mirzaboshini
83
, Sharifxoja va Musobekni, Lochin mah’ram
84
, mulla Muh’ammad
mulla Vose wg’liga ruxsat berib jwnatdik, Qarshiga etib borgandirlar. Ёzib
yuborilgan kwrsatmaga amal qilsinlar.”
Hijriy 1231 yil, muh’arram oyining 17-si.
“Vazirlik tayanchi, amirlik wrni, (h’azart) xoqonning yaqin jwsti...
Muh’ammad Hakimbiy inoq, h’azarat xoqonning marh’amatlari
bilan sarfaroz
etilgan edilar, bilsinlarki, Urganchdan kelgan elchilar to eson-omon Buxoroyi
sharifga etib olgunlaricha (ularga) oziq-ovqat va em-xashak bersinlar... Boshqa
gaplarni h’umoyun egar qoshidan tutganlarida aytiladi. Vassalom”.
“Vazirlik tayanchi, amirlik kwmakchisi... Muh’ammad Hakimbiy inoq,
xoqon (h’azratlari)ning marh’amatlaridan sarfaroz etilganlar, bilsinlarki, saёdat
panoh’ Muh’ammad Siddiqxoja sudurni
85
xonning farzandi h’isoblab, amlok
bilan siyladik.”...
Hijriy 1229 yil.
82
Хирож-асосий солиқлардан, даромад солиғи, одатда даромаднинг учдан бир қисмини ташкил этган.
83
Мирзабоши – хоқон девонидаги мирзалар бошлиғи.
84
Маҳрам – хонга яқин, унинг ҳамма йиғинларида қатнашиш ҳуқуқига эга бўлган мансабдор.+
85
Судур – барча вақфлар мутасаддийси, мамлакат садрларининг бошлиғи.