ETNIK TIZIMLARI
Reja:
1.O’zbekiston hududida ma'muriy-boshqaruv tizimlari
2. Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi.
3. Iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik faoliyati.
4. Rossiyada 1917-yil voqealari
H ozirgi O’zbekiston yerlari 1917-yilda Rossiya lmperiyasining Turkiston o’lkasi,shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibi-da bo’lgan. Turkiston o’lkasi Sirdaryo, Farg’ona, Sa-marqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarning katta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g’arbiy qismlarida, Xorazm vohasida aholining ko’pchiligini O’zbeklar tashkil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'-muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan. Buxoro amirligi va Xivada hokimiyat va ma'muriy boshqaruv an'anaviy bo’lib, Buxoroda amir, Xivada xon hukmronlik qilardi. Buxoro ma'muriy jihatdan bekliklarga, bekliklar esa amloklarga bo’lingan. Mamlakat poytaxti atrofidagi hududlar tumanlarga bo’linib, ularni amir nomidan qushbegi boshqargan. Beklar, qozilar, raislar, tuman-lardagi amlokdorlar amir tomonidan tayinlangan. o’ttiz-ga yaqin bekliklardagi amlokdorlar va boshqa amaldorlarni bekning o’zi tayinlar edi. Mamlakatda byudjet yo’q bo’lib, bojxona va soliqlardan kelgan mablag’lar amir xazinasiga tushardi. Beklar, qozilar o’z daromadlarining bir qismini har yili amirga tortiq qilish uchun sarflar edi-lar. Mamlakatda yotqizilgan qariyb 600 km. temir yo'l bo’yida Rossiya tasarrufida bo’lgan 20 ga yaqin rus sha-har va qarorgohlari bor edi.Xiva xonligi 20 ta beklikka bo’lingan. Bundan tashqari Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot noibliklari va xon-ning o’ziga qarashli yerlar (Xiva shahri) ham bor edi. Qushbegi va devonbegilar oliy mansabdor kishilar hisoblanganlar. Qo’shinga yasavulboshi qo’mondonlik qilgan. Iqtisodiy-savdo aloqalari karvon yo’llari va Amudaryo suv vositalari orqali amalga oshirilgan.
Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi. Turkistonning Sirdaryo, Far-g’ona, Samarqand viloyatlari-da aholi soni 5,5 mln. kishini tashkil etgan. Ularning 80 %dan ko’prog’i qishloq joylarida, qolgan qismi shaharlarda yashagan. Buxoro amirligining aholisi 3 mln.dan ortiq, Xiva xonligi aholisi 500—550 ming kishi bo’lgan. Bu ikki mamlakatda qishloq aholisi ko’pchilikni tashkil qilardi.
O’zbekiston hududida yerli aholining asosiy qismini O’zbeklar tashkil qilgan. Bu yerda, shuningdek, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, ruslar hamda chegaradosh yurtlardan kelgan turli millat vakil-lari ham yashardilar. Bunday sharoit uzoq davom etib kelgan mustamlakachilik siyosatining oqibati edi. Xiva xonligida O’zbeklar aholining 65 %ini, turkmanlar 27%ini tashkil qilganlar, shuningdek, aholi tarkibiga qozoqlar, qoraqalpoqlar kirganlar. 1917-yilga kelganda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida 330 ta rus qarorgohi bo’lib, ulardagi xo’jaliklar soni 16257 tani tashkil qilardi.
O’lka aholisining ijtimoiy tarkibida dehqonlar va hunarmandlar ko’pchilikni tashkil qilgan, ulardan keyin-gi o’rinlarda savdo-tijorat ahli, ziyolilar, ishchilar, ruho-niylar, ma'muriy idoralar xodimlari, madrasa talabalari turganlar. Dehqonlar uch xil toifaga — yirik xo’jaliklar egalari, o’rtahollar va kambag’al-batraklar toifalariga mansub edilar. Masalan, 10 desyatinadan ortiq yeri bo’lgan baquvvat dehqonlar Samarqand viloyati va Toshkent uyezdida dehqonlar umumiy sonining 7 %ini, Farg’ona viloyatida esa 2,4 %ini tashkil qilganlar. Eng ko’p sonli o’rtahol va kambag’al dehqonlar bo’lgan.
Turkiston o’lkasining uch viloyatida 81241 nafar, Xiva xonligida 20 ming atrofida, Buxoro amirligida undan qariyb ikki baravar ko’p hunarmandlar faoliyat ko’rsatgan. Kasblariga qarab hunarmandlar guruhJar (sexlar)ga mansub bo’lib, har bir guruhni oqsoqol idora qilgan. Yollanma ishchilar soni Turkistonda 60 ming kishi atrofida bo’lib, Buxoro amirligida 3 mingga yaqin, Xiva xonligida 2 mingga yaqini yashar edi. Sanoat kor-xonalarida band bo’lgan ishchilar tarkibida O’zbeklar soni ancha ko’p, shuningdek, tojiklar va qirg’izlar ham bor edi. Ishchilar Turkistonning yirik shaharlarida, shu-ningdek, Yangi Buxoro (Kogon), Qiziltepa, Chorjo’y, Xivada joylashganlar. Savdo-tijorat ahli, tadbirkor sarmoyadorlar, boshqa-ruv mahkamalarining xodimlari, ruhoniylar, ziyolilar ham ko’p ming kishilik jamoani tashkil qilganlar. Chu-nonchi, Farg’ona viloyatidagi 160 ta paxta tozalash zavodidan 110 tasi, Samarqand viloyatidagi 37 zavoddan 27 tasi yerli millatlar vakillari qo’lida edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |