Xiv asrning 50-60-yillarida Movarounnahr nechta mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan?



Download 51,64 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi51,64 Kb.
#597045
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


XIV asrning 50—60-yillarida Movarounnahr nechta mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan?
{=10 ga yaqin
~15 ga yaqin
~8 ga yaqin
~18 ga yaqin}

XIV asrning 50—60-yillarida Samarqand viloyatida kim o‘zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi?


{=Amir Bayon Sulduz
~Amir Boyazid Jaloir
~Amir Hoji Barlos
~O‘ljaytu Sulduz}

XIV asrning 50—60-yillarida Amir Hoji Barlos qayerda o‘zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi?


{=Keshda
~Samarqand viloyatida
~Xo‘jandda
~Balxda}

XIV asrning 50—60-yillarida Xo‘jandda kim o‘zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi?


{=Amir Boyazid Jaloir
~Amir Husayn
~Amir Yasovuriy
~Amir Bayon Sulduz}

Qayerda XIV asrning 50—60-yillarida O‘ljaytu Sulduz o‘zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi?


{=Balxda
~Xo‘jandda
~Samarqand viloyatida
~Keshda}

Kimlar XIV asrning 50—60-yillarida Hisori Shodmon chegarasida o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar?


{= Amir Hoji Barlos va Amir Yasovuriy
~Amir Husayn va Amir Bayon Sulduz
~Amir Bayon Sulduz va Amir Boyazid Jaloir
~Amir Husayn va Amir Yasovuriy}

Ma’lumki, XIV asrning 50—60-yillarida Movarounnahr bir necha mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. O‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qilgan mahalliy hokimlarni o‘z viloyatlarini to‘g‘ri ko‘rsatgan holda belgilang.


1) Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz; 2) Keshda Amir Hoji Barlos; 3) Xo‘jandda Amir Boyazid Jaloir; 4) Balxda O‘ljaytu Sulduz 5) Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriy; 6) Samarqand viloyatida Amir Husayn; 7) Keshda Amir Yasovuriy; 8 ) Xo‘jandda O‘ljaytu Sulduz ; 9) Balxda Amir Boyazid Jaloir; 10) Hisori Shodmon chegarasida Amir Bayon Sulduz.
{= 1, 2, 3, 4, 5
~6, 7, 8, 9, 10
~2, 3, 4, 5, 10
~1, 6, 7, 8, 9}

Amir Temur qachon va qayerda tavallud topgan?


{=1336-yil 9-aprelda Kesh shahri yaqinida Xojailg‘or qishlog‘ida
~1336-yil 9-aprelda Buxoro yaqinidagi Hinduvon qishlog‘ida
~1336-yil 9-aprelda Fargo‘naming Rishton qishlog‘ida
~1336-yil 9-aprel Xorazmning Zamaxhsar qishlog‘ida}

Amir Temurning onasi Takina xotun qaysi yurtning obro‘li bekalaridan hisoblangan?


{= Buxoro
~Kesh
~Samarqand
~Termiz}

Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari …


{= Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
~Xo‘jand va Balx viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
~Samarqand va Hisori Shodmon viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
~Kesh va Xo‘jand viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. }

Amir Temurning yoshligi qayerda kechdi?


{=Keshda
~Hisori Shodmonda
~Samarqandda
~Xo‘jandda}

Necha yoshga to‘lgach, otasi Amir Temurni o‘qishga beradi?


{=yetti
~sakkiz
~olti
~besh}

Kim Temurbekning piri bo‘lgan?


{=Shayx Shamsiddin Kulol
~Xoja Ubaydulloh Ahror
~Bahouddin Naqshband
~Ahmad Yassaviy}

Amir Temur yoshligida nimalarga ishqiboz bo‘lib, qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi?


{=chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.
~ovga ishqiboz bo‘lib, savdo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.
~otlarga ishqiboz bo‘lib, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.
~yugurishga ishqiboz bo‘lib, tengdoshlari bilan turli musobaqalar tashkil qilishni yoqtirar edi. }

Amir Temur qanday shaxs sifatida voyaga yetadi?


{=tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida
~davlat ishlarini uddaburonlik bilan uddalay oladigan shaxs sifatida
~dushmanlarga nisbatan qahrli va shafqatsiz, hunarmandlarni ezozlaydigan shaxs sifatida
~dehqonchilikni uddalay oladigan shaxs sifatida}

Ma’lumki, Amir Temurning atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib shakllana borishardi. Bu guruh orasida kimlar keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar?


{= Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek
~Amir Bayon Sulduz, Amir Hoji Barlos, Amir Boyazid Jaloir
~O‘ljaytu Sulduz, Amir Husayn, Amir Yasovuriy
~Amir Joku Barlos, Amir Husayn, Tug‘luq Temur, Ilyosxo‘ja}

O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur nima qilishdan boshlagan?


{=ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan
~mo‘gul xonlariga xizmat qilishdan
~otasining qo‘shinida xizmat qilishdan
~amakisi Amir Hoji Barlos xizmat qilishdan}

Otasi Amir Temurni qachon Amir Joku Barlosning qizi Turmush Og‘oga uylantiradi?


{= 1352-yilda
~1355-yilda
~1358-yilda
~1362-yilda}

Qachon Amir Temur Qazog‘onning nabirasi Uljoy Turkon Og‘oni o‘z nikohiga oladi?


{= 1355-yilda
~1358-yilda
~1362-yilda
~1375-yilda}

Kimni nikohi tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi?


{=Uljoy Turkon Og‘o
~Turmush Og‘oga
~ Saroy Mulk xonim
~ Cho‘lpon Mulk Ogo begim}

Qachon Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqadi?


{=XIV asrning 50-yillari oxirida
~XIV asrning 50-yillari boshida
~XIV asrning 50-yillari o‘rtasida
~XIV asrning 40-yillari oxirida}

Kim 1360—1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi?


{=mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur
~mo‘g‘uliston xoni Ilyosxo‘ja
~mo‘g‘uliston xoni Amir Qozog‘on
~mo‘g‘uliston xoni Kebek}

Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos qaysi tomon qochadi?


{= Xuroson
~Hindiston
~Badaxshon
~Xorazm}

Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan Amir Temur o‘z viloyatining dorug‘asi etib tayinlanganda Amir Temur necha yoshda edi?


{= 24 yosh
~18 yosh
~20 yosh
~22 yosh}

Amir Temur qanday tarixiy sharoitda Movarounnahrda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi?


{= siyosiy vaziyat keskinlashgan, uning mustaqilligini ta’minlash zaruriyati ko‘ndalang bo‘lib turgan paytda
~mo‘g‘ullar Movarounnahrdan ommaviy ko‘chib keta boshlangan paytda
~mo‘g‘ulistonda taxt uchun kurash boshlangan paytda
~Movarounnahrda barqaror siyosiy vaziyat vujudga kelgan paytda}

Tug‘luq Temur kimni Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi?


{= o‘g‘li Ilyosxo‘jani
~Amir Temurni
~Amir Husaynni
~Amir Hoji Barlos}

Amir Temur kim bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi?


{= Balx hokimi Husayn bilan
~Ilyosxo‘ja bilan
~sarbadorlardan Mavlonozoda Samarqandiy biulan
~Samarqand viloyati hokimi Amir Bayon Sulduz}

1363-yilda qayerda Amir Temur bilan Amir Husayn Ilyosxo‘ja ustidan g‘alaba qozonadilar?


{= Qunduz shahri yonida
~Balx shahri yonida
~Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida
~Marv shahri yonida}

Ilyosxo‘ja qachon Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi?


{=1365-yil bahorida
~1366-yil bahorida
~1364-yil oxirida
~1365-yil 22-mayda}

1365-yil 22-mayda …


{= “Loy jangi” bo`lib o`tadi
~1366-yil bahorida
~1365-yil bahorida
~1364-yil oxirida}

“Loy jangi” kimlar o`rtasida bo`lib o`tgan?


{=Amir Temur bilan Amir Husaynning qo‘shinining Ilyosxo‘ja boshchiligidagi mo‘g‘ullarga qarshi
~Amir Temur bilan Amir Husaynning qo‘shinining Tug‘luq Temur boshchiligidagi mo‘g‘ullarga qarshi
~Amir Temur bilan Amir Hoji Barlosning qo‘shinining Ilyosxo‘ja boshchiligidagi mo‘g‘ullarga qarshi
~Amir Temur bilan Amir Husaynning qo‘shinining Abu Bakr Kuluiy boshchiligidagi mo‘g‘ullarga qarshi}

“Loy jangi” qayerda sodir bo‘ladi?


{= Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida
~Samarqand bilan Kattaqo‘rg‘on yaqinidagi zarafshon daryosi bo‘yida
~Kesh bilan Nasaf yaqinidagi Qashqadaryo yaqinida
~Qunduz shahri yonida}

“Loy jangi” qanday natija bilan tugaydi?


{= Ilyosxo‘ja g‘alabasi bilan
~Amir Temur g‘alabasi bilan
~ o‘zaro sulh bilan
~Ilyosxo‘ja mag‘lubiyatga uchrasada, Amir Husayn bilan bir tomonlama sulh tuzishga erishdi}

Ilyosxo‘ja “Loy jangi”dan so`ng qaysi shaharlarni egallab, Samarqand ustiga yuradi?


{= Xo‘jand va Jizzax
~Samarqand va Buxoro
~Toshkent va O‘tror
~Xo‘jand va Toshkent}

Sarbadorlar harakati Movarounnahrda qachon va nima sabadan vujudga keldi?


{= XIV asrning 60-yillarida mo‘g‘ul xonlarining hujumi munosabati bilan
~XIV asrning 60-yillarida Amir Temur mag‘lubiyati bilan
~ XIV asrning 60-yillarida Ilyosxo‘ja mag‘lubiyati bilan
~XIV asrning 60-yillarida Erondagi turkmanlar hujumi bilan }

Samarqand sarbadorlariga kimlar boshchilik qiladilar?


{= Mavlonozoda Samarqandiy, Abu Bakr Kuluiy va Xurdaki Buxoriy
~Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq
~Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek
~Amir Husayn va Amir Yasovuriy}

1366-yilning bahorida Amir Temur va Amir Husayn Samarqandning qayeriga kelib tushadilar?


{=Konigil mavzeyiga
~Urgut tumaniga
~Kattaqo‘rg‘on tumaniga
~Chelak tumaniga}

Qaysi yillar davomida Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar bo‘ladi?


{= 1366—1370-yillar
~1360-1670-yillar
~1362-1363-yillar
~1364-1365-yillar }

Pir — bu …


{= oliy rahnamo
~sadr
~tuman boshlig‘I
~xoqon}

Boshini dorga tikkanlar, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni qatnashchilari qaysi nom bilan atalgan?


{= sarbadorlar
~sarkorlar
~sohibqironlar
~tudunlar}

Amir Temur markazlashgan davlat tuzishni amalga oshirishda kimlarga suyanadi?


{= ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlarga
~mahalliy zodagonlarga
~dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlarga
~mo‘g‘ul zadoganlar va mahalliy hokimlar}

Amir Temur markazlashgan davlat tuzishni ro‘yobga chiqarish ishini avvalo nima qilishdan boshlaydi?


{= ichki g‘animlariga qarshi kurashdan
~ma’muriy islohatdan
~harbiy va ma’muriy islohatdan
~pul islohatdan}

Qachon Amir Temur butun qo‘shinlari bilan Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi?


{= 1370-yil bahorida
~ 1366-yil bahorida
~1365-yil bahorida
~ 1370-yil kuzida}

Amir Temur qo‘shini qayerga yetganida uning huzuriga taniqli sayidlardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi?


{= Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga
~Samarqand yaqinidagi Konigil mavzeyida
~Kesh shahri yaqinidagi Xojailg‘or qishlog‘ida
~Chirchiq daryosi bo‘yida}

Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga nima tortiq qiladi?


{=Oliy hokimiyat ramzi qilich va xanjar
~tulpor ot
~Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalov-bayroq
~Oliy hokimiyat ramzi oltin kalit}

Qachon Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi?


{=1370-yilning 10-aprelida
~1365-yilning 22-mayida
~1370-yilning 10-iyulida
~1372-yilning 20-aprelida}

Qachon Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi?


{= 1370-yilning 10-iyulida
~1370-yilning 11 aprelida
~1370-yilning 10-aprelida
~1365-yilning 22-mayida}

1370-yil iyulida Amir Temur qayerda qurultoy chaqiradi?


{= Samarqandda
~Balxda
~Buxoroda
~Termizda }

1370-yil iyulida Amir Temur tomonidan chaqirilgan qurultoyda kim ishtirok etmaydi?


{=Shibirg‘on hokimi amir Zinda Chashm
~Samarqand viloyati hokimi amir A’lam Shayx
~Kesh hokimi Ardasher qavchin
~Xo‘jand hokimi amir Sayfuddin}

Qachon Samarqand Amir Temur davlati poytaxti deb e’lon qilindi?


{=1370-yil iyulida
~1370-yil aprelda
~1370-yil iyunida
~1370-yil avgustida}

Amir Temur hukmronligining dastlabki yilida kimlarni yirik harbiy bo‘linmalarning boshliqlari etib tayinladi?


{= Amir Bayon Sulduz, Amir Hoji Barlos, Amir Boyazid Jaloir
~ Sayyid Baraka, amir Zinda Chashm, Tug‘luq Temur
~ Amir Husayn va Amir Yasovuriy
~Joku, Sayfuddin, Abbos, Iskandar, A’lam Shayx, Ardasher qavchin}

Qachon Shibirg‘on Amir Temurga bo‘ysundirilib, uning hokimi Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o‘tadi?


{= 1370-yilda
~1372-yilda
~1371-yilda
~1373-yilda}

Amir Temur sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon yurish qilib, qayerlarni o‘z tasarrufiga oldi?


{= Farg‘ona vodiysi hududlarini, O‘tror, Yassi va Sayramni
~Hisor, Badaxshon, Qunduzni
~Hirot, Seiston, Mozandaronni
~Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavorni}

Qaysi viloyat amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo‘ysundilar?


{=Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor
~Hisor, Badaxshon, Qunduz
~Farg‘ona vodiysi, O‘tror, Yassi va Sayram
~Hirot, Seiston, Mozandaron}

Qachon Amir Temur Hirot, Seiston, Mozandaronni egallaydi?


{= 1381-yilda
~1370-yilda
~1372-yilda
~1380-yilda}

Qaysi shaharlar jangsiz Amir Temurga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi?


{= Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor
~Hisor, Badaxshon, Qunduz
~Farg‘ona vodiysi, O‘tror, Yassi va Sayram
~Hirot, Seiston, Mozandaron}

Qaysi davlat Amir Temur saltanati bilan Oltin O‘r da xonligi oralig‘ida qaror topgan edi?


{= Xorazm
~Xuroson
~Movarounnahr
~Sharqiy Turkiston}

Xorazm mo‘g‘ullar davrida necha qismga ajralgandi?


{= Ikki
~uch
~to‘rt
~besh}

XIII asrning 70-yillarida markazi Urganch shahri bo‘lgan Shimoliy Xorazm qayerga bo‘ysundirilgan edi?


{= Oltin O‘rdaga
~Movarounnahr
~Chig‘atoy ulusiga
~mo‘g‘uliston}

XIII asrning 70-yillarida Chig‘atoy ulusiga Xorazmning qaysi qismi bo‘ysundirilgan edi?


{= Shimoliy Xorazm
~Sharqiy Xorazm
~G‘arbiy Xorazm
~ Janubiy Xorazm}

Xorazmning qaysi qismi markazi Kat qal’asi bo‘lgan?


{= Sharqiy Xorazm
~Shimoliy Xorazm
~G‘arbiy Xorazm
~Janubiy Xorazm}

XIV asrning 60-yillari oxirida qayerda yuz bergan g‘alayonlar vaqtida Qo‘ng‘irot so‘filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar?


{= Oltin O‘rdada
~mo‘g‘ulistonda
~Movarounnahrda
~Sharqiy Turkistonda}

Kimlar Kat va Xiva shaharlarini fath etib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar?


{= Qo‘ng‘irot so‘filar
~Minglar so‘filari
~Mang‘it so‘filari
~Barlos so‘filari}

Nima uchun Amir Temur Xorazmni o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosatini tutdi?


{= chunki Amir Temur butun Xorazmni Oltin O‘rda ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi.
~chunki Amir Temur butun Xorazmni davlatiga xavf soluvchi davlat deb hisoblar edi.
~chunki Amir Temur butun Xorazmni mo‘g‘ulistonning ajralmas qismi deb hisoblar edi.
~chunki Amir Temur butun Xorazmni Chig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. }

Qachon Amir Temur Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi?


{= 1372-yilda
~1370-yilda
~1371-yilda
~1375-yilda}

Amir Temur Xorazmga necha marta harbiy yurish qildi?


{= besh marta
~uch marta
~ikki marta
~to‘rt marta}

Qaysi davlatni Amir Temur 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi?


{= Xorazm
~Oltin O‘rdani
~Chig‘toy ulusini
~Mo‘g‘ulistonni}

Amir Temur qayerlarni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi?


{= Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni
~Oltin O‘rda, Chig‘toy ulusi, mo‘g‘ulistonni
~Jo‘ji ulusi, Xurosonn
~Eron va Hindistonni}

Mamlakatning barcha hududida yagona hukmdor hokimiyati o‘rnatilgan davlat nima deb ataladi?


{=markazlashgan davlat
~respublika
~aristokratiya
~aslzodalar hokimiyati}

Tabl — bu …


{= katta nog‘ora
~ bayroq
~xanjar
~ qilich }

Amir Temur saltanatiga dastlabki davrda qaysi davlatlar xavf solib turardi?


{= mo‘g‘uliston xonlari va Jo‘ji ulusi xonlari
~Eron va Hindiston
~Oltin O‘rda va Xuroson
~Chig‘atoy ulusi va Xorazm}

Qaysi davlatlar Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf edi?


{= Oq O‘rda va Oltin O‘rda
~Mo‘g‘uliston va Chig‘atoy ulusi
~Eron va Oltin O‘rda
~Turkiya va Xulagidlar ulusi}

Nima maqsadda Amir Temur Oltin O‘rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga jiddiy harakat qiladi?


{= Oltin O‘rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o‘tadigan karvon yo‘lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko‘zlaydi.
~Movarounnahrga shimoldan bo‘ladigan jiddiy xavfni oldini olishni ko‘zlaydi.
~Oltin O‘rda taxtiga o‘z o‘g‘lini o‘tkazib, Movarounnahrga qo‘shib yuborishni ko‘zlaydi.
~Oltin O‘rda orqali Turkiyani shimoldan zabt etishni ko‘zlaydi.}

Amir Temur Oltin O‘rdani o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida qanday vaziyatdan foydalanadi?


{= Jo‘ji ulusidagi o‘zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi.
~mo‘g‘uliston bilan Oltin O‘rda o‘rtasida boshlanib ketgan urushdan uddaburonlik bilan foydalanadi.
~Oltin O‘rdaning Xorazmga qilgan tajovuzidan uddaburonlik bilan foydalanadi.
~Oltin O‘rdada boshlangan iqtisodiy inqirozdan uddaburonlik bilan foydalanadi.}

Amir Temur yordamida chingiziylardan qay biri Oltin O‘rda taxtini egalladi?


{= To‘xtamish
~ Mahmud Yalavoch
~ Suketu Cherbi
~Munke}

Amir Temur To‘xtamishga qarshi necha marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi?


{= uch marta
~ ikki marta
~ to‘rt marta
~ besh marta}

Qachon Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida Amir Temur bilan To‘xtamish o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi?


{= 1395-yilning 15-aprelida
~1365-yilning 22-mayida
~ 1370-yilning 11 aprelida
~1404-yilning 27-noyabrida}

Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasining tarixiy ahamiyatini qayd eting.


{= O‘rta Osiyo, Sharqiy Yevropa, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun buyuk ahamiyat kasb etdi.
~ Amir Temur davlatiga shimoldan bo‘ladigan xavfni bartaraf etadi.
~mo‘g‘uliston davlatining inqirozini boshlab berdi.
~Turkiyani Yevropaga qiladigan tajovuzini oldini oldi.}

Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga necha marta askar tortadi?


{= uch marta
~ ikki marta
~to‘rt marta
~besh marta}

Nima maqsadda Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga askar tortadi?


{= o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
~ o‘z saltanatining shimoliy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
~o‘z saltanatining sharqiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
~o‘z saltanatining g‘arbiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida}

Amir Temurning Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga yurishlari tarixda qanday nom olgan?


{= uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar
~ to‘rt yillik, olti yillik va sakkiz yillik
~ ikki yillik, besh yillik va yeti yillik
~ uch yilik, to‘rt yilik va yeti yillik}

1386—1388-yillarda Amir Temurning qaysi yurishlari bo‘lib o‘tdi?


{= uch yillik
~besh yillik
~yetti yillik
~ikki yillik}

Amir Temurning qaysi harbiy yurishlari natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko‘li atrofidagi) yerlar egallanadi?


{= uch yillik
~besh yillik
~yetti yillik
~uch va yetti yillik}

Amir Temur qaysi shaharlarga tegmagan, qo‘shinlarini bunday shaharlarga kiritmagan?


{= o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib, moli omon to‘lasa.
~ o‘z qo‘shinini Amir Temur ixtiyoriga jo‘natsa.
~barcha qurol yarog‘ini topshirsa.
~hunarmandlari Amir Temur saltanatining poytaxtini bunyodkorligida o‘z hissasi bilan qatnashsa}

Qaysi sabablar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi?


{= Muzaffariylar, Jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar ~Eronning turklar tomonidan bosib olinishi
~Eronning Movorounahrga qilgan tajovuzi
~Eronning Amir Temurga boj to‘lashdan bosh tortishi}

Nechanchi yillarda Amir Temurning besh yillik urushi bo‘lib o‘tadi?


{= 1392—1396-yillar
~1386—1391 yillar
~1391 1396-yillar
~1392-1397-yillar}

Qaysi hududlar besh yillik urush davomida egallanadi?


{=Eron, Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armaniston
~G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz
~Hindiston, Xitoy
~Eron, Qozoq ulusi}

Qachon Amir Temurning yetti yillik urushi bo‘lib o‘tadi?


{= 1399—1404-yillarda
~ 1399-1405-yillar
~1398-1404-yillar
~1398-1405-yillar}

Qaysi yillarda Amir Temur Hindistonga yurish qilindi?


{=1398-1404-yillar
~1399—1404-yillarda
~1399-1405-yillar
~1399-1403-yillar }

Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan necha marta xat almashish tashabbuskori bo‘lgan?


{= 4 marta
~ 3 marta
~5 marta
~ 2 marta}

Qaysi omillar tufayli Amir Temur davlati bilan Usmonli turklar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi?


{= Boyazid qoraqo‘yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganligi sababli
~Xuroson masalasidagi ziddiyatlar
~Boyazidning Movarounnahrga talonchilik yurishlari
~Boyazidning Oltin O‘rda davlati bilan ittifoqda Xorazmga tajovuzi}

“Anqara jangi” qachon bo`lib o`tadi?


{=1402-yil 20-iyulda
~1395-yilning 15-aprelida
~1365-yilning 22-mayda
~1370-yilning 11 aprelda}

“Anqara jangi” kimlar o`rtasida bo`lib o`tadi?


{= Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasida
~Amir Temur bilan Ilyozxo‘ja qo‘shinlari o‘rtasida
~Amir Temur bilan To‘xtamishxon qo‘shinlari o‘rtasida
~Amir Temur bilan Amir Husayn qo‘shinlari o‘rtasida}

“Anqara jangi”da hammasi bo‘lib qancha askar qatnashadi?


{= 360 ming nafar
~200 ming nafar
~500 ming nafar
~150 ming nafar}

Amir Temur qo‘shining markaziy qismiga kim qo‘mondonlik qiladi?


{= Amir Temur
~ Mironshoh
~Umarshayx
~Shohruh}

Sohibqiron kuchlari turk qo‘shinini tor-mor etgach Sulton Boyazid bilan birga kim asirga tushadi?


{= o‘g‘li Muso Chalabiy
~o‘g‘li Sulaymon
~o‘g‘li Iso
~Sayfuddin}

“Anqara jangi”dan so`ng Amir Temur qayerlik askarlarni ta’qib etib Bursa va Izmir shahrini zabt etadi?


{= rumlik
~suriyalik
~ yunon
~ turk}

Qaysi shaharlarni zabt etib Amir Temur salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi?


{= Bursa va Izmir
~Isfahon va Tabriz
~ Bag‘dod va Anqara
~Istambul va Quddus}

“Anqara jangi”dan so`ng qaysi davlat Amir Temurga o‘z itoatkorligini izhor etadi?


{= Misr
~Suriya
~Kastiliya
~ Vizantiya}

“Anqara jangi”dan so`ng Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar kimga to‘lanadigan bo‘ldi?


{= Amir Temurga
~ Karl Viga
~ Genrix IIIga
~ Mironshohga}

1403-yilning 9-martida …


{= Usmonli turk sultoni Sulton Boyazid vafot etdi.
~Amir Temur Xitoyga harbiy yurish boshladi.
~Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang sodir bo‘ldi.
~Amir Temur Hindistonga harbiy yurishi boshlandi.}

Amir Temur Usmonli turk sultoni Sulton Boyazid vafot etgach uning yerlarini kimga suyurg‘ol qilib beradi?


{= Sulton Boyazidning o‘g‘illari Sulaymon, Iso va Musolarga
~Amir Temurning o‘z o‘g‘illari Mironshoh, Umarshayx, Shohruh
~Amir Temurning o‘z sarkardalari Joku, Sayfuddin, Abbos
~Amir Temurning o‘z sarkardalari Iskandar, A’lam Shayx, Ardasher qavchin}

Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa G‘alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun qaysi qirol o‘z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga urinar edi?


{= Genrix III de Trastamara
~ Karl VI
~Genrix IV
~Ioann VII Paleolog}

Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qaysi davlat qirolini jiddiy qo‘llab-quvvatlaydi?


{= Kastiliya va Leon qiroli
~ Italiya qiroli
~Angliya qiroli
~ Fransiya qiroli}

Quyidagi hukmdorlardan qay biri 1380—1422-yillarda hukmronlik qilgan?


{= Karl VI
~Genrix IV
~Genrix III
~Karl IV}

Angliya qiroli Genrix IV qaysi yillarda hukmdorlik qilgan?


{= 1399—1413-yillarda
~1390—1407-yillarda
~1380—1422-yillarda
~1380—1396-yillarda}

Genrix III …


{= 1390—1407-yillarda Kastiliya va Leonda hukmdorlik qilgan.
~1380—1422-yillarda Fransiyada hukmronlik qilgan.
~1399—1413-yillarda Angliyada hukmdorlik qilgan.
~1390-1407-yillarda Venetsiyada hukmdorlik qilgan.}

Nima sababdan Yevropaning ayrim davlatlari Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar?


{= Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning ~xaloskoriga aylangan edi.
~Yevropa hukmdorlari Amir Temur bilan teng savdo-sotiq qilishga o‘tganligi
~Buyuk Ipak yo‘lining Usmonli turklar tomonidan xavfi bartaraf etilishi.
~Amir Temur davlati bilan harbiy ittifoqni vujudga kelishi}

Amir Temur Samarqanddan Xitoyga harbiy yurishiga qachon va qancha qo‘shin bilan chiqdi?


{= 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan
~ 1405-yil 18-fevralida 200 ming qo‘shin bilan
~1402-yilning 20-iyulida 160 ming qo‘shin bilan
~1395-yilning 15-aprelida 200 ming qo‘shin bilan}

1405-yil 18-fevralda …


{= Amir Temurning to‘satdan vafot etdi.
~ Amir Temur Samarqanddan Xitoyga harbiy yurishiga chiqdi.
~ Sulton Boyazidning to‘satdan vafot etdi.
~“Anqara jangi” bo`lib o`tdi.

}


Qaysi davlat ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi tufayli amalga oshmay qoldi?
{= Xitoy
~ Misr
~Suriya
~Hindiston}

Amir Temur necha yil davomida mamlakatni boshqardi?


{= 35 yil
~36 yil
~ 45 yil
~40 yil}

Amir Temur qayerga qadar bo‘lgan hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi?


{= Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga
~Tibetdan O‘rta Yer dengizigach va Volga daryosidan Fors qo‘ltig‘igacha
~mo‘g‘ulistondan Kaspiygacha va Uraldan Arabiston dengizigacha
~Balxash ko‘lidan O‘rta Yer dengizigacha va Irtish daryosidan Erongacha}

Download 51,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish