165
XVI asrda wtgan xurosonlik ёzuvchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi ul-
voqoyi” (“Ajoyib voqealar”) degan memuar asarida shayboniy h’ukmdorlarning
maktublari, fath’nomalari va ёrliqlaridan bazilarining nusxalari ilova qilingan.
Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar Ubaydullaxon,
Jonibek Sulton
va boshqalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshliq Eron
(qizilbosh) askarlari ustidan qozongan g’alabasi va wsha Ubaydullaxonning
Koshg’ar xoni Abjurashidxon bilan ittifoqda qozoq sultonlari ustidan qozongan
g’alabasi munosabati bilan Movarounnah’rning barcha viloyatlari, Koshg’ar va
boshqa mamlakatlarga yuborgan fath’nomalari bor.
Mazkur asarda Toshkent xoni Navrwz Ah’madxon-Baroqxon tarafidan
berilgan bir h’ujjat, ёrlig’ diqqatga sazovordir. Hujjatda mazkur xonning Sayyid
Shamsuddin Muh’ammad Kurtiy sadrga viloyatda, Toshkent viloyatidagi barcha
konlar suyurg’ol
87
qilib berilgani aytilgan. Va yana
nomi tilga olingan sadrga
ushbu viloyatda yangidan wzlashtirilgan barcha erlar mulk sifatida inom qilib
berilgani aytilgan.
Huquqiy h’ujjatlar, ёrliqlar “Ravzat ar-rizvon” kitobida h’am bor. Ulardan
bazilarini qaydga olib wtamiz.
1) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning 1579 yilgi farmoni. Unda Hisor,
Deh’i nav - Denov, Kubodiёn va shah’ri safoning h’okimlari-arbobon va
kalontaronga xoja Sadga tegishli erlarni sug’orish uchun Vaxshdan
chiqarilaёtgan ariqni qazish ishlariga 10 ming ishchi, markidor yuborish
majburiyati yuklatilgan.
2) Mazkur xonning juyboriy xojalaridan xoja Sadga Toshkent yaqinidagi
Zah’ ariqni tortiq qilingani h’aqidagi 1583 yilgi farmoni.
3) Toshkent h’okimi Abdulquddus Sultonning
Zax ariq atrofidagi erlarni
xoja Sadga suyurg’ol qilib berilgani h’aqidagi va wsha erlarni barcha soliq va
jarimalardan ozod qilingani, uning erlarida ishlash uchun ishchi, koranda
yuborish h’aqidagi farmoni.
4) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning h’azrat xoja Sadning Marvi
shoh’ijah’on viloyatidagi barcha er-suvi va boshqa mulkini uning faqat bir wziga
tegishli ekanligini va uni molu jih’ot, muqarrariy, tarh’, sabon
88
va boshqa
soliqlardan ozod etilganligi h’aqidagi 1578 yil avgustdagi farmoni.
5) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxon tarafidan mulla Muh’ammadbiy
nomiga berilgan 1585 yil aprel oyidagi ёrlig’. Unda Hisor viloyatining
h’okimlari unga xoja Sadning mazkur viloyatdagi erlarni sug’orish
uchun Vaxsh
darёsidan chiqarilaёtgan nah’rni qazish ishiga 10 ming ishchi, mardikor twplab
berishlari va nomi zikr etilgan amirning barcha kwrsatmalarini swzsiz
bajarishlari zarurligi aytilgan.
6) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Kalonga, xoja Sadga Yazd
va İsfah’on viloyatlaridan er-suv inom qilish-darubast h’aqidagi 1588 yil
oktyabr-noyabr oyidagi farmoni.
87
Суюрғол – давлат олдидаги катта хизматлар учун берилган ер-сув, мулк.
88
Сабон - ҳосил байрами, сабан тўйни ўтказиш учун аҳолидан олинадиган йиғим, сабан тўй харажатлари.
166
7) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Sadning suyurg’ol erlarini
wg’illari xoja Tojiddin bilan xoja Abdurah’im wrtasida taqsimlash va bu erlarni
soliq va jarimalardan ozod qilish twg’risidagi 1590 yil
yanvar-fevral oylaridagi
farmoni.
8) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Tojuddin Hasanning Marv
viloyatidagi er-suvini barcha soliq va jarimalardan ozod qilish twg’risidagi 1590
yil fevral-mart oylaridagi farmoni.
Yurtimiz tarixiga oid h’ujjatlarni wrganish va ilmiy tadqiqotlarga tadbiq
etish h’ali talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki bularsiz
tarixni, ayniqsa uning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini wrganib bwlmaydi.
Bizning fikrimizcha, eng avvalo, ularni ilmiy tavsiflab, kataloglarini nashr qilish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: