129
“Sharafnomayi shoh’iy” asarining qisqartirilgan nusxasi, deb aytgan
41
bwlsa, ingliz
sharqshunosi Ch.A.Stori h’amda “Sobranie vostochnıx rukopisey AN UzCCR”
ketalogini tuzuvchilari uni “Tarixi Shayboniy”
deb ataganlar
42
. Yaqinda Sankt-
Peterburglik olima M.A.Saloh’itdinova “Musaxxir ul-bilod”ni mustaqil asar
ekanligini aniqladi va asar h’amda uning muallifi h’aqida qisqa ilmiy axborot elon
qildi.
“Musaxxir ul-bilod” Shayboniylar sulolasining Abulxayrxondan boshlab
shajarasi baёni bwlib, Wzyuekiston va Qozog’istonning
XV-XVI asrlardagi
tarixini wrganishda muh’im qwllanmalardan biri h’isoblanadi. Asar 1610 yil
atrofida ёzilgan.
Kitob tarkibi muqaddima va olti bobdan iborat.
Birinchi bob Abulxayrxonning wg’li va taxt vorisi Shoh’ Bulog’ Sulton,
uning wg’illari Muh’ammad Shoh’baxt, Shayboniyxon va Mah’mud Sulton
h’amda udarning avlodi tarixini wz ichiga oladi.
İkkinchi bobda Kwchkunchixon (Kwchumxon) va uning Samarqandda
h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi baёn etilgan.
Uchinchi bobda Suyunchxojaxon va uning Toshkent h’amda Turkistonda
h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi keltirilgan.
Twrtinchi bobda xoja Muh’ammadxon va uning Movarounnah’rda
podshoh’lik qilgan avlodi tarixi keltirilgan.
Beshinchi bob Abdulmwminxonning taxtga wtirishi (1598 y.) va qisqa
h’ukmronligi h’aqida.
Oltinchi bobda Buxoroning
diqqatga sazovor joylari, muallif bilan
zamondosh bwlgan va Buxoroda istiqomat qilgan shayxlar, olimlar va shoirlar
h’aqida qisqacha malumot beriladi.
“Musaxxir ul-bilod” kam wrganilgan, qwlёzma nusxalari h’am kam.
Hozir
uning faqat qwlёzma nusxasi malum: biri WzR FA Sharqshunoslik institutida
(İnv.№ 1505), ikkinchisi Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg
bwlimida (İnv.№ S. 465) saqlanmoqda. Afsuski, ikkala nusxa h’am twla emas.
Birinchi nusxada muqaddima va birinchi bobning katta qismi etishmaydi, ikkinchi
nusxaning esa eng kerakli V-VI boblari ywq.
Asarning I-IV boblarida XVI
asr tarixiga oid manbalarni, xususan
“Sharafnomayi shoh’iy”dek yirik asarlarni h’am malum darajada twlatuvchi,
ularda baёn etilgan voqealarga aniqlik kirituvchi qimmatli malumotlar kwp.
Shayboniyxon tomonidan 1507 yili wtkazilgan pul isloh’oti; Shayboniylar wrtasida
kelishmovchiliklar va wzaro nizolar,
uning sabablari; Shayboniylar bilan qozoq
xonlari wrtasidagi siёsiy munosabatlar; wsha zamonlarda Sirdarё bwyida istiqomat
qilgan qoraqalpoqlar va ularning XVI asrning oxiri va XVII asr boshlaridagi
ah’voli;
Toshkent, Turkiston, Sayram, Andijon va Axsiket kabi shah’arlarning XVI
asrning swnggi choragidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqidagi malumotlar shular
jumlasidandir.
41
Умняков И.И. “Абдулла-наме” Хафиза Таниша и ее исслеователи//Записки коллегии востоковедов, У
том.-Ленинград, 1930, стр. 322.
42
Стори Ч.А. Персидская литература. Био-библиографический обзор. 2 часть. Стр.117; Собрание восточных
рукописей АН УзССР.-Т.: 1 том.1952. стр. 80.