Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy”



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   276
11.2.7. “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” 
 “Abdullanoma” 
ёki “Sharafnomayi shoh’iy” asarining ijodkori XVI asrda 
wtgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yili 
Buxoroyi sharifda nufuzli mansablor xonadonida dunёga kelgan. Otasi Mir 
Muh’ammad al-Buxoriy Buxoroning kwzga kwringan boёnlaridan bwlib, 
shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan bwlgan, 1550 yilning boshlarida 
Koshg’arga ketib qolgan va oradan ikki yil chamasi vaqt wtgach, wsha .rtda vafot 
etgan. 
 
Hofiz Tanish Buxoriy wz davrining chuqur va keng malumotli kishilaridan 
bwlib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo 
kwkaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga qabul qilingan va uning 
shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy 
umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Maleh’o Samarqandiyning 
malumotiga kwra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zah’arlab wldirilgan. 
 
Hofiz Tanish  wzining “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” asari 
bilan nom chiqargan. Kitobda Wzbekiston, Qozog’iston, shuningdek, qisman, 
Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixi baёn qilinadi. Undan 
tashqari, asarda Buxlol xonligi bilan Eron, Hindiston, Koshg’ar va Rossiya 
wrtasidagi munosabatlar h’aqida h’am qimmatli malumotlar bor. Asar XVI asrning 
80-yillari oxirida ёzib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir va 
adabiёtshunos olim Mutribiyning guvoh’lik berishiga qaraganda, asarning oxirgi 
qismini, xonning topshirig’i bilan, qozi Poyanda Zominiy (1602 yili vafot etgan) 
ёzgan. Lekin bu fikrni boshqa manbalar tasdiqlamaydi. 
 
“Sharafnomayi shoh’iy” asari muallifning rejasiga kwra, muqaddima, ikki 
qism  ёki maqola va xotimadan iborat qilib ёzilishi mwljallangan. Masalan, 
muqaddima, odatdagidek Alloh’ning madh’u sanosi, h’omiy, oliy h’ukmdor 
Abdullaxonning shaniga aytiladigan tarifu tavsif, asarning ёzilishi tarixi, 
Abdullaxonning ota-bobolari, qadimda Markaziy Osiёda istiqomat qilgan turk-


 
127
mwg’ul qavmlari, Chingisxon va uning avlodi h’aqida malumot, birinchi maqolada 
Movarounnah’rda 1533-1583 yillar orasida sodir bwlgan voqealar, ikkinchi 
maqolada esa Wzbekiston, Qozog’istonva qwshni xorijiy mamlakatlarda 1583 
yildan keyin yuz berishi mumkin bwlgan voqealar, xotimada esa Abdullaxonning 
olijanob fazilatlari, uning bilan zamondosh bwlgan shayxlar, olimlar, shoirlar, 
vazirlar va amirlar, shuningdek, Abdullaxon zamonida qurilgan binolar h’aqida 
malumot bkrishi mwljallangan. Lekin, asar ёzilishi jaraёnida reja wzgargan – 
birinchi va ikkinchi maqolalar qwshib ёzilgan, xotia esa muallifning bevaqt vafoti 
sababli ёzilmay qolgan. 
Muallif asar muqaddimasini ёzishda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, 
shayxulislom Safiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, İstaxriyning 
“Kitob masolik ul-mamolik”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, 
Raziduddinning “Jome ut-tavorix”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin 
Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va Muh’ammad Haydarning “Tarixi Rvshidiy” 
asarlarida keltirilgan malumotlardan foydalangan. XVI asrning 30-60- yillari 
orasida yuz bergan voqealar saroyda muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, 
sodir bwlgan muh’im siёsiy voqealarning shoh’idi bwlgan keksa kishilarning 
og’zaki axborotlari asosida, 70-80-yillar voqealari esa muallifning bwlib wtgan 
voqealarda shaxsan wzi qatnashib twplagan daliliy malumotlar asosida ёzilgan. 
“Sharafnomayi shoh’iy” asari nasriy qofiyali, yani saj – murakkab badiiy 
uslubda  ёzilgan. Unda sheriy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sadiy, Kamoliddin 
Binoiy, Mushfiqiy va muallifning wz sherlari, “Quroni karim” oyatlari, “Hadis 
sharif”lardan parchalar h’am kwp. 
Kitobda siёsiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi 
malumotlar, masalan, er egaligining iqto, suyurg’ol, tanh’oh’ kabi shakllari, turli-
tuman soliq va jarimalar, masalan, xiroj, ixrojot, tag’or, ulufa, qwnalg’a, madadi 
lashkar, boj, tomg’a, begar; wlja va uning jamiyatdagi wrni, asirni qulga aylantirish 
h’ollari; Wzbekistonning yirik shah’arlari va h’unarmandchilikning umumiy 
ah’voli; Shayboniylar davlatining mamuriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan 
Rossiya, Hindiston va Koshg’ar wrtasidagi munosabatlar h’aqida qimmatli dalil va 
malumotlar mavjud. Bundan tashqari, asar etnografik, masalan, wzbek xalqi 
tarkibiga kirgan urug’ va qavmlar nomlari h’amda topografik malumotlar, masalan, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Kwlob, Balx kabi yirik shah’arlardagi 
diqqatga sazovor binolar, osoru atiqalar, shuningdek, mazkur 
shah’arlarninggeografik h’olati va topografiyasi h’aqidagi axborotlarga nih’oyatda 
boydir. 
Ushbu asarning qwlёzma nusxalari kwp, asl matnini uchdan ikki qismini 
Sankt-Peterbkrglik olima M.Saloh’utlinova ruscha tarjimasi bilan chop etgan. 
Kitob 1942-1952 yillari Sodiq Mirzaev va oxirgi qismi Yu.Hakimjonov tomonidan 
60- yillarda wzbek tiliga tarjima qilinib, 1-2- jildlari, zarur tuzatishlar, tadqiqot va 
izoh’lar bilan 1966 va 1969 yillari B.Ah’medov tomonidan chop qilingan. 3-4- 
jildlari bosilmay qolgan edi. 1995-1997 yillari ikki kitob h’olida B.Ah’medov 
tomonidan nashr etildi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish