Bu bo`limga yuksak o`simliklarning eng sodda to`zilishiga ega bo`lgan qadimgi vakillari kiradi. Shotlandiyalik poleobotanir D. Skott bu guruhga kiruvchi o`simliklarni aloxida bo`limga ajratishni taklif etgan va ularni dastavval psilofitlar (psilophyta) keyinchalik esa riniofitlar (rhyniophyta) deb ataganlar.
Bu guruh vakillari bizgacha yetib kelmagan bo`lsa-da, ularning qazilma holda topilgan turlari to`zilishi jihatdan yuksak o`simliklarning evolyusiyasini urganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1859 yilda Kanadalik geolog Djeyms Doson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma`lum yuksak o`simlikning garoyib bir koldigini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo`lib, birok unda barglar bulmagan. Utkazuvchi sistemasi esa tipik protostel holatda bo`lib, bunday tipdagi utkazuvchi sistema eng primitiv xisoblanadi. Topilgan o`simlikning sporangiysi uning dixomatik shoxchalarining uchlarida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Doson topgan bu o`simlikga Psilophyton princeps deb nom bergan.
1912 yilning ko`zida Shotlandiyadan riniya (Phynia) turkumiga oid o`simlik topiladi.
1937 yilda poleobotanir U.Lang primitiv yuksak o`simliklarning riniyalardan ham qadimgi vaqilini yuqori silur qoldiqlaridan (Bukj Britaniya) kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni kashf etdi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur katlamlarida Chexoslovakiya, Markaziy Kozogiston, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va Garbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar bundan 415 mln yillar oldin yashagan o`simliklar ekanligini poleobotanir materiallar tasdiklaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak o`simliklar sanalib, ularni dastlab psilofitlar bo`limiga birlashtirilgan. Hozirgi paytda ko`pchilik olimlar ularni riniofitlar (Phyniophyta) deb atashadi. Ular elementar uk organi kauloid va undagi filloid va rizoidlardan iborat bo`lgan. Evolyusiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (qirqqo`loq barglari-vayyalar) kelib chiqkan. Fillioidlar esa kauloidda o`rnashgan burtma usimtalar bo`lib, ularga plaunlarning kichchik barglari-mikrofillarning kelib chiqishi bilan bog`liq deb karaladi. Riniyafitlarning sporafitlari dixotomii shoxlangan asosiy uk va uchida sporangiy saklovchi kauloidlardan iborat. Kauloidning uchida joylashgan sporangiyalarda teng sporalar (izosporalar) xosil bo`lgan. Kauloidlarning anatomik to`zilishi ham sodda to`zilishga ega bo`lib, utkazuvchi tukimalari prostotel tipida bo`lganligi 12 mm ga yetgan. Sporangiyalari qalin pustli va sharsimon uzunchoq shakllarda bo`lgan. Ularning diametri kuksoniyalarda 1 mm gacha, riniyalarda esa uzun xosil bo`lgan. Kauloidlarning anatomik to`zilishi ham sodda to`zilishga ega bo`lib, utkazuvchi tukimalari prostotel tipida bo`lgan. Sporangiyalari qalin pustli va sharsimon uzunchoq shakllarda bo`lgan. Ularning diametri kuksoniyalarda 1 mm gacha, riniyalarda esa uzuligi 12 mm gacha yetgan. Sporangiylarda ko`plab sporalar taraqqiy etadi. Riniyatoifa o`simliklarning gametofiti haqida aniq ma`lumotlar yuk, Lyokin ular tuproq orasida joylashgan bo`lsa kerak degan fikrlar bor, holos. Dastlabki yuksak o`simliklar dengiz buylarida katta suv xavzalari atroflaridagi botqoqliklarda o`sgan. Riniyafitlar bo`limi bitta riniyasimonlar sinfi va 2 ta qabila: (riniyanamolar va psilofitnamolar)ni o`z ichiga oladi.