89
kompilyatsiya va tarjima bwlib qolmay, balki yangi dalillar bilan boyitilgan,
diqqatga sazovor asardir.
Shuni aytish kifoyaki, unda h’ar bir viloyatning geografik
h’olatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siёsiy tarixi h’am baёn qilingan.
Biz uchun asarda Amudarёning Kaspiy dengiziga quyilishi h’aqidagi, shuningdek,
Movarounnah’r va uning yirik shah’arlari Buxoro,
Samarqand, Nasaf, Kesh,
Termiz, Xwjand va boshqalar h’aqida keltirilgan malumotlar muh’im ah’amiyat
kasb etadi.
Asarning yaxshi qwlёzma nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt-Peterburg
shah’rida saqlanmoqda.
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning kwrsatmasi bilan wzidan avval wtgan mazkur
tarixchilar Tabariy, Rashiduddin h’amda Nizomuddin
Shomiy asarlariga
qwshimchalar (zayl) h’am ёzgan. 1412-1418 yillar orasida ёzilgan bu
qwshimchalar “Majmua-yi Hofizi Abru” deb ataladi.
Tabariy asarining Balamiy tah’ririga qilingan qwshimcha xalifa Muqtadir
(908-932 yy.) zamonidan to Mwtasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka
kirgan mamlakatlarda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi.
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga qilingan qwshimchaga Kurtlar
(Kartlar) sulolasidan chiqqan podshoh’lar, Tug’a Temur,
Amir Vali ibn Shayx Ali
Hindu, sarbadorlar h’amda Amir Arg’unshoh’ tarizi, yani Eronda 1306-1393 yillar
orsida bwlib wtgan voqealar kiritilgan.
Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”siga qilingan ilovada esa Amir Temur
h’ukmronligining swnggi davri va Shoh’ruh’ tarixi 1416 yilga qadar baёn etiladi.
“Majmua”ning ayrim qismlari matni va tarjimasini Xonbobo Baёniy 1938
yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar.
Hofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari “Majmu at-tavorix” bwlib, uni
muarrix Shoh’ruh’ning wg’li Boysung’ur Mirzo (1433 yili vafot etgan)ning
topshirig’i bilan 1423-1425 yillari ёzilgan. Mazkur asar twrt qismga bwlingan: 1)
islomiyatdan avval wtgan payg’ambarlar va Eron podshoh’lari; 2) Muh’ammad
payg’ambar va arab xalifalari (al-Muh’tasimgacha); 3) Eronning Saljuqiylar
h’amda mwg’ullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-
tavorixi Boysunquriy”.
Asarning swnggi, twrtinchi qismi asli va mustaqil ah’amiyatga
ega bwlib,
unda Amir Temur tarixi, qayta ishlangan va birmuncha twlatilgan h’amda
Xuroson, qisman Movarounnah’rning 1427 yilgacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy ah’voli
baёn etilgan.
“Majmu at-tavorix” asarining qwlёzmalari Toshkent h’amda xorijiy
mamlakatlar Turkiya, Olmoniya, Angliya,
Frantsiya, Eron va boshqa mamlakatlari
kutubxonalarida saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: