To’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’oy ibn Amir Barqul



Download 81,22 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi81,22 Kb.
#15736

Amir Temurc:\documents and settings\user.home-e32e69f687\рабочий стол\7\amir-timur.jpg

(to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’oy ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilg’or qishlog’i (hozirgiYakkabog’ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, O’tror sh., Samarqandda dafn etilgan) — o’rta asrningyirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning ota-onasi


Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag’oy esa barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag’oy ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo’yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig’inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga ko’ra, "ulamo va sulaho va muttaqiylarg’a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...". Tarag’oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo’lgan. Tarag’oybek 1360 yilda vafot etgan.

Amir Temurning yoshligi

Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to’lgach, otasi uni o’qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog’laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo’lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og’ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo’lgan. Shu tufayli o’spirinlik chog’laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do’stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do’stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to’planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar bo’lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo’linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo’shinida lashkarboshilik darajasigacha ko’tarilganlar.
Download 81,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish