8.3.23. “Zafarnomayi Temuriy”
“Zafarnomayi Temuriy”, “Fath’nomayi soh’ibqironiy”, “Tarixi
jah’onkushoyi Temuriy” ёki “Zafarnoma” nomi bilan mashh’ur bwlgan asarni wz
davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd
viloyatidagi Taft qishlog’idan bwlib, turli fan soh’alarini egallangan edi. Shuning
uchun h’am Alisher Navoiy uni “Sharaf davla va din”, yani din va davlat sharafi
deb tariflagan.
Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining h’okimi Temuriy İbroh’im Sulton
(1415-1435 yy.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan h’omiysi bwlmish mazkur
shah’zodaniina emas, balki Shoh’ruh’ning h’am zwr h’urmat-etiborini qozongan
edi.
Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shoh’ruh’ning nabirasi va Sultoniya,
Qazvin, Ray h’amda Qum h’okimi Sulton Muh’ammad (1442-1446 yy.)ning taklifi
bilan Qumga keldi va shah’zodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muh’ammad 1446 yili
32
1313-1393 йиллари Форс, Кирмон ва Курдистонни идора қилган сулола. Асосчиси Муборизиддин ибн
Музаффар (1313-1359 йй.)
91
Shoh’ruh’ning og’ir kasalligidan foydalanib, isёn kwtardi, Hamadon h’amda
İsfah’onni bosib oldi, Sherozni qamal qildi. Shoh’ruh’ unga qarshi qwshin tortti.
Culton Muh’ammad Shoh’ruh’ bilan ochiq jang qilishdan qwrqib toqqa qochdi
33
.
Shoh’ruh’ Sulton Muh’ammad bilan yaqin bwlgan kishilarni, shuningdek,
mah’alliy sayyidlardan birmunchasini isёnda ishtirok etishda ayblab h’ibsga oldi
va kwplarini wlimga mah’kum qildi. Wshanda h’ibsga olinganlar orasida
Sharafuddin Ali Yazdiy h’am bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug’bekning
twng’ich wg’li) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi.
Shah’zoda uni Samarqandga, otasi h’uzuriga jweatib yubordi. Sharafuddin Ali
Yazdiy Samarqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug’bekning
ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bwlishi kerak. Shoh’ruh’ vafotidan (1447 y.)
keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton
Muh’ammadning ruxsati bilan yana wz vatani Taftga qaytib bordi va umrining
oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi.
“Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida
zwr badiiy mah’orat bilan ёzilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin
Shomiy asarida baёn etilgan voqealarning bazilariga yangi tarixiy manbalar
asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning
shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, yani bir tomondan qattiqqwl
ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnah’rdagi tarqoqlikka barh’am berib,
markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha twg’ri va h’aqqoniy ёritilgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zwr qimmati shundaki, unda Mwg’ul
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin Wrda, Elxoniylar davlati, Chig’atoy
ulusi, shuningdek Movarounnah’rning Chingizxon zamonidan to Temur
davlatining paydo bwlishigacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy tarixi qisqa tarzda ёritib
yuerilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jah’ongir”, ёki “Muqaddimayi Zafarnoma”
nomi bilan ataladi va 1419 yili ёzib tamomlangan.
“Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki redalariga kwra,
uch qism – maqoladan iborat bwlmog’i, birinchi qismda Amir Temur tarixi,
ikkinchi qismda Shoh’ruh’ Mirzo va nih’oyat, uchinchi qismda ushbu asar
ёzishning tashabbuskori İbroh’im Sultonning davrida wtgan voqealar baёn etilishi
mwljallangan edi. Lekin, biz h’ozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos.
Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Eh’timol, ikkinchi va uchinchi
qismlari ёzilmay qolgan bwlsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425
yili ёzib tamomlangan.
Asarning qwlёzma nusxalari kwp, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan
Toshkentda WzR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma twrt nusxasi bwlib,
ularning ikkitasiga (İnv. № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar
ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va
1972 yili A.W.Wrinboev tomonidan Toshkentda chop qilingan. Asar ikki marta
wzbek tiliga, ingliz, frantsuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim
parchalar ingliz h’amda rus tillarida bosilgan.
33
Орадан бир йил чамаси вақт ўтгач, 1447 йили Султон Муҳаммад яна Форсни эгаллади, Шоҳруҳ вафотидан
сўнг (1447 йил 12 март) Хуросонни қўлга киритди, лекин 1451 йили иниси Абулқосим Бобурдан енгилди ва
унинг амри билан қатл этилди.
92
“Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi
Movarounnah’r voqealari baёni O.Bwriev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili
nashr qilindi. Kitob Wzbekiston va Markaziy Osiё mamlakatlari tarixini
wrganishdagi ilmiy ah’amiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu
kitobning tasiri yaqqol seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |